Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KROSS-PLATFORMALI DASTURLASH (FLUTTER, REACT NATIVE) ORQALI AMALIY LOYIHALAR ISHLAB CHIQISH
To‘xtayeva Robiya Ravshanbek qizi
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada kross-platformali dasturlash texnologiyalari, xususan Flutter va React Native platformalari asosida mobil ilovalarni ishlab chiqishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Mobil ilovalarga bo‘lgan talabning ortib borishi zamonaviy texnologik yondashuvlarni joriy etishni talab qilmoqda. Flutter va React Native’ning arxitekturasi, dizayn yondashuvlari, samaradorlik darajasi, foydalanuvchi tajribasi va amaliy loyihalar asosida ularning imkoniyatlari solishtirildi. Amaliy tajriba orqali bu texnologiyalarning o‘ziga xos afzalliklari, cheklovlari va real foydalanishdagi samaradorligi baholandi. Maqola natijalariga ko‘ra, kross-platformali yondashuvlar mobil dasturlash sohasida tejamkorlik va funksionallikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kalit so’zlar: Kross platformali dasturlash, Flutter, React Native, mobil ilovalar, amaliy loyihalar, foydalanuvchi tajriba, platformalararo interfeys, dasturiy samaradorlik. Tadqiqotning maqsadi: Zamonaviy raqamli jamiyatda mobil ilovalarga bo‘lgan talab keskin ortib bormoqda. Bugungi kunda foydalanuvchilar turli operatsion tizimlarda ishlaydigan, qulay, funksional va tezkor ilovalarni afzal ko‘rishmoqda. Shu bois dasturchilar oldida har ikki asosiy platforma – Android va iOS uchun bir vaqtning o‘zida moslashuvchan va samarali ilovalar yaratish zarurati yuzaga kelmoqda. Mazkur ehtiyojlar kross-platformali dasturlash texnologiyalarining rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Kross-platformali dasturlash deganda, bir martalik kod yozish orqali bir nechta platformalarda ishlay oladigan ilovalarni yaratish texnologiyasi tushuniladi. Ushbu yondashuv ishlab chiqish vaqtini qisqartirish, resurslarni tejash va ilovani tezda bozorga chiqarish imkoniyatlarini taqdim etadi. Ayniqsa, Flutter va React Native kabi ilg‘or texnologiyalar bu yo‘nalishda katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Flutter Google tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Dart dasturlash tiliga asoslangan va vizual interfeysni yuqori sifatda qurishga imkon beradi. React Native esa Facebook tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, JavaScript asosida ishlaydi va keng hamjamiyatga ega. Ushbu maqolada kross-platformali dasturlash texnologiyalarining zamonaviy ta’lim va sanoatdagi o‘rni, ularning imkoniyatlari, amaliy loyihalarda qo‘llanishi, samaradorlik mezonlari hamda foydalanuvchi tajribasiga ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqotning maqsadi – Flutter va React Native texnologiyalari yordamida amaliy https://scientific-jl.com/new 44 44 Volume–81_Issue-1_July-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS loyihalar ishlab chiqish jarayonini ilmiy tahlil qilish, ularning afzallik va kamchiliklarini aniqlash hamda real loyihalar misolida ularning natijadorligini baholashdan iborat. Ushbu mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, texnologik rivojlanish sharoitida mobil dasturlar ishlab chiqish samaradorligini oshirish, bir vaqtning o‘zida keng platformalarda ishlaydigan ilovalarni yaratish imkonini beruvchi yondashuvlar ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Amaliy jihatdan esa, bu texnologiyalar o‘rta va kichik bizneslardan tortib, yirik korporativ loyihalargacha keng miqyosda tatbiq etilmoqda. Shu bois maqola natijalari nafaqat nazariy, balki amaliy foyda ham keltirishi mumkin. Kross-platformali dasturlash texnologiyalariga nazariy yondashuv zamonaviy dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayonida muhim o‘rin egallamoqda. An’anaviy yondashuvda har bir platforma (masalan, Android va iOS) uchun alohida kod bazasi yaratilishi zarur bo‘lgan bo‘lsa, kross-platformali texnologiyalar bitta kod asosida bir nechta operatsion tizimlar uchun bir vaqtning o‘zida dastur yaratish imkonini beradi. Bu esa, ishlab chiqish vaqtini, byudjetni va inson resurslarini tejashga olib keladi. Bugungi kunda bu yo‘nalishda eng ommabop texnologiyalardan biri bu Flutter hisoblanadi. Flutter — bu Google tomonidan ishlab chiqilgan, Dart dasturlash tiliga asoslangan ochiq manbali UI toolkit bo‘lib, mobil, veb va desktop ilovalar yaratishda keng qo‘llaniladi. Uning asosiy arxitekturasi “widget”larga asoslanadi, ya’ni barcha interfeys komponentlari mustaqil va qayta ishlatiladigan widgetlar ko‘rinishida yaratiladi. Flutter’da rendering engine (Skia) bevosita o‘z grafik interfeysini quradi, bu esa unga yuqori darajadagi moslashuvchanlik va vizual aniqlik beradi. Flutter’ning afzalliklari sifatida bir xil foydalanuvchi interfeysini barcha platformalarda kafolatlash, tez prototiplash imkoniyati, keng kutubxonalar to‘plami va faol hamjamiyatni keltirish mumkin. Shu bilan birga, React Native texnologiyasi ham kross-platformali ishlab chiqishda keng qo‘llanilmoqda. React Native — bu Facebook tomonidan yaratilgan JavaScript asosidagi open-source framework bo‘lib, unda ishlab chiqilgan ilovalar aslida mahalliy (native) komponentlardan foydalanadi. React Native’da UI komponentlari JavaScript orqali tasvirlanadi, ammo ular platformaga mos real komponentlarga aylantiriladi. Bu esa foydalanuvchiga aniq va silliq ishlaydigan interfeysni taqdim etadi. Texnologiya "Virtual DOM", "Hot Re
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada kross-platformali dasturlash texnologiyalari, xususan Flutter va React Native platformalari asosida mobil ilovalarni ishlab chiqishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada kross-platformali dasturlash texnologiyalari, xususan Flutter va React Native platformalari asosida mobil ilovalarni ishlab chiqishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- foydalanuvchi tajriba, platformalararo interfeys, mobil ilovalar, Kalit so’zlar: Kross platformali dasturlash, amaliy loyihalar, React Native, Flutter, dasturiy samaradorlik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025