Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BAG‘RIKENGLIK – MUSULMON SHAXSINING AXLOQIY SIFATI
SCIENCE SHINE · Ergashev Oybek Qaxramon o‘g‘li · Muzaffarova Ro‘zixon Alisherjon qizi
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
В данной статье рассматривается значение понятия терпимости в исламе и её проявление как одного из нравственных качеств мусульманина. Также анализируется вклад терпимости в развитие общества на основе аятов Корана и хадисов. В статье обсуждается применение терпимости в современной жизни и её роль в улучшении взаимоотношений между людьми. Ключевые слова: терпимость, нравственность, ислам, Коран, хадисы, терпение, милосердие, уважение. Kirish. Islom dini odob-axloq normalariga katta e’tibor qaratadi. Insoniyatga rahm-shafqatli bo‘lish, bir-biriga mehr va muhabbat bilan munosabatda bo‘lish Islomning asosiy tamoyillaridan biridir. Bag‘rikenglik – musulmon insonining eng muhim axloqiy fazilatlaridan biri bo‘lib, u shaxsiy hayotda, ijtimoiy munosabatlarda va hatto global miqyosda muhim o‘rin tutadi. O‘zbekistonda bag‘rikenglik va qonunchilik asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bag‘rikenglik va e’tiqod erkinligi muhim qadriyat sifatida mustahkamlab qo‘yilgan. 18-moddada shunday deyilgan: 16 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar millatidan, irqidan, tilidan, diniy e’tiqodidan qat’iy nazar teng huquqlidirlar.” Shuningdek, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda fuqarolarning diniy e’tiqod erkinligi ta’minlanishi belgilangan. Ushbu huquqiy asoslar jamiyatda diniy bag‘rikenglikni, millatlararo totuvlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. O‘zbekistonda turli din va millat vakillari tinch-totuv yashab, madaniy hamkorlik olib borayotganligi bunga yorqin misoldir. Bag‘rikenglikning Islomdagi o‘rni Bag‘rikenglik Qur’onda va Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning sunnatlarida keng yoritilgan. Qur’onda Alloh Taolo insonlarni bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqiradi: “Albatta, Alloh odillikni, yaxshilikni va qarindoshlarga mehribonlikni buyuradi, buzuqlik, yomonlik va zulmni esa qaytaradi. Tutingiz, shoyad eslatma olsangiz!” (Nahl surasi, 90-oyat). Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham insonlarni bag‘rikeng bo‘lishga, dushmanlikni tark etishga va insonlarga yaxshi muomala qilishga chaqirganlar. Hadislardan birida shunday marhamat qilinadi: “Sizlarning eng yaxshilaringiz odob-axloqi go‘zal bo‘lganlaringizdir.” (Buxoriy va Muslim rivoyati). Bag‘rikenglik faqat dinda emas, balki ijtimoiy hayotda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Islom tarixiga nazar tashlasak, Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) Madinaga hijrat qilganlarida, turli din va millat vakillari bilan tinch-totuv yashash tamoyillarini joriy etganlarini ko‘ramiz. Madina Konstitutsiyasi deb nom olgan hujjat, musulmonlar, yahudiylar va boshqa jamoalar o‘rtasida bag‘rikenglik asosida tinch-totuv yashash shartlarini belgilagan. Shuningdek, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning hayotlarida, hatto mushriklar bilan ham bag‘rikeng va odilona munosabatda bo‘lish holatlari ko‘plab misollarda uchraydi. Bundan tashqari, Islom shariatida bag‘rikenglikning huquqiy jihatlari ham o‘z aksini topgan. Masalan, Qur’onda har bir insonning e’tiqod erkinligi hurmat qilinishi kerakligi haqida shunday marhamat qilinadi: “Dinda majburiylik yo‘q...” (Baqara surasi, 256-oyat). Shuningdek, Islom dini bag‘rikenglik orqali jamoatchilik orasida o‘zaro ishonch, do‘stlik va adolat tamoyillarini mustahkamlashga chaqiradi. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qilgan hadisda aytilishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar: “Alloh mehribon bandalarini yaxshi ko‘radi.” (Ahmad ibn Hanbal rivoyati). 17 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 Shunday qilib, Islom bag‘rikenglikni nafaqat axloqiy, balki huquqiy jihatdan ham qo‘llab-quvvatlaydi va jamiyatda tinchlikni saqlashning asosiy tamoyillaridan biri sifatida ko‘rsatadi. Bag‘rikenglikning jamiyatdagi o‘rni Bag‘rikenglik nafaqat shaxsiy hayotda, balki jamiyat taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. U insonlar orasidagi adovat va nifoqning oldini oladi, tinch-totuv hayotni ta’minlaydi. Islom tarixida turli millat va e’tiqod vakillari bag‘rikenglik asosida yashaganligi bunga yaqqol misoldir. Bag‘rikenglikning jamiyatdagi o‘rni nafaqat millatlar va dinlararo totuvlikda, balki shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarda ham aks etadi. Insonlar bir-biriga sabrli va tushunish bilan munosabatda bo‘lsa, jamiyatda ishonch va hamjihatlik mustahkamlanadi. Islom olimlari ta’kidlaganidek, bag‘rikenglik hurmat, sabr va saxovat kabi fazilatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun bag‘rikeng inson boshqalarni tushunishga harakat qiladi, adovatdan yiroq bo‘ladi va murosaga intiladi. Bundan tashqari, bag‘rikenglik ta’lim va ilm-fan rivojiga ham xizmat qiladi. Ilmiy taraqqiyot va madaniy almashinuv bag‘rikeng jamiyatlarda tezroq rivojlanadi. Tarixga nazar tashlasak, Bag‘dod va Andalusiya xalifaliklarida turli millat vakillari ilm-fan, falsafa va san’at sohalarida hamkorlik qilib, ulkan yutuqlarga erishganlar. Bu esa bag‘rikenglikning ijtimoiy taraqqiyotga qo‘shadigan ulkan hissasini ko‘rsat
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается значение понятия терпимости в исламе и её проявление как одного из нравственных качеств мусульманина.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается значение понятия терпимости в исламе и её проявление как одного из нравственных качеств мусульманина. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tolerance, ethics, Islam, Qur’an, hadith, patience, compassion
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025