Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONKOLOGIK KASALLIKLAR VA ULARNI DAVOLASHDAGI YUTUQLAR VA KAMCHILIKLAR.
YUTUQLAR VA KAMCHILIKLAR. · Abdinabiyev Shahzod Aytbay oʻgʻli · Ilmiy Rahbar ALFRAGANUS · Ibragimxodjayev B.U
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Onkologik kasalliklar bugungi kunda insoniyat salomatligi uchun eng katta tahdidlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kasalliklar, ya’ni saraton, turli organ va to‘qimalarda o‘sma hujayralarining nazoratdan chiqishi natijasida yuzaga keladi. Saraton kasalliklari nafaqat bemorning hayot sifatini pasaytiradi, balki ko‘pincha umr davomiyligini ham sezilarli darajada qisqartiradi. Shuning uchun onkologik kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolash bugungi tibbiyotning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Kalit soʻzlar: onkologik kasalliklar, saraton, tibbiyot, genetik moyillik, bemor, davolash, to‘qimalar va organlar. Saraton kasalliklari paydo bo‘lishida ko‘plab omillar rol o‘ynaydi. Genetik moyillik, atrof-muhitning zararli ta’siri, noto‘g‘ri ovqatlanish, chekish, alkogol iste’moli, radiatsiya, virusli infeksiyalar va boshqa ko‘plab sabablar saraton rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, onkologiya sohasida profilaktik choralar muhim ahamiyatga ega. Aholiga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli odatlardan voz kechishni targ‘ib qilish va muntazam tibbiy ko‘riklardan o‘tish saraton kasalliklarini oldini olishda asosiy vazifalardan biridir. So‘nggi yillarda onkologiyada diagnostika usullarining rivojlanishi katta yutuqlarga erishishga imkon berdi. An’anaviy usullar bilan solishtirganda, molekulyar diagnostika va genetik testlar https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-73 264 Часть–1_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 yordamida kasallikni erta bosqichda aniqlash imkoniyati ortdi. Bu esa, o‘z navbatida, davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, o‘smaning molekulyar darajadagi xususiyatlarini aniqlash orqali shifokorlar bemorga individual davolash rejalarini tuzish imkoniga ega bo‘lmoqda. Bundan tashqari, kompyuter tomografiyasi, magnit-rezonans tomografiyasi va positron emissiya tomografiyasi kabi ilg‘or tasviriy diagnostika usullari o‘smaning joylashuvi va tarqalishini aniq ko‘rsatib beradi.[1] Davolash sohasida ham ko‘plab innovatsiyalar yuzaga keldi. An’anaviy jarrohlik, kimyoterapiya va radioterapiyadan tashqari, immunoterapiya, gen terapiyasi va maqsadli terapiya kabi yangi usullar keng qo‘llanilmoqda. Immunoterapiya bemorning o‘z immun tizimini faollashtirib, saraton hujayralariga qarshi kurashishni ta’minlaydi. Bu usul ayniqsa, ilg‘or bosqichdagi saratonlarda samarali bo‘lib, bemorning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Maqsadli terapiya esa o‘sma hujayralarining o‘sishiga ta’sir qiluvchi aniq molekulalarni nishonga oladi, shu bilan birga sog‘lom to‘qimalarga zarar yetkazishni kamaytiradi. Individual yondashuv onkologiyada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Har bir bemorning kasallik bosqichi, o‘smaning turi, genetik xususiyatlari va umumiy sog‘liq holati hisobga olinib, shaxsiy davolash rejasi tuziladi. Bu yondashuv davolash samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, bemorlarni psixologik qo‘llab-quvvatlash, reabilitatsiya va profilaktika choralari ham onkologik kasalliklar bilan kurashda katta ahamiyatga ega.[2) Shu bilan birga, onkologiya sohasida hali ko‘plab muammolar mavjud. Saraton kasalliklarini erta aniqlash darajasi hali ham past. Ko‘plab bemorlar kasallikning ilg‘or bosqichida shifokorga murojaat qilishadi, bu esa davolashning samaradorligini pasaytiradi. Bu holat aholining tibbiy savodxonligi pastligi, profilaktik ko‘riklarga yetarlicha e’tibor berilmasligi bilan bog‘liq. Shuning uchun aholining onkologik kasalliklar haqida xabardorligini oshirish, muntazam tibbiy ko‘riklarni rag‘batlantirish zarur.[3] Zamonaviy dori vositalari va diagnostika texnologiyalarining barcha hududlarga teng taqsimlanmasligi muammo hisoblanadi. Qishloq joylar va kam rivojlangan hududlarda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari cheklangan. Bu https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-73 265 Часть–1_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 esa bemorlarning o‘z vaqtida va to‘liq davolanish imkoniyatlarini kamaytiradi. Shuningdek, ba’zi dori vositalarining narxi yuqori bo‘lishi ko‘plab bemorlar uchun moliyaviy qiyinchiliklar tug‘diradi.[4] Onkologiya sohasida malakali kadrlar yetishmasligi va ilmiy tadqiqotlarning yetarlicha moliyalashtirilmasligi sohaning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Zamonaviy bilim va texnologiyalarni o‘zlashtirish uchun mutaxassislarni tayyorlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash zarur. Bu esa yangi davolash usullarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirishga yordam beradi. Onkologik kasalliklarning oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli profilaktika ishlarini tashkil etish kerak. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli odatlardan voz kechish, atrof-muhitni tozalash va xavf omillarini kamaytirish muhimdir. Shuningdek, aholining onkologik kasalliklar haqida to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lishi, erta tashxislash va davolanishga vaqtida murojaat qilishiga ko‘maklashadi.[5] Xulosa: Xulosa qilib aytganda, onkologik kasa
Доказательный фрагмент
«Onkologik kasalliklar bugungi kunda insoniyat salomatligi uchun eng katta tahdidlaridan biri hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюOnkologik kasalliklar bugungi kunda insoniyat salomatligi uchun eng katta tahdidlaridan biri hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- to‘qimalar va organlar., davolash, genetik moyillik, saraton, bemor, onkologik kasalliklar, tibbiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025