Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GLOBALLASHUV SHAROITIDA MILLIY O'ZLIKNI SAQLASH: YOSHLARNING MADANIY ONGINI SHAKLLANTIRISHDA AN'ANAVIY QADRIYATLARDAN FOYDALANISH
Ibragimova Shaxlo Baxromovna
Современная наука и исследования · 18-20 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada qadriyat tushunchasining mohiyati, uning falsafiy asoslari va jamiyat hayotidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, qadriyatlarning inson ongi va ijtimoiy taraqqiyotdagi roli, ularning yoshlar tarbiyasiga ta’siri chuqur yoritilgan. Maqolada qadriyat va unga bog‘liq obyekt o‘rtasidagi farq, qadriyatlarning ijobiy va salbiy qirralari, shuningdek, tarixiy jarayonlar ta’sirida qadriyatlar tizimida yuzaga keladigan o‘zgarishlar tahlil etiladi. Ayniqsa, yosh avlodda ma’naviy qadriyatlar asosida shaxsiy ongni s0hakllantirish, g‘oyaviy immunitetni mustahkamlash va tarbiyaviy jarayonlarda qadriyatlarning o‘rni haqida ilmiy mulohazalar ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: qadriyat, ma’naviyat, ijtimoiy taraqqiyot, milliy o‘zlik, aksialogik tahlil, yoshlar tarbiyasi, shaxs kamoloti, mentalitet, madaniy meros, falsafiy tushuncha. Bugungi kun sharoitida qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlarga bo‘lgan e’tibor ortib borayotgani, ta’lim-tarbiya sohasida bu jarayonlardan oqilona foydalanish zaruratining kuchayib borayotganini anglash lozim. Davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida umuminsoniy qadriyatlarga alohida urg‘u berilishi bejiz emas. Bunday yondashuvning bosh maqsadi – milliy o‘zlikni anglash, tarixiy va madaniy merosni asrab-avaylash, turli millatlardan iborat yurtimiz aholisini umumiy qadriyatlar atrofida birlashtirish, yuksak axloqiy va ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar, ayniqsa, yoshlarni kamol toptirishdan iboratdir. Yoshlar tarbiyasiga oid siyosatimizning amaliy ko‘rinishi sifatida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham milliylik va umuminsoniylik uyg‘unligi asosida komil insonni tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu tashabbuslar yoshlarda yurtga sadoqat, axloqiy tozalik va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Bugungi globallashuv va tezkor axborot oqimlari davrida nafaqat zamonaviy bilimlarni egallash, balki yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularni turli mafkuraviy tahdidlar va zararli axborotlardan himoyalash dolzarb masalaga aylangan. Yosh avlod qalbida g‘oyaviy immunitetni shakllantirish, ularni faol hayotiy pozitsiyaga ega shaxslar etib tarbiyalash davlatimiz siyosatining markazida turadi. Mamlakatimiz kelajagi, xalqimiz ertangi kuni bevosita yoshlarning qanday inson bo‘lib ulg‘ayishiga bog‘liq ekanini har birimiz anglab yetmog‘imiz zarur. Hozirgi murakkab geosiyosiy muhitda ma’naviyat sohasida paydo bo‘layotgan muammolarni hal qilish, xalqning milliy ongini, qadriyatlarini asrash, ayniqsa, yoshlarni zararli g‘oya va mafkuralardan himoya qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Insoniyat tarixida yuksak qadriyatlar asosida kamol topgan shaxslar jamiyat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib kelgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda, yosh avlodni tarbiyalash masalasi jamiyat hayotining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Prezidentimizning chiqishlari va asarlarida yoshlar muammolari doimiy ravishda yoritiladi. 68 Iyul, 2025-Yil Bu esa barkamol insonni shakllantirishda milliy qadriyatlarning o‘rni naqadar muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi. Chunki sog‘lom e’tiqod, ijobiy munosabat va keng dunyoqarashga ega shaxs – bu har qanday jamiyat taraqqiyotining tayanchidir. Agarda biz O‘zbekiston kelajagi uchun o‘zimizni mas’ul deb bilsak, yoshlar ta’limi va tarbiyasi masalalariga jiddiy yondashmog‘imiz, zamonaviy tafakkurga asoslangan hayot tarzini egallashni burch deb bilmog‘imiz lozim. Shu sababli, yoshlarda to‘g‘ri dunyoqarash va mustahkam ma’naviy immunitetni shakllantirish, ularning ruhiy holatini e’tiborga olgan holda, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish dolzarb vazifaga aylanmoqda. Milliy qadriyatlarning yoshlar hayotiga ko‘rsatadigan ta’sirini chuqurroq o‘rganish, bu boradagi ilmiy izlanishlarni kuchaytirish, olingan xulosalarni ijtimoiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim tizimiga tatbiq etish bugungi kun talabidir. Yoshlarda insoniylik, ma’rifatparvarlik, bunyodkorlik, milliy iftixor va bag‘rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishda milliy qadriyatlarga asoslangan tarbiya muhim ahamiyatga ega. Bu boradagi ilmiy tadqiqotlar nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyat kasb etib, psixologiya fanini yangi ma’lumotlar bilan boyitadi, shu bilan birga, psixologik xizmat ko‘rsatish faoliyatining metodik bazasini kengaytiradi. Natijada, yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlarning o‘rni bo‘yicha yanada chuqurroq ilmiy qarashlar shakllanadi. Qadriyat — bu voqelikda mavjud bo‘lgan hodisalarning insoniyat hayotidagi umumiy axloqiy, ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ifodalovchi falsafiy tushunchadir. Erkinlik, adolat, tinchlik, tenglik, ma’rifat, haqiqat, yaxshilik, go‘zallik, moddiy va ma’naviy boyliklar, urf-odat va an’analar kabi inson hayotida muhim o‘rin tutuvchi elementlar qadriyatlar doirasiga kiradi. Bu tushuncha xuddi ma’naviyat atamasi singari keng ma’noga ega bo‘lib, har bir inson uni o‘z dunyo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada qadriyat tushunchasining mohiyati, uning falsafiy asoslari va jamiyat hayotidagi ahamiyati tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada qadriyat tushunchasining mohiyati, uning falsafiy asoslari va jamiyat hayotidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy taraqqiyot, mentalitet, yoshlar tarbiyasi, madaniy meros, falsafiy tushuncha., shaxs kamoloti, ma’naviyat, aksialogik tahlil, milliy o‘zlik, qadriyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026