К содержанию
РецензированоUZ2008

STEAM: O‘QUVCHILARNING TABIIY-ILMIY SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH KALITI

STEAM: O‘QUVCHILARNING TABIIY-ILMIY · SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH KALITI · Xolmirzayev O’smonali Isomiddin o’g’li · Sog’inaliyeva Tursinoy Rahmonali qizi

Всемирный научно-исследовательский журнал · 3 · 2008

Аннотация

Ushbu tezisda kimyo fanini STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) yondashuvi asosida o‘qitish orqali o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlik, tajriba asosidagi tafakkur, muammolarni hal qilish va kreativlik kabi ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda fanlararo integratsiyaning ayniqsa kimyo fanida yuqori samara berishi, nazariya va amaliyot uyg‘unligining taʼlim sifatini oshirishi ilmiy asoslangan holda yoritilgan. Kalit so‘zlar: Kimyo taʼlimi, STEAM yondashuvi, tabiiy-ilmiy savodxonlik, tajriba, innovatsion o‘qitish, o‘quvchi faoliyati. Zamonaviy taʼlim o‘quvchidan nafaqat bilim, balki uni hayotda qo‘llash malakasini ham talab qilmoqda. Ayniqsa, kimyo kabi murakkab va amaliyotga boy fanlarda STEAM yondashuvi orqali bilimlarni integratsiyalash, fanlararo bog‘liqlikni tushuntirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. UNESCO taʼrifiga ko‘ra, tabiiy-ilmiy savodxonlik – bu shaxsning atrof-muhitdagi tabiiy hodisalarni tushunishi, ilmiy asoslangan fikr yurita olishi va ushbu bilimlardan kundalik hayotda ongli foydalanishidir. Bu savodxonlik quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Ilmiy metodologiyani tushunish (tajriba, kuzatuv, gipoteza, tahlil); Muammolarni hal qilish qobiliyati; Tanqidiy va mantiqiy fikrlash; Ekologik ong va sog‘lom turmush tarziga e’tibor. Georgette Yakman (2008) tomonidan ishlab chiqilgan STEAM modeli o‘quvchilarni fanlararo fikrlashga o‘rgatadi. Unga ko‘ra, STEAM yordamida o‘quvchilar "nima?", "nega?", "qanday?" kabi savollar asosida izlanadi. STEAM orqali o‘quvchilar fanlararo bog‘liqlikni anglaydi, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘rganishni amalga oshiradi, ijodkorlik bilan ilm-fan uyg‘unlashadi. STEAM o‘quv jarayoniga turli metodlarni joriy etib, fanni qiziqarli va tushunarli tarzda o‘rgatishga yordam beradi. O‘quvchilarni an’anaviy yodlash usulidan chiqib, bilimlarni amaliy qo‘llashga undaydi. Tabiiy-ilmiy savodxonlik esa o‘quvchilarning https://scientific-jl.com/wsrj 1 6 3 Volume-41_Issue-1_July-2025 World scientific research journal ilmiy tushunchalarni to‘g‘ri anglashini va ularni real hayotda qo‘llay olishini ta’minlaydi. Tanqidiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirib, kelajakda har qanday sohaga moslashish imkoniyatini oshiradi. STEAM orqali tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirish muhim omil hisoblanadi. Buni turli usullar yordamida rivojlantirish mumkin. Masalan: Muammoli ta’lim – O‘quvchilarni mustaqil fikrlash va izlanishga o‘rgatadi. Ijodiy yondashuv – O‘quv jarayoniga san’at va boshqa kreativ usullarni qo‘shish orqali fanga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Amaliy mashg‘ulotlar va tajribalar – Ilmiy tushunchalarni faqat nazariy emas, balki real tajribalar orqali o‘zlashtirish imkonini beradi. Kimyo darslarini 5 asosiy STEAM komponenti asosida tashkil etish mumkin: Kimyoviy reaksiyalar, elementlar va birikmalar xossalarini laboratoriya Science (Fan) tajribalari orqali tushuntirish Technology Kimyoviy hisob-kitoblar uchun dasturiy ta’minotlardan foydalanish (Texnologiya) (PhET simulyatorlari, ChemSketch va boshqalar) Engineering Kundalik hayotda ishlatiladigan kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqish, (Muhandislik) chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalarini tadqiq qilish Kimyoviy reaktivlar yordamida ijodiy loyihalar yaratish (pH Arts (San’at) indikatorlari bilan san’at asarlari chizish) Mathematics Kimyoviy hisob-kitoblar, massalar va konsentratsiyalarni matematik (Matematika) tahlil qilish STEAM orqali o‘quvchi kimyoni atrof-muhit, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat, sanoat va kundalik hayot bilan bog‘lab o‘rganadi. Masalan: "Suv tarkibini aniqlash", "Bioplastmassa yasash", "Uy sharoitida tabiiy indikator tayyorlash" kabi loyihalar hayotiy muammolarni hal qilish orqali kimyoviy bilimlarni mustahkamlaydi. Bu esa nazariyani amaliyot bilan bog‘lashga yordam beradi. Tajribalar, simulyatsiyalar, dizayn loyihalari orqali kimyoviy tushunchalar vizual va amaliy tarzda tushuntiriladi. Masalan: "Kristall o‘stirish tajribasi", "Zaharli gazlar aniqlash detektori", "Kimyoviy batareya yasash" kabi faoliyatlar nazariyani real jarayonga aylantiradi. O‘quvchida ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantiradi. STEAM yondashuvida har bir loyiha muammo aniqlash, gipoteza qo‘yish, tajriba o‘tkazish, natijani tahlil qilish va taqdimot qilish kabi bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Bu esa o‘quvchini kichik tadqiqotchi sifatida shakllantiradi. Ijodkorlik va innovatsion fikrlashni rivojlantiradi. Kimyoga san’at (A) va muhandislik (E)ni qo‘shish orqali o‘quvchi nafaqat ilmiy tushuncha hosil qiladi, balki yangilik yaratish, o‘z ixtirolari bilan chiqish imkoniga ega bo‘ladi. Masalan, kimyoviy reaksiya asosida ishlaydigan san’at asari, LED bilan ishlovchi indikator, zamonaviy tozalovchi vosita ishlab chiqish. O‘quvchi tajriba qilish, tahlil, solishtirish, sabab-oqibat https://scientific-jl.com/wsrj 1 6 4 Volume-41_Issue-1_July-2025 World scientific research journal bog‘liqliklarini aniqlash orqali analitik tafakkurni rivojlantiradi. "Nima u

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda kimyo fanini STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) yondashuvi asosida o‘qitish orqali o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlik, tajriba asosidagi tafakkur, muammolarni hal qilish va k…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda kimyo fanini STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) yondashuvi asosida o‘qitish orqali o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlik, tajriba asosidagi tafakkur, muammolarni hal qilish va k… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion o‘qitish, o‘quvchi faoliyati., tajriba, tabiiy-ilmiy savodxonlik, Kalit so‘zlar: Kimyo taʼlimi, STEAM yondashuvi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники