Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KAMBAG‘ALLIK TUSHUNCHASI VA UNI QISQARTIRISHGA OID NAZARIY YONDASHUVLAR
NEW RENAISSANCE · Ro‘ziboyeva M.O.
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
This article explores the concept of poverty, its essence, and its various types. It also examines the causes of poverty and their socio-economic consequences. Furthermore, the article analyzes contemporary theories proposed by both international and local economists regarding poverty reduction. Keywords: Poverty, low-income status, poverty reduction, social protection, human capital. Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida turli moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqirozlarning kuchayishi, mamlakatlar o‘rtasida turli savdo munosabatlarining keskinlashuvi natijasida dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning cheklanishi kabi jarayonlar yuzaga kelmoqda. Bu esa, dunyoning ko‘pgina milliy iqtisodiyotlarida YaIM o‘sishining sekinlashuvi, real daromadlarning pasayishi, ijtimoiy tabaqalanishning chuqurlashuvi va qashshoqlikning ortishiga sabab bo’lmoqda. Umuman olganda, kambag‘allik- muayyan maqbul turmush darajasini ta’min eta olmaslik bo’lib, ma’lum bir shaxs yoki oilaning zaruriy ehtiyojlari darajasining ularni qondirish imkoniyatlaridan oshib ketishini anglatadi. Har bir shaxs yoki ijtimoiy guruhning iqtisodiy ahvoliga xos xususiyat bo‘lgan kambag‘allik insonlarning hayot, mehnat qobiliyatini asrash va o‘zidan avlod qoldirish uchun zarur bo‘ladigan minimal ehtiyojlarning ma’lum miqdorini qondira olishini nazarda tutadi. “Kambag‘allik” nisbiy va noaniq tushuncha bo‘lib, ma’lum bir jamiyatdagi umumiy turmush darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Fikrimizcha, u mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, kishilarning iste’moli va daromadidan kelib chiqib alohida belgilanadi[1]. Kambag‘allik bugungi kunda dunyodagi eng keskin ijtimoiy muammolardan biriga aylandi. Turli mamlakatlardagi siyosiy partiyalar, hukumatlar va jamiyatning barcha qatlamlari kambag‘allik masalasiga doimo katta ahamiyat berib kelgan[2]. Xalqaro tashkilotlar — Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, BMT Taraqqiyot Dasturi — kambag‘allikni aniqlashda asosan kunlik daromad mezonlari (1,90 dollar, 3,20 dollar va boshqalar) hamda ijtimoiy infratuzilma (ta’lim, sog‘liqni saqlash, sanitariya) ko‘rsatkichlariga 50 NEW RENAISSANCE 2025 JULY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 7 e’tibor qaratishadi. O‘zbekistonda esa tarixan “kam ta’minlanganlik” me’yori ijtimoiy nafaqa oluvchi aholini farqlashda qo‘llanilib, “kambag‘allik” atamasi rasmiy hujjatlarda kamdan-kam uchragan. Biroq 2020-yildan boshlab rasmiy siyosat darajasida “kambag‘allikni qisqartirish” ustuvor vazifa sifatida e’lon qilinishi, 2023-yilda xalqaro ekspertlar hamkorligida “ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksi” elementlarini joriy qilish bo‘yicha ishlar boshlanganligi ushbu masalada yangicha metodik yondashuv shakllanayotganidan dalolat beradi[3]. Jahon bankining 2000-2001-yillardagi Jahon taraqqiyoti hisobotida kambag‘allik tushunchasiga keng yondashilgan. Hisobotda aytilishicha, moddiy mahrumlik, ta’lim va sog‘liqni saqlashning salbiy darajasiga qo‘shimcha ravishda, kambag‘allik xavf-xatarlar, shu bilan birga, o‘z ehtiyojlarini ifoda eta olmaslik va ta’sirning yetishmasligini ham o‘z ichiga oladi. Kambag‘allikning sabablariga ko‘ra uni umumiy kambag‘allik, institutsional kambag‘allik, mintaqaviy kambag‘allik ва sinfiy kambag‘allikka bo‘lish mumkin. Umumiy kambag‘allik - iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning past darajasidan kelib chiqadigan kambag‘allik. Masalan, ibtidoiy jamiyatda mahsuldorlikning past darajada rivojlanganligi, ishlab chiqarish faoliyati to‘liq rivojlanmaganligi, oziqovqat juda kam bo‘lganligi sababli ibtidoiy odamlar haqiqatda keng kambag‘allik sharoitida yashagan. Institutsional kambag‘allik- ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy tizimlar tomonidan belgilanadigan turli jamoalar, mintaqalar, ijtimoiy guruhlar va shaxslar o‘rtasida turmush resurslarining teng bo‘lmagan taqsimlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, muayyan jamoalar, mintaqalar, ijtimoiy guruhlar va shaxslarning kambag‘allik holatida bo‘lishiga olib keladi. Mintaqaviy kambag‘allik – og‘ir tabiiy sharoit va ijtimoiy rivojlanishning past darajasi tufayli yuzaga keladigan kambag‘allik hodisasi. Mamlakatimning qishloq aholisining kambag‘al taqsimlanishi aniq mintaqaviy xususiyatlarga ega va ular tabiiy sharoiti nisbatan og'ir bo‘lgan bir qator hududlarda to‘plangan. Sinfiy kambag‘allik deganda ayrim shaxslar, oilalar yoki ijtimoiy guruhlarning jismoniy tayyorgarligi, ma’lumot darajasi pastligi, oiladagi mehnat resurslarining kamligi, ishlab chiqarish vositalari va ijtimoiy munosabatlarning etishmasligi tufayli yuzaga kelgan kambag‘allik tushuniladi. Kambag‘allik — bu insonlarning asosiy hayotiy ehtiyojlarini (ovqat, kiyim-kechak, turar joy, ta’lim va tibbiyot) qondirishga yetarli resurslarga ega bo‘lmaslik holatidir. Jahon miqyosida kambag‘allikni o‘rganish muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalardan biri hisoblanadi. 1-jadval Kambag‘allikning asosiy sabablari Kambag‘allikning T/r Ularning tavsifi sabablari Ish o‘rinlari yetishmasligi, iqtisodiy beqarorlik, pa
Доказательный фрагмент
«This article explores the concept of poverty, its essence, and its various types.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the concept of poverty, its essence, and its various types. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Poverty, low-income status, poverty reduction, social protection, human capital, kam ta’minlanganlik, Kambag‘allik, inson kapitali., kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024