Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YEVROPA VA OSIYO MAMLAKATLARI MISOLIDA UZUN RELSLAR TASHKILIY MODELLARI
Choriyev Rustam Alisher o‘g‘li
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada tezyurar va yuqori tezlikdagi temir yo‘l magistrallarida er polotnosi sifatini nazorat qilishning zamonaviy usullari yoritiladi. Grunt zichligi, cho‘kish ko‘rsatkichlari, namlik darajasi, yuklamalarga chidamlilik kabi parametrlarning o‘lchash usullari, laboratoriya va dala sinovlari, avtomatlashtirilgan monitoring tizimlari haqida tahliliy ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, xalqaro tajribalar va O‘zbekiston amaliyotidan misollar berilgan. Kalit so‘zlar: Yer polotnosi, sifat nazorati, zichlik, deformatsiya, monitoring, georadar, dala sinovlari, laboratoriya tekshiruvlari, vibratsion zichlashtirish, cho‘kish, geotexnika. Yer polotnosini qurish ishlari boshlanmasdan avval karer, o‘yma, tabiiy asoslardagi gruntlar tarkibi va holatini loyihada qabul qilingan va haqiqiy ko‘rsatkichlarining o‘zaro muvofiqligi tekshirilishi kerak. Namunalarning tarkibi (turi, xili) va namligi ishlabchiqarish laboratoriyalarida amaldagi DavSt bo‘yicha aniqlanadi. O‘yma, karerlarni qazish vaqtida gruntlarning namlanish va qurish sharoitlariga qarab, ularning namligini o‘zgarishi muntazam kuzatib boriladi. Namlikni aniqlash maqsadida, havo o‘zgarmas bo‘lgan vaqtda xaftada bir marta, o‘yma va karerlardagi har 10 000 m3er hajmi uchun kuniga kamida 2 marta, intensivligi 5 mm/sut bo‘lgan yomg‘irlardan keyin esa har kuni namunalar olinishi lozim. Operatsion nazorat ishlabchiqarish jarayonida bajarilayotgan ishlarni loyiha hujjatlari talablariga va belgilangan texnologiyaga muvofiqligini aniqlash maqsadida https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-73 277 Часть–2_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 amalga oshiriladi. Operatsion nazorat ishlarni mumiy bajarish vaqti davomida bajarilgan barcha ish turlarining to‘liq hajmini qamrab olishi kerak. Uzluksiz nazorat qilib boriladigan er polotnosini qurish sifati ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi: tarh va profilda yuzaki er polotnosi o‘qiy chizig‘ini to‘g‘riligi, ko‘ndalang nishabliklarga rioya qilinganlik, er polotnosi kengligi, yonbag‘irlarning qiyaligi, suvlarni chetlatish va drenaj inshootlarini, yonbag‘irlarni mustahkamlanishini to‘g‘ri bajarilganligi, gruntlarni zichlashtirish koeffitsientlari, gruntlarni deformatsiyalanish modullari, himoya qatlamlarining me’yoriy qalinligi. Operatsion nazorat bosqichida gruntni zichlash sifatini nazorati har bir texnik qatlamda bajarib boriladi. Ko‘tarma sirti, ikkinchi qatlam va er polotnosi asosiy maydonchasining ko‘ndalang nishabliklari hamda balandlik belgilarining loyihaga muvofiqligi piketlarda kamida ikkita ko‘ndalang kesim bo‘yicha olib borilgan o‘lchashlar orqali tekshirib turiladi. Himoya qatlamlari qalinligi yuzaning har 1000 m2 kamida bir marta tekshirilgan bo‘lishi kerak. Bu qatlamlarning kengligi esa yo‘lning har 30 metrida kamida bir martadan tekshirib turilishi lozim. Sifat ko‘rsatkichlarini o‘lchash va baholash ishlari zaxvatkada ko‘tarma qatlami, o‘yma uchastkasi, er polotnosining boshqa qismini barpo etish bo‘yicha operatsiyalaridan keyin bajariladi. Operatsion nazorat texnologik xarita tarkibidagi operatsion nazorat sxemalariga yoki har bir texnologik jarayon uchun ishlarni bajarish loyihasini ishlab chiqishda tuziladigan sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi. Er polotnosi buyurtmachining texnik nazorati va loyiha tashkilotining muallif nazorati (amalga oshirish kerak bo‘lsa) ularning vakillari ishtirokida olib borilishi kerak. Er polotnosi qabul qilinmasdan turib, yo‘l ustki qurilmasini yaratish ishlarini bajarish mumkin emas. Er polotnosi butunlay tayyor holatda topshirishga taqdim etiladi. Er polotnosi bilan birgalikda ustki qoplami ochilgan (rekultivatsiya qilingan) grunt karerlari va ag‘darilgan tuproq uyumlari topshirishga taqdim etilishi kerak. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-73 278 Часть–2_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Er polotnosi va tarkibidagi inshootlar joyda ko‘z bilan kuzatish natijalari, nazorat o‘lchashlari, ijro chizmalari, yashirin ishlarni tekshirilganlik haqida dalolatnomalar, ishlabchiqarish nazorati hujjatlari, jami ishlar jurnali hamda mahsus kuzatuv va laboratoriya sinovlari jurnallari asosida qabul qilinadi. Drenaj inshootlarini bajarilgan ishlar alohida elementlarning tayyor bo‘lishiga qarab yashirin ishlar sifatida qabul qilinadi. Odatda, bo‘ylama drenaj alohida oraliq qabul qilish jarayonida qabul qilinadi. Tayyor er polotnosini qabul qilishda ko‘tarmaga solingan gruntlarning sifati va ularning zichlash darajasi bajarilgan ishlabchiqarish nazorati bosqichlarining hujjatlari bilan laboratoriya sinovlari ma’lumotlari asosida tekshiriladi. Bunda quvurlar ko‘milgan joylariga hamda ko‘priklarga kirish joylariga alohida e’tibor qaratiladi. Gruntlar va ularni zichlatirish darajasining sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash uchun, nazorat tekshiruvlari tayinlanishi kerak. Nazorat sinovlari hajmi operatsion nazoratida bajariladigan sinovlar hajmining 1/3 qismidan kam bo‘lmasligi lozim. Er polotnosi majmuasi tarkibidagi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tezyurar va yuqori tezlikdagi temir yo‘l magistrallarida er polotnosi sifatini nazorat qilishning zamonaviy usullari yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tezyurar va yuqori tezlikdagi temir yo‘l magistrallarida er polotnosi sifatini nazorat qilishning zamonaviy usullari yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- payvandlash texnologiyasi., Uzun rels, rels yotqizish, Osiyo temir yo‘llari, texnik xizmat, tashkiliy model, infratuzilma, relsli transport, relslar ekspluatatsiyasi, Yevropa temir yo‘llari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025