К содержанию
РецензированоUZ2025

DAVLAT BOSHQARUVIDA SAMARADORLIKNI OSHIRISH, INSON RESURSLARI VA UNING IQTISODIY IMKONIYATLARI

ERGASHEV TOLIBJON ESHQOBILOVICH · – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi · Kalit so‘zlar: Davlat boshqaruvida samaradorlik · Key Performance Indicator

Образование наука и инновационные идеи в мире · 1–14 · 2025

Аннотация

This article analyzes the issues of increasing efficiency in public administration, developing human resources, and increasing economic efficiency through the formation of human capital. It is economically analyzed that the KPI system should not only be a control and evaluation tool, but also a tool for strategic development, effective management, full use of human capital and human resources, thereby increasing competitiveness in the state civil service, the private sector, and service sectors and ensuring sustainable economic growth. Key words: Efficiency in public administration, Key Performance Indicator (KPI), public civil service, human capital, human resources, human resource pool, increasing economic efficiency. “O`zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi O`zbekistonda davlat boshqaruvini xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi, faol va samarali mexanizmga aylantirishga qaratilgan. Bugungu kunga kelib, davlat dasturi doirasida qonun ustivorligini ta`minlash va xalq uchun xizmat qiladigan davlat boshqaruvini tashkil etish bo`yicha sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. O`zbekistondagi islohotlar ijrosini ta`minlash samaradorligini oshirish, hududlar va tarmoqlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, biznes muhitini yanada yaxshilash, davlat organlarining mas`uliyati va tashabbuskorligini oshirish, boshqaruvning barcha bo`g`inlari o`rtasida integratsiyani mustahkamlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilning 14-iyul kuni “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi1 Farmoni qabul qilindi. 1 O`zbekiston Reapublikasi Qonunchilik ma`lumotlari milliy bazasi https://lex.uz/pdfs/7630445 https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-73 380 Часть–1_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Ushbu tashabbuslar davlat boshqaruvidagi islohotlarning samaradorligini oshirib kelgusida yanada ochiq, shaffof, samarali va inson manfaatlariga yo`naltirilgan yangicha boshqaruv tizimini shakllantirishga xizmat qiladi. Hozirgi axborotlashgan va raqamli dunyoda inson resurslarini boshqarish tobora strategik vazifaga aylanib bormoqda. Globallashuv davrida yer yuzidagi barcha davlatlarda inson va uning intellektual salohiyati, bilimi eng muhim resurs sifatida qadrlanmoqda. Bizning yurtimizda ham bu sohada aniq va maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. O`zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar jarayonida yuqori malakali, mahoratli kadrlar tarkibini shakllantirish, davlat xizmatchilarining kasbiy va shaxsiy sifatlarini oshirish, salohiyatiga qarab yuqori lavozimlarga ko‘tarish bo`yicha olib borilayotgan ishlar amaliyot bilan birga qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarda ham o`z aksini topmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev raisligida 2022-yil 4-avgust kuni davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora- tadbirlari yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan davlat fuqarolik xizmati sohasida milliy kadrlar zaxirasini yaratish va shakllantirib borish bo‘yicha qator topshiriqlar bergan edi. Kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlarning mantiqiy davomidir. Davlat rahbarining xalqchil siyosati sababli davlat xizmatchilari aholiga yanada yaqinroq bo‘ldi. Xalqni tinglash, budjet mablag‘larini fuqarolar talabiga binoan yo‘naltirish, yangicha “mahallabay” ishlash tizimi joriy qilindi. Davlat xodimlariga samarali faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratildi. Davlat rahbari Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqida: “Navbatdagi muhim vazifa – markaziy idoralarni transformatsiya qilish orqali fuqarolarga xizmat qiladigan ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish”2 ekanini aytgan edilar. Davlatimiz rahbari keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, vazirliklar markaziy ijroiya idora rahbarlarning 40 foizi tuman darajasida, tuman darajasidagi rahbarlarning 60 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti https://president.uz/uz/lists/view/5398 https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-73 381 Часть–1_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 foizi viloyat yoki respublika idoralarida faoliyat ko‘rsatmagan va bu davlat xizmatida oqsoqliklarga olib kelayotganligigi bo‘yicha tanqidiy baho berilgan edi. Davlat rahbari tashabbusi bilan idoralarda “mahalladan – respublikagacha” tamoyili asosida kadrlarni lavozimlar pog‘onasida karera modeli asosida ko‘tarilishi tizimini joriy etish bo‘yicha lozimligi, alohida ta’kidlandi. Prezidentimiz takidlaganidek, o‘rta bo‘g‘in rahbarlarining bilim va malakasini oshirish, ularni ish samaradorligini baholab borish tizimini joriy qilish bugungi zamon talabidir. Sir emaski, qabul qilinayotgan qaror va farmonlar, qonunlarning joylarda ijrosi yetarlicha ta’minlanmayapti. Hududiy rahbarlarning o

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the issues of increasing efficiency in public administration, developing human resources, and increasing economic efficiency through the formation of human capital.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the issues of increasing efficiency in public administration, developing human resources, and increasing economic efficiency through the formation of human capital. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Efficiency in public administration, Key Performance Indicator (KPI), inson kapitali, kadrlar zaxirasi, inson resurslari, Davlat boshqaruvida samaradorlik, iqtisodiy samardorlikni oshirish., davlat fuqarolik xizmati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники