Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’LIM JARAYONIGA INTEGRATSIYA QILISHDA AXBOROT MADANIYATI VA IJTIMOIY MAS’ULIYATNING AHAMIYATI
SCIENCE SHINE · Boymanov Jasur Isroil oʻg‘li
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
This article explores the importance of information culture and social responsibility in integrating information security into the educational process. It emphasizes that teaching information security should not only cover technical skills, but also aim to develop ethical values and digital awareness. The study analyzes the potential to cultivate responsible digital citizens through the synergy of security practices and cultural awareness. Keywords: Information security, information culture, social responsibility, digital ethics, educational integration, ethical values 4 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 Konseptual-empirik davr (XX asrning 70-yillari, 80-yillar boshi). Yondashuvning mohiyati tajriba asosida himoyaning umumiy konsepsiyasini shakllantirish; axborotning zaifligi usullarini ishlab chiqish va ilmiy asoslash hamda optimal himoya mexanizmlarini sintez qilish; axborotni himoya qilish bo‘yicha yagona va standart yechimlarni yaratish. Himoya vositalarini tashkil etish usullari – axborotni himoya qilish yagona tizimlaridir. Axborotni himoya qilishga konseptual- empirik yondashuvning mohiyati va mazmuni shundan iborat ediki, empirik yondashuv bosqichida to‘plangan axborotni himoya qilish tajribasiga asoslanib, axborotni himoya qilish muammolarini hal qilish uchun foydalaniladigan uslubiy va instrumental asoslar birlashtirilgan. Konseptual-empirik yondashuv bosqichida axborot xavfsizligini tashkil etish bir qator yo‘nalishlarda amalga oshirildi, jumladan: 1. Himoyalanadigan axborot tizimlari va texnologiyalarining adekvat modellarini yaratish uchun ularni strukturalash metodologiyasi taklif etildi. 2. Axborot zaifligini obyektiv baholashni ta'minlash uchun zaiflik ko‘rsatkichlari tizimlari, axborot tahdidlarining tizim tasnifi, zaiflik ko‘rsatkichlari qiymatlarini prognoz qilish usullari va modellar ishlab chiqildi. 3. Axborotni himoya qilish mexanizmlarini qurish uchun himoya funksiyalari va vazifalarini belgilash, vositalarni tanlash, axborotni himoya qilish tizimini yaratish kabi konseptual yechimlar amalga oshirildi. Axborotni himoya qilishning yagona konsepsiyasi birinchi marta V.A. Gerasimenko tomonidan taklif qilingan va keyinchalik V.A. Gerasimenko va A.A. Malyuk tadqiqotlarida rivojlantirilgan. Axborotni himoya qilishning shakllangan yagona konsepsiyasining tuzilishida keltirilgan. Konseptual-empirik yondashuv bosqichida axborotni himoya qilish vositalari sezilarli darajada rivojlantirildi va ularning funksional imkoniyatlari kengaytirildi. Texnik, dasturiy-apparat va kriptografik vositalarga ko‘proq e’tibor berildi. “Troyan otlari”, “kompyuter viruslari”, “mantiqiy bombalar” va shu kabi zararli dasturlardan axborotni himoya qilish usullari takomillashtirildi va vositalari ishlab chiqildi. Zararli dasturlarni erta aniqlashga qaratilgan tizimli tadqiqotlar olib borildi. Konseptual-empirik davr jadal izlanishlar, himoya qilish usullari va vositalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan tavsiflanadi va quyidagi xususiyatlar bilan belgilanadi: 1. Axborotni himoya qilish maqsadlarini birlashtirish zarurligini bosqichma-bosqich anglash. Axborotning yaxlitligini ta’minlash va uning ruxsatsiz olinishiga yo‘l qo‘ymaslik muammolarini hal qilish; 5 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 2. Foydalaniladigan axborotni himoya qilish vositalari majmuini kengaytirish. Texnik, dasturiy va tashkiliy vositalar va usullar keng qo‘llanila boshlandi; 3. Axborotni himoya qilishning turli xil qo‘llaniladigan vositalarini... Funktsional mustaqil tizimlarga birlashtirish, masalan, murakkab protseduralar bo‘yicha an’anaviy parollar; individual xususiyatlarga ega bo‘lgan inson ovozi; barmoq izlari; ko‘z qorachig‘i rasmi; inson fotosurati va boshqalar. Nazariy-konseptual davr (XX asrning 80-yillari o‘rtalaridan hozirgi kungacha). Yondashuvning mohiyati axborotni himoya qilish nazariyasi asoslarini ishlab chiqish; kompleks himoya qilish muammosini shakllantirishni asoslash; himoya strategiyasi konsepsiyasini joriy etish; himoya qilish konsepsiyasini yagona holga keltirish, himoya tizimlarini tahlil va sintez qilish metodologiyasini ishlab chiqish va ish jarayonida ularni boshqarish, yagona va standart yechimlarni ishlab chiqishdan iborat. Himoya vositalarini tashkil etish usullari – kompleks himoya tizimlari, himoyalangan axborot texnologiyalariga yo‘naltirishdir. Axborotni himoya qilishga nazariy-konseptual yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, konseptual-empirik yondashuv yutuqlari asosida axborotni himoya qilishning yaxlit nazariyasi asoslari ishlab chiqiladi. Axborot xavfsizligi nazariyasi axborot xavfsizligi muammolari haqida to‘liq tasavvur beradi va turli xil axborot texnologiyalaridan foydalangan holda barcha xavfsizlik muammolarini samarali hal qilishni ta’minlaydigan ilmiy-uslubiy bazani taklif qiladi. Nazariy-konseptual yondashuvning asosiy maqsadi bo‘lib axborot x
Доказательный фрагмент
«This article explores the importance of information culture and social responsibility in integrating information security into the educational process.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the importance of information culture and social responsibility in integrating information security into the educational process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Information security, information culture, social responsibility
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024