Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY KIBERMUHITDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH: QONUNCHILIK, HAMKORLIK VA STRATEGIK ISLOHOTLAR
Muslimov Xusan Nishonboyevich
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
This article analyzes global cybersecurity issues and highlights the importance of national and international cooperation in combating them. With the growth of the digital economy and the widespread use of information technologies, the issue of rising cybercrime has become increasingly urgent. The article notes that a national system is being developed in Uzbekistan based on the adopted Law "On Cybersecurity" and relevant by-laws. It also discusses the importance of enhancing the effectiveness of current measures, including international legal instruments such as the Budapest Convention, human resource development, preventive strategies, and infrastructure improvement. The article proposes solutions to challenges related to cybercrime detection, accountability, rapid information exchange, and institutional cooperation. Keywords: Cybersecurity, cybercrime, information technology, digital economy, national legislation, international cooperation, Budapest Convention, prevention, information culture, cyber culture, cyber threats. Davlatimiz rahbari Mirziyoyev Shavkat Miromonovich kiberxavfsizlik borasida bir qator tashabbuslarni ilgari surganligi bejiz emas. Jumladan: https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-73 131 Часть–2_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 2023 yil 20 dekabr – Prezident videoselektor yig‘ilishida axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish va davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgiladi. Ushbu yig‘ilishda 2023 yilning o‘tgan 11 oyi mobaynida 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etilgani, ularning 70 foizi bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik va o‘g‘irlik jinoyatlari ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, mamlakatdagi 50 ga yaqin to‘lov tizimining hammasi ham kiberxavfsizlik talablariga javob bermasligi tanqid qilindi. Prezident mutasaddi vazirlik va idoralarga barcha elektron to‘lov tizimlari uchun yagona kiberxavfsizlik talablarini ishlab chiqish va ijrosini qat’iy nazorat qilish bo‘yicha topshiriq berdi. 2023 yil 8 iyun – Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining muhim axborot infratuzilmasi ob’ektlari kiberxavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Davlat xavfsizlik xizmatiga yangi vakolatlar berildi. Qarorga ko‘ra, DXX muhim axborot infratuzilmasi ob’ektlarida kiberhujumlarni aniqlash, ularning oldini olish, tezkor chora ko‘rish va oqibatlarini bartaraf etish hamda kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi. 2025 yil 20 yanvar – Prezidentning “Cyber university” davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Ushbu universitet axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektka asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Bugungi kunda global axborot maydonida kibermakon bilan bog‘liq yangidan- yangi tahdidlar yuzaga kelmoqda. Shu bois virtual olamdagi hujumlardan himoyalanish masalasi dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va axborot texnologiyalarining keng ommalashuvi natijasida kiberjinoyatchilik zamonaviy jamiyat uchun jiddiy tahdidlardan biriga aylandi. Ushbu global muammo faqat milliy darajada emas, balki xalqaro hamkorlik asosida samarali hal qilinadi. Shu sababli, xalqaro kelishuvlar va konvensiyalar https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-73 132 Часть–2_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 kiberjinoyatlarga qarshi kurashda muhim huquqiy asoslarga ega. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasida mutasaddi tashkilotlar tomonidan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda samaradorlikka erishishi uchun xalqaro kelishuvlarga qo‘shilishi, ularning milliy qonunchilikka moslashtirilishi va amaliyotga tatbiq etilishi jarayonlari tashkil etilishi lozim [1]. O‘zbekiston Respublikasida kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlar va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-764-son Qonuni hamda boshqa qonunosti hujjatlari orqali tartibga solinadi. Mazkur qonunda “kiberjinoyatchilikka – axborotni egallash, uni o‘zlashtirish, yo‘q qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy ta’minot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yig‘indisi” [2] deya ta’rif berilgan. Zamonaviy raqamli davrda kibertahdidlarga qarshi kurash faqat texnologik choralarga tayanib qolmaydi. Bu masala har tomonlama, ya’ni huquqiy, institutsional, texnologik va ijtimoiy jihatdan ham keng ko‘lamli yondashuvni talab etadi. Bugungi kunda internet, kompyuter va mobil aloqa hayotimizning asosi bo‘lib, yangi imkoniyatlar bilan birga yangi xavflarni ham olib kelmoqda. Shu sababli, bu tahdidlarga qarshi samarali kurash uc
Доказательный фрагмент
«This article analyzes global cybersecurity issues and highlights the importance of national and international cooperation in combating them.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes global cybersecurity issues and highlights the importance of national and international cooperation in combating them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Cybersecurity, cybercrime, information technology, digital economy, kibermadaniyat, milliy qonunchilik, raqamli iqtisodiyot, kiberjinoyatchilik, xalqaro hamkorlik, kiberxavf tahdidlari., profilaktika, Budapesht konvensiyasi, Kiberxavfsizlik, axborot madaniyati, axborot texnologiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025