Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AQLI ZAIF O‘QUVCHILAR NUTQINING FONETIK TOMONDAN BUZILISHI VA ULARNI BARTARAF ETISH YUZASIDAN LOGOPEDIK ISHLAR
YUZASIDAN LOGOPEDIK ISHLAR (www.in-academy.uz) · Saydaliyeva Xojiya Abdujali qizi (www.in-academy.uz)
Центральноазиатский журнал академических исследований · 3 · 2025
Аннотация
ARTICLE INFO Qabul qilindi: 05-Iyul 2025 yil Ma zkur maqolada aqli zaif bolalarning nutqining fonetik Ma’qullandi: 07-Iyul 2025 yil tomoni buzilishi, bu buzilishlarning turlari, sabab va Nashr qilindi: 10-Iyul 2025 yil ko‘rinishlari, shuningdek, ularni bartaraf etishga KEYWORDS qaratilgan logopedik ishlarning mazmuni va bosqichlari aqli zaif bolalar, nutq buzilishi, yoritilgan. Nutqiy muammolarning kelib chiqish omillari fonetik buzilishlar, logopediya, sifatida psixik rivojlanishdagi kechikish, artikulyatsiya tovush talaffuzi, artikulyatsiya, apparatining tuzilishidagi nuqsonlar va eshitish differensial diagnostika, differensiyasining rivojlanmasligi ko‘rsatib o‘tilgan. yordamchi maktab, logopedik Maqolada yordamchi maktablarda olib boriladigan ish, nutqni rivojlantirish. logopedik ishlarning o‘ziga xosliklari, shu jumladan, yakka tartibdagi mashg‘ulotlar, artikulyatsion va eshitish ko‘nikmalarini shakllantirish usullari haqida ham batafsil ma’lumot berilgan. Aqli zaif bolalarda bilish faoliyatining oliy shakllarini yaxshi rivojlanmaganligi fikrlashning yuzakiligi, nutqni sekin rivojlanishi va sifat jihatidan о‘ziga xosligi, xatti- harakatini so ‘z orqali nazorat qilishni izdan chiqishi hissiy-irodaviy sohani to‘laqonli emasligi kuzatiladi. Aqli zaif bolalar uchun nutqning kech rivojlanishi xarakterlidir. Kuchli orqada qolish nutqqacha bo‘lgan davrdayoq kuzatiladi. Agar go‘daklarda chug‘urlash 4 oyligidan 8 oyligigacha me’yorida paydo bo‘lsa, aqli zaif bolalarda esa bu holat 12—24 oylikgacha bo‘lgan davrda namoyon bo‘ladi (I.V. Karlin. M. Strazulla.) Kassel, Shlezinger, M.Zeemanlar fikricha, aqli zaif bo‘lgan bolalarda birinchi so‘zlar 3 yoshdan paydo bo‘ladi. I.V. Karlin va M. Strazullaning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, bunday bolalarda birinchi so‘zlar 2,5 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan davrda paydo bo‘lar ekan (Bolalarda birinchi so‘zlarning paydo bo‘lish me’yori 10 oydan 18 oyligigacha). Aqli zaif bolalarda nutq rivojining sezilarli ortda qolishi iboraviy nutq paydo bo‘lishida ko‘rinadi. Bunda birinchi so‘zlarni bayon qilish bilan iboraviy (birikmani) nutq orasidagi oraliq vaqt ham, normal rivojlangan bolalarga nisbatan uzoqroq bo‘ladi. Aqli zaif bolalarda nutqining rivojlanishni o‘ziga xos tomonlari ko‘plab mualliflar tomonidan psixologik aspektda o‘rganilgan (V.Petrova, M.Pevzner, I. Karlin, M. Strazulla, S. Borel - Mezonni, Shlezinger, M.Zeeman va boshqalar). Yordamchi maktablarda tovush talaffuz qilishdagi nuqsonlar o‘rta maktablarga qaraganda ko‘proq uchraydi. Page 16 Volume 3, Issue 7, July 2025 CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH SJIF = 5 .441 www.in-academy.uz Ular asosida bir emas, balki qator sabablar borki, bular: idrok qilish faoliyatining rivojlanmay qolishi, nutq-eshitish differensiatsiyasining shakllanmasligi, nutqiy motorikaning buzilishi, artikulatsion apparatning tuzilishidagi buzilishlardir. Me’yorida rivojlangan bolalar singari, aqli zaif bolalarda ham talaffuz qilish murakkab boigan tovushlarda buzilishlar ko‘proq uchraydi (L va R kabi titroq va portlovchi-sirg‘aluvchi tovushlar). Boshqa tovushlarga nisbatan R tovushining buzilgan shakllari ko‘proq uchraydi (M.A.Aleksandrovskaya ma’lumotiga ko‘ra). Bu hol, V.I.Beltyukovning fikriga ko‘ra, sirg‘aluvchi tovushlarning akustik jihatdan bir- biriga yaqinligi bilan izohlanadi. Aqli zaif bolalarda og‘zaki nutqni qabul qilishdagi buzilish va nutq eshitish, analiz va sintezining to‘la rivojlanmasligi sirg‘aluvchi tovushlarni talaffuz qilishdagi buzilishlar miqdorini belgilaydi. Aqli zaif o‘quvchilarda nutq tovushlarini buzib talaffuz qilish bilan bir qatorda tovushlarni almashtirib qo‘llash sezilarli darajada uchraydi. Tovush talaffuz qilishning monomorf buzilishida tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish tovushlarni almashtirishga qaraganda sezilarli darajada, taxminan 2,5 martaga ziyodroq bo'ladi. Polimorf buzilishda esa tovushlarni almashtirish va tovushlarni buzib talaffuz qilish nisbatan bir xil miqdorda uchraydi. Aqli zaif bolalarda tovush talaffuzidagi buzilishlarning navbatdagi o‘ziga xosligi, mustaqil nutqdagi o‘xshash bo‘lgan, aniq, ravshan artikulator qurilmalarning foydalanishida namoyon bo‘ladi. D.I.Orlovaning ma’lumotlariga ko‘ra, yordamchi maktablarning 1-sinfida tovushlarni mustaqil nutqda talaffuz qila olmaslik va undan to‘g‘ri foydalana bilmaslik ko‘proq tarqalgan. Birinchi o‘quv yili davomida tovushlarni almashtirilishning yoyilishi (tarqalish) 3 martagacha kamayadi (1-sinfda 34, 5%, 2 sinfda 8,7%). Bu esa shundan guvohlik beradiki, bolalarda tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish uchun (tovushlarning artikulator qurilmalarini to‘g‘ri shakllantirish uchun) bir o‘quv yilining o‘zi ham kifoya qilar ekan. 2-sinf o‘quvchilarining mustaqil nutqida tovushlarni noto‘g‘ri qo‘llash va ularni boshqa tovushlar bilan aralashtirish ortadi. Mustaqil nutqda tovushlarni to‘g‘ri qo‘llash aqli zaif bolalarda murakkab tarzda namoyon bo‘ladi. Ularni bartaraf etish sekinlik bilan kechadi. Tovushlarni talaffuz qila olish mal
Доказательный фрагмент
«ARTICLE INFO Qabul qilindi: 05-Iyul 2025 yil Ma zkur maqolada aqli zaif bolalarning nutqining fonetik Ma’qullandi: 07-Iyul 2025 yil tomoni buzilishi, bu buzilishlarning turlari, sabab va Nashr qilindi: 10-Iyul 2025 yi…»
Образец извлечения
Демо-превьюARTICLE INFO Qabul qilindi: 05-Iyul 2025 yil Ma zkur maqolada aqli zaif bolalarning nutqining fonetik Ma’qullandi: 07-Iyul 2025 yil tomoni buzilishi, bu buzilishlarning turlari, sabab va Nashr qilindi: 10-Iyul 2025 yi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qaratilgan logopedik ishlarning mazmuni va bosqichlari, logopediya, tovush talaffuzi, nutqni rivojlantirish., fonetik buzilishlar, nutq buzilishi, yordamchi maktab, logopedik ish, aqli zaif bolalar, artikulyatsiya, differensial diagnostika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024