Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TRANSPORT LOGISTIKASINI RIVOJLANTIRISHNING JAHON TAJRIBASI VA ULARNI O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Maxmanov Asliddin Shokir o‘g‘li
Образование наука и инновационные идеи в мире · 48 · 112- 127 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada transport logistikasini rivojlantirish borasidagi yetakchi xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinib, ularning muhim jihatlari chuqur o‘rganiladi. Xususan, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur va Xitoy kabi mamlakatlardagi zamonaviy logistika tizimlari, raqamli texnologiyalarni qo‘llash amaliyoti hamda infratuzilmaviy yondashuvlar o‘rganiladi. Maqolada xalqaro tajribaning dolzarb jihatlarini O‘zbekistonda tatbiq etish imkoniyatlari baholanib, milliy transport-logistika tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston logistika infratuzilmasini integratsiyalashgan, samarali va raqobatbardosh tizimga aylantirishda ilmiy asoslangan yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar. Transport logistika tizimi, xalqaro tajriba, infratuzilma modernizatsiyasi, raqamli logistika, multimodal tashish, integratsiyalashgan logistika yondashuvi, logistika infratuzilmasi, O‘zbekiston transport sohasi, innovatsion texnologiyalar, iqtisodiy integratsiya, logistika samaradorligi, mintaqaviy aloqalar, tashqi savdo, logistika strategiyasi Kirish. Globalizatsiya jarayonining jadallashuvi, xalqaro savdo hajmining ortib borishi va raqobatning kuchayishi natijasida transport-logistika tizimi har qanday davlatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim strategik omillardan biriga aylanmoqda. Bugungi kunda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘z iqtisodiy salohiyatini kuchaytirish, tashqi bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish hamda eksport- import jarayonlarini soddalashtirishda samarali logistika tizimiga tayanmoqda. Ayniqsa, transport infratuzilmasining barqaror faoliyati, multimodal tashish https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-73 88 Часть–2_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 imkoniyatlari, logistika markazlarining tashkil etilishi va raqamli texnologiyalar bilan integratsiyalashuvi ushbu sohaning strategik ahamiyatini yanada oshirmoqda. Transport logistikasini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha yetakchi mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mazkur sohani izchil isloh qilish, infratuzilmani modernizatsiyalash va zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish orqali milliy iqtisodiyotni sezilarli darajada rivojlantirish mumkin. Germaniya, Janubiy Koreya, Singapur, Xitoy kabi davlatlar o‘z logistika tizimlarini nafaqat ichki ehtiyojlarga, balki mintaqaviy va global transport tarmoqlari bilan integratsiyaga yo‘naltirib, iqtisodiy o‘sish va xalqaro savdodagi ustunlikka erishgan. Ularning muvaffaqiyatli tajribasi bugungi kunda boshqa ko‘plab davlatlar, jumladan, O‘zbekiston uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda transport-logistika sohasini modernizatsiyalash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va hududlararo hamkorlikni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. So‘nggi yillarda temiryo‘l, avtomobil yo‘llari, havo va multimodal transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, logistika xizmatlari sifatini oshirish, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va xususiy sektor ishtirokini rag‘batlantirish orqali transport tizimini yanada samarali qilishga harakat qilinmoqda. Mazkur maqolada transport logistikasini rivojlantirish bo‘yicha jahonning ilg‘or tajribalari chuqur tahlil qilinadi va ularni O‘zbekiston sharoitida qo‘llashning imkoniyatlari, mavjud muammolar hamda istiqbolli yo‘nalishlari o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada xalqaro tajribaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi jarayonida qanday ijobiy natijalarga olib kelishi mumkinligi asoslangan holda yoritiladi. Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu ilmiy tadqiqotda transport logistikasini rivojlantirish bo‘yicha jahon tajribasini tahlil qilish, ularni tizimli asosda o‘rganish va O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan kompleks yondashuvlar qo‘llanildi. Tadqiqot metodologiyasi asosida zamonaviy ilmiy tadqiqot https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-73 89 Часть–2_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 standartlari, iqtisodiy-statistik tahlil usullari, iqtisodiy-geografik baholash, solishtirma tahlil, empirik kuzatuvlar va ekspert baholash kabi metodlar uyg‘un holda qo‘llanildi. Nazariy-tahliliy yondashuv: Tadqiqotning dastlabki bosqichida transport logistikasining ilmiy-nazariy asoslari, tushunchalari, evolyutsion rivojlanish bosqichlari va xalqaro amaliyotdagi o‘rni tahlil qilindi. Bu jarayonda xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy maqolalari, monografiyalari, xalqaro tashkilotlarning (Jahon banki, BMT, WTO, OECD, UNCTAD va boshqalar) analitik hisobotlari, shuningdek, ilg‘or mamlakatlarning milliy transport strategiyalari asosiy ma’lumot manbalari sifatida foydalanildi. Nazariy asoslar transport-logistika tizimining tarkibiy qismlari, raqamli logistika, multimodal tashish va logistika markazlari faoliyati bilan bog‘liq konseptual yondashuvlarni aniq
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada transport logistikasini rivojlantirish borasidagi yetakchi xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinib, ularning muhim jihatlari chuqur o‘rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada transport logistikasini rivojlantirish borasidagi yetakchi xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinib, ularning muhim jihatlari chuqur o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- iqtisodiy integratsiya, mintaqaviy aloqalar, multimodal tashish, logistika strategiyasi, Transport logistika tizimi, infratuzilma modernizatsiyasi, tashqi savdo, logistika infratuzilmasi, integratsiyalashgan logistika yondashuvi, O‘zbekiston transport sohasi, innovatsion texnologiyalar, logistika samaradorligi, xalqaro tajriba, raqamli logistika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025