Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’QUVCHILARDA MUSTAQIL FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH UCHUN BERILADIGAN SAVOLLAR TURLARI
Yashinova Shahzoda To’lqin qizi · Nizomiy nomidagi O’zbekiston
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
В данной статье рассматривается значение различных типов вопросов в формировании самостоятельного мышления у младших школьников. Правильно сформулированные и целенаправленные вопросы стимулируют учащихся к размышлению, анализу и выражению собственных мыслей. В статье описаны открытые, закрытые, наводящие, выборочные, аналитические и творческие вопросы, а также приведены примеры их применения на уроках. Особое внимание уделяется роли вопросов в повышении речевой активности учеников, развитии логического мышления и более глубоком усвоении учебного материала Ключевые слова. самостоятельное мышление, типы вопросов, начальное образование, открытые вопросы, выборочные вопросы, творческое мышление, активность учащихся, логическое мышление Boshlang’ich ta’lim jarayoni o’quvchining shaxs sifatida shakllanishida muhim bosqich hisoblanadi. Bu davrda o’quvchilarda faqat bilim emas, balki fikrlash, mustaqil xulosa chiqarish, muammoni anglash va unga yechim topish ko’nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Aynan savollar berish orqali bu ko’nikmalarni uyg’otish va mustahkamlash mumkin. Dars jarayonida o’z vaqtida, o’rinli va to’g’ri tanlangan savollar bolalarda mustaqil fikr yuritishga, o’z fikrini asoslashga, fikrini to’liq va tushunarli bayon etishga yordam beradi. Savollar o’quvchilarning bilim darajasiga, darsning maqsadiga va mavzuning murakkabligiga qarab tanlanadi. Ba’zi savollar faktlarni eslatadi, ayrimlari esa o’quvchini chuqurroq o’ylashga, izlanishga yoki ijodiy yondashishga undaydi. Ochiq savollar o’quvchiga o’z fikrini erkin ifoda etish imkonini beradi. Bu turdagi savollar birgina to’g’ri javobni emas, balki bir necha mumkin bo’lgan mulohazalarni https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-73 346 Часть–1_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 o’rganishga yo’naltirilgan bo’ladi. Masalan: “Siz qanday fikrdasiz?”, “Agar siz shu vaziyatda bo’lsangiz, nima qilgan bo’lardingiz?” kabi savollar o’quvchining mustaqil tafakkurini rivojlantiradi. Yopiq savollar esa ko’proq aniqlik kiritish, faktni tekshirish yoki eslatish uchun ishlatiladi. Bu savollar “ha” yoki “yo’q” kabi qisqa javoblarni talab qiladi. Tanlovli savollar o’quvchiga berilgan variantlardan birini tanlashni taklif etadi. Bu savollar orqali bolalar fikrlab qaror qabul qilishga odatlanadi. Tahliliy savollar esa matn, voqea, hodisa yoki muammoni chuqurroq tahlil qilish, sabab va oqibatni tushunish, o’xshatish yoki solishtirishga yo’naltiriladi. Misol uchun: “Bu voqeada qahramon nima uchun shunday yo’l tutdi, siz nima qilgan bo’lardingiz?”, “Bu ikki voqeani bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?” kabi savollar orqali o’quvchilarning mantiqiy fikrlash faoliyati faollashadi. Ijodiy savollar o’quvchining tasavvurini, fantaziyasini ishga soladi. Bu savollar orqali ular o’z fikrini yangicha shakllantirish, mustaqil g’oya bildirishga undaladi. “Agar siz hikoyaning davomiga o’zingiz yakun yozsangiz, qanday yozgan bo’lardingiz?” kabi savollar bolalarda erkin va noan’anaviy fikrlash ko’nikmasini rivojlantiradi. Shuningdek, yetaklovchi savollar orqali o’qituvchi o’quvchini izchil fikrlashga yo’naltiradi. Bunday savollar birinchi bosqichda oson, keyinchalik esa murakkabroq bo’lib boradi. Bu esa fikrlashning ketma-ketlik asosida shakllanishini ta’minlaydi. Savollar dars davomida faqatgina nazorat vositasi emas, balki o’quvchining nutqiy faolligini oshiruvchi, fikrini aniq ifoda etishga undovchi vosita sifatida xizmat qilishi kerak. Shuning uchun savollarni shakllantirishda nafaqat mazmun, balki o’quvchining yoshi, bilim darajasi va mavzuga bo’lgan qiziqishi ham inobatga olinadi. Dars jarayonida savollar orqali mustaqil fikrlashni shakllantirish o’qituvchidan katta pedagogik mahorat va rejalilikni talab qiladi. Shuningdek, o’quvchi fikrini qadrlash, uning javoblarini diqqat bilan tinglash, unga ochiq savol berib fikr bildirishga undash – bularning barchasi mustaqil tafakkurga asos yaratadi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-73 347 Часть–1_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 O’quvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirishda savol berishning metodik ahamiyati Ta’lim jarayonida o’quvchining faolligi, mustaqil fikr yuritish darajasi bevosita o’qituvchining qanday savollarni bergani bilan chambarchas bog’liq. Agar savollar o’ylantiruvchi, ochiq va ijodiy bo’lsa, bu o’quvchida qiziqish uyg’otadi, uni javob izlashga undaydi. Bunday savollar bolaning o’z fikrini erkin ifoda etishi, tahlil qilish, mantiqiy bog’liqlikni anglash, muammoli vaziyatni hal etishga harakat qilishiga imkon yaratadi. Aksincha, faqatgina “ha” yoki “yo’q” kabi qisqa javoblarni talab qiluvchi savollar o’quvchini cheklaydi, ularni faqat faktlarni eslashga undaydi. O’quvchilar bilan ishlashda savollarni bosqichma-bosqich murakkablashtirib borish kerak. Darsning boshida beriladigan savollar oddiy, tushunishga yengil bo’lishi, oxirida esa izoh talab qiluvchi, mustaqil fikr bildirishga yo’naltirilgan bo’lishi maqsadga muvofiqdi
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается значение различных типов вопросов в формировании самостоятельного мышления у младших школьников.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается значение различных типов вопросов в формировании самостоятельного мышления у младших школьников. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- independent thinking, types of questions, primary education, open-, ijodiy fikrlash, tanlovli savollar, savol turlari, boshlang’ich ta’lim, ochiq savollar, mustaqil fikrlash, mantiqiy tafakkur, o’quvchilar faolligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025