К содержанию
РецензированоUZ2024

QASHQADARYO VILOYATIDA LOGISTIKA ORQALI TRANSPORT INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARISHNING RIVOJLANISH TENDENSIYASI

RIVOJLANISH TENDENSIYASI · Maxmanov Asliddin Shokir o‘g‘li

Образование наука и инновационные идеи в мире · 48 · 112- 127 · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida transport infratuzilmasini logistika vositasida rivojlantirish va samarali boshqarishning dolzarb yo‘nalishlari hamda zamonaviy rivojlanish tendensiyalari yoritiladi. Tadqiqot davomida 2024-yilga oid so‘nggi statistika va amaliy loyihalar tahlil qilinib, hududning transport-logistika salohiyati chuqur o‘rganildi. Jumladan, “Toshguzar–Boysun– Qumqo‘rg‘on” temiryo‘l liniyasining strategik o‘rni, Qarshi shahri va boshqa tumanlarda yo‘l infratuzilmasini rekonstruksiya qilish loyihalarining iqtisodiy ta’siri tahlil qilindi. Maqolada logistika xizmatlarini raqamlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kuchaytirish va mintaqaviy logistika markazlarini shakllantirish orqali viloyatning Janubiy logistika uzeliga aylanish istiqbollari asoslab beriladi. Shuningdek, xalqaro tajriba va hududiy xususiyatlarga tayangan holda boshqaruv samaradorligini oshirish mexanizmlari ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari Qashqadaryo viloyatining tranzit salohiyatidan keng foydalanish, transport xizmatlari sifatini oshirish hamda iqtisodiy integratsiya jarayonlarini jadallashtirishda logistik yondashuvlarning muhimligini ko‘rsatadi. Maqola yakunida amaliy tavsiyalar ilgari surilib, hududiy infratuzilmani izchil rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli takliflar bayon etiladi. Kalit so‘zlar. Qashqadaryo viloyati, transport infratuzilmasi, logistika tizimi, raqamli logistika, mintaqaviy integratsiya, davlat-xususiy sheriklik, tranzit salohiyat, avtomobil yo‘llari, temiryo‘l tarmoqlari, logistika markazlari, infratuzilmani https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-73 420 Часть–1_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 boshqarish, zamonaviy transport texnologiyalari, iqtisodiy rivojlanish, transport strategiyasi, yuk tashish samaradorligi. Kirish. Global iqtisodiy integratsiya, logistika tarmoqlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning jadal joriy etilishi fonida transport infratuzilmasining zamonaviylashuvi har bir hudud iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, mamlakatimizda hududlar kesimida infratuzilma va logistika salohiyatini kuchaytirish orqali iqtisodiy faollikni oshirish, ichki va tashqi bozorlar bilan integratsiyani chuqurlashtirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Shu nuqtai nazardan qaralganda, Qashqadaryo viloyati geografik joylashuvi, tabiiy resurslar salohiyati, ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanish darajasi hamda mintaqaviy transport yo‘llariga yaqinligi bilan ajralib turadi. 2024-yil holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida transport infratuzilmasini rivojlantirish borasida qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Toshguzar–Boysun–Qumqo‘rg‘on” temiryo‘li magistralining mintaqaviy ahamiyati ortib bormoqda. Shuningdek, Qarshi shahri va unga tutash tumanlarda avtomobil yo‘llarining rekonstruksiya qilinishi, aerodrom infratuzilmasining zamonaviylashtirilishi va logistika xizmatlarining raqamlashtirilishi transport tizimining zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Biroq mavjud infratuzilma imkoniyatlarining to‘liq ishga solinmasligi, logistika xizmatlarining cheklanganligi, raqamli yechimlarning yetarlicha joriy etilmagani, xususiy sektorning transport tizimidagi ishtiroki past darajada ekani kabi omillar sohaning to‘laqonli rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Aynan shunday sharoitda, logistika vositasida transport infratuzilmasini boshqarish va samarali rivojlantirish masalasi dolzarb ilmiy- amaliy yo‘nalish sifatida maydonga chiqmoqda. Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatining transport-logistika salohiyati, mavjud infratuzilmaning real holati, xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida istiqbolli boshqaruv yondashuvlari tahlil qilinadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – hududda iqtisodiy o‘sish va transport samaradorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-73 421 Часть–1_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur tadqiqot Qashqadaryo viloyatida transport infratuzilmasini logistika yondashuvi orqali rivojlantirish va samarali boshqarish yo‘llarini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, unda tizimli, kompleks va ilmiy asoslangan metodologik yondashuvlar qo‘llanildi. Tadqiqotda transport-logistika infratuzilmasining nazariy asoslari, xalqaro tajribalar, mahalliy holat va zamonaviy texnologik tendensiyalar birgalikda tahlil qilindi. Maqsad – Qashqadaryo viloyatining transport imkoniyatlarini chuqur o‘rganish va uning iqtisodiy o‘sishidagi rolini baholashdan iborat bo‘ldi. Tadqiqot bir nechta asosiy metodlarga tayanib olib borildi. Avvalo, transport infratuzilmasi va logistika tizimi bo‘yicha mavjud ilmiy adabiyotlar, hukumat dasturlari, xalqaro tashkilotlarning analitik hisobotlari (Jahon banki, UNCTAD, OECD, WTO) asosida nazariy asoslar shakllantirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Davlat statis

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida transport infratuzilmasini logistika vositasida rivojlantirish va samarali boshqarishning dolzarb yo‘nalishlari hamda zamonaviy rivojlanish tendensiyalari yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida transport infratuzilmasini logistika vositasida rivojlantirish va samarali boshqarishning dolzarb yo‘nalishlari hamda zamonaviy rivojlanish tendensiyalari yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Tadqiqotda 2014-yildan 2024-yilgacha bo‘lgan davr oralig‘idagi asosiy infratuzilmaviy ko‘rsatkichlarning dinamikasi o‘rganildi. Quyidagi jadvalda Qashqadaryo viloyatining transport infratuzilmasiga oid muhim ko‘rsatkichlar yillik kesimda keltirilgan (1
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники