Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
Syntax analysis of simple sentences in english and analysis of procedural syntaxes that replace np2
Вазира Абдиева (Самаркандский государственный институт иностранных языков)
Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языков · 124-128 · 2004
Аннотация
Maqolada buyuk hind adibi Rabindranat Tagor hayoti va ijodi haqida vikr yuritiladi. Adibning yozgan asarlari, jahonshumul siyosiy qarashlari, ta’lim sohasiga qo’shgan hissasi, turfa yo’nalishlarda yaratilgan asarlari zamirida insonparvarlik g’oyasining ilgari surilishi haqida fikr yuritiladi. Kalit so’zlar: Bengal adabiy tili, ma’rifiy g’oyalar, timsol, adabiyot, san’at, mo’siqa, zamonaviy nasr. Hind adabiyoti deganda birinchi navbatda Rabindranat Tagor (1861-1941) nomini yodga olamiz. Adibning XX asr madaniyatiga ta'siri tufayli u uzoq vaqtdan beri shoir va faylasuf deya ko’proq e’tirof etib kelinmoqda. Tagorni hind qarashlarining yetuk vakili, hind madaniyatining timsoli deya e’tirof etish mumkin. Adibning hayoti va ijodi Hindiston tarixidagi eng og’ir davrlardan birini ya’ni mamlakat mustamlaka qilinishidan tortib, mustaqillikka erishgungacha bo’lgan davrga to’g’ri keldi [21,18]. Rabindranat Tagor ijodi bevosita bengal adabiy tilining shakllanishiga asos bo’ldi. U hind she’riyatini mutlaqo yangi shakl va mezonlar bilan boyitganligi bilan ajralib turadi [10, 238]. Tagor hind adabiyotida zamonaviy nasrga asos soldi va hozirgi hind tasviriy sanʼatining rivojlanishini belgilab berdi. U nafaqat shoir va yozuvchi xalqparvar arbob sifatida ham tanildi. Tagor hayoti va ijodiga nazar tashlaydigan bo’lsak, adib nihoyatda uzoq yo’lni bosib o’tdi, oxir-oqibat o’zining ichki hissiy kechinmalari va ro’hiyatii bilan band bo’lgan lirikdan shoir faylasufga, zamondoshlari aytganidek, “Umumjahon shoir”ga aylanib, o’z ijodiga moslashishga harakat qildi. U atrofidagi butun dunyoni barcha murakkabligi va xilma-xilligini o’z ijod qalami bilan chizib bera oldi. Shubhasiz, adibning yetuk she’riy ijodiga falsafiy lirika, ma’naviy tashvish va ma’naviy izlanish mevasi sifatida qarash mumkin. Uning hayot davrida hind madaniyatining tub madaniy o’zgarishlari, sanʼat va ilm-fanning gullab-yashnashi davriga to’g’ri keldi. Bu davr ko’pincha Hindiston Uyg’onish davri deb atalib Tagor uning tashabbuskorlaridan biri sifatida qaraladi [9, 368]. Tagor she’rlari yangi tashkil topgan ikki davlat – Hindiston va Bangladeshning madhiyasiga aylangan bo’lsa ajabmas. U haqli ravishda Evropa Uyg’onish davri vakilliri - Leonardo, Mikelanjelo, Rafayel bilan tenglashtiriladi. U iste'dod va cheksiz ijodiy kuch sifatida qaralganda haqiqatan ham bu daholar bilan barobar ekanligini ko’rishimiz mumkin. Adibning ellikta she'riy to’plami, romanlar, novellalar, hikoyalar, xotiralar va maktublar, dramalar, publitsistika, ilmiy-falsafiy va diniy maqolalardan iborat ijod namunalari yaratilganligini ko’rish mumkin. Tagor bastalagan bir qancha mo’siqalar, 3000 ga yaqin chizgan rasmlari [7, 118], aktyor va notiq sifatida bajargan rollari va qilgan ishlarini e’tirof etish mumkin. Ammo adib shoir, rassom va mo’siqachi [1; 9, 117] bolishdan tashqari ta'lim va ijtimoiy islohotlarda faol ishtirok etgan fuqaro sifatida ham ko’rish mumkin. Adib o’z davridan kelib chiqib yetishib chiqayotgan bolalar hayoti va ta’limiga katta e'tibor qaratdi. 1901 yilda u o’qituvchi bo’lib ishlagan maktabni, 1922 yilda esa Vishvatharati universitetini tashkil etdi. Ijodkorning o’z xalq tili va adabiyotiga qo’shgan boy xizmatlari uni chinakam buyuk shaxslardan biri sifatida e’zozlashiga sabab bo’lardi. Togor haqiqiy hayotda ham rassom edi. Uning shaxsiy hayoti she’riyati kabi sof va olijanobdir. U o’zi yozganidek, zavq yoki foyda uchun emas, balki shodlik tuyg’usi bilan yashab, o’z dahosi yuqoridan berilgan in’om ekanini va uni inson manfaati uchun ishlatish kerakligini anglab yetdi. Tagor, nainki o’z xalqini balki yer yuzida yashaydigan barcha xalqlarni barobar qadrlardi. U butun umri davomida ijtimoiy adolat uchun, kambag’allarning o’z qadr-qimmatini, ularning moddiy farovonligini o’zini - o’zi boshqarish huquqi, johillarning aqliy bilimga ega bo’lishi, bolaning erkin rivojlanishi, ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligi uchun kurashdi [4, 368]. U kurashgan erkinlik bir xalqning boshqa bir xalqni ekspluatatsiya qilish erkinligi emas, balki insonning uni bo’g’uvchi hamma narsadan ozod qilishini hamda xo’jayinga ko’r-ko’rona qullik bilan bog’liqlik zulmi sifatida qaraldi. Tagor ta'lim sohasida yetuk bilim sohibi edi. Adib o’z mamlakatida birinchi bo’lib hozirgi kunda umume’tirof etilgan ta’lim tamoyillarini ishlab chiqdi va amalga oshirdi. Uning jamiyat hayotining turli sohalariga qo’shgan ulkan hissasi, ijodining insonparvarlik, umumbashariy boy tajribasiga ega bo’lgan Yevropada ham e’tibordan chetda qolishi mumkin emas edi. 1913-yilda Rabindranat Tagorga “Uning she’riy tafakkuri beqiyos mahorat bilan ifodalangan chuqur his qilingan, o’ziga xos va go’zal she’rlari uchun” 27
Доказательный фрагмент
«Maqolada buyuk hind adibi Rabindranat Tagor hayoti va ijodi haqida vikr yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada buyuk hind adibi Rabindranat Tagor hayoti va ijodi haqida vikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- linguistics, semantics, non-categorical features, syntaxes, subordinative base
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025