К содержанию
РецензированоUZ2025

GEOGRAFIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH · Xujaqulov Suhrob Sharob o‘g‘li · Sabirov Og‘abek Narmamat o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada raqamli ta’lim muhiti sharoitida bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining o‘quv va kasbiy faoliyatini loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Geografiya fani uchun xos bo‘lgan raqamli resurslar, geoinformatsion texnologiyalar va zamonaviy dars dizayni asosida pedagogik loyihalash usullari yoritilgan. Mazkur yondashuvlar orqali kelajak pedagoglarining raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish, innovatsion darslarni loyihalash va interaktiv metodlarni qo‘llash amaliy jihatdan asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: Geografiya ta’limi, raqamli muhit, (GAT), interaktiv metodlar, metodika. Kirish: Zamonaviy ta’lim tizimi rivojlanayotgan raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq. Ayniqsa, geografiya kabi vizual va fazoviy tafakkurni talab qiladigan fanlar uchun raqamli vositalarning roli nihoyatda muhim. Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda raqamli muhitdagi loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirish bugungi kundagi ustuvor vazifalardan biridir. Ushbu maqolada ushbu ko‘nikmalarni shakllantirishda foydalaniladigan metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Asosiy qisim. Bugungi kunda ta’lim tizimida yuz berayotgan raqamli transformatsiya pedagogik jarayonlarning mazmuni, shakli va usullarini tubdan o‘zgartirmoqda. Xususan, raqamli ta’lim muhitining jadal rivojlanishi natijasida o‘qituvchilardan nafaqat zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini bilish, balki ularni o‘quv va kasbiy faoliyatda samarali qo‘llay olish malakasi ham talab etilmoqda. Shu nuqtayi nazardan qaralganda, pedagogik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish, ularning ta’lim jarayonini loyihalash, tashkil etish va baholash kabi kasbiy faoliyatlariga tayyorgarlik darajasini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, geografiya fanining o‘ziga xos xususiyatlari – fazoviy tafakkur, xarita bilan ishlash, tabiiy va ijtimoiy jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni tahlil qilish – zamonaviy raqamli vositalar yordamida o‘quvchilarga ancha samarali yetkazilishi mumkin. Bunda, bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining o‘quv va kasbiy faoliyatini raqamli muhitda loyihalash ko‘nikmalarini shakllantirish ularning professional tayyorgarligi sifatini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Shu bois, ushbu ishda raqamli ta’lim muhitida geografiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalar asosida o‘quv hamda kasbiy faoliyatini samarali loyihalashga o‘rgatish metodikasini ishlab chiqish va takomillashtirish masalalari o‘rganiladi. 274 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” Mazkur mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, u nafaqat bo‘lajak pedagoglarni raqamli muhitga tayyorlashni, balki ularning mustaqil ta’lim olish, axborot izlash, tahlil qilish va innovatsion dars metodlarini ishlab chiqish qobiliyatlarini ham rivojlantiradi. Google Earth — bu Yer sharining sun’iy yo‘ldosh (sputnik) orqali olingan suratlari asosida dunyoni 3D (uch o‘lchamli) shaklda ko‘rsatadigan bepul dasturdir. U orqali har kim dunyoning istalgan joyini ko‘rishi, aylanishi va o‘rganishi mumkin. Asosiy funksiyalari: Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari orqali dunyoni ko‘rish, 3D shaharlar va tabiiy obyektlarni ko‘rsatish, Tarixiy suratlar orqali hududlarning o‘zgarishini solishtirish, Masofa va maydon o‘lchash Joy belgilash va yo‘nalish chizish Brauzer (veb), mobil va kompyuter versiyalari mavjud,Qayerda ishlatiladi? Ta’lim va o‘quv jarayonlarida; Sayohat va joylarni o‘rganishda, Tarixiy va ekologik o‘zgarishlarni tahlil qilishda. Hududlarni rejalashtirishda oddiy foydalanuvchilar uchun. Kartografiya va GIS (Geoinformatsion tizimlar) Mavzular: Joylashuvni aniqlash va o‘lchash, Xaritani o‘qish, koordinatalar, masshtabni aniqlash mumkin bo‘ladi. Google Earth bu mavzuda real koordinatalar, masofa va balandliklarni o‘lchash vositalari orqali amaliyotda ishlash imkonini beradi. Tabiiy geografiya fanining barchasida qo‘llash mumkin. (Umumiy yer bilimi, Materik va okeanlar,O‘rta Osiyo, O‘zbekiston tabiiy geografiyasi) Mavzular: Yerning tuzilishi – tog‘lar, vodiylar, vulqonlar, tektonik plitalar., Geologik jarayonlar – yer silkinishlari, eroziya, daryolar shakllanishi. Iqlim zonalari – turli iqlim turlari va ularning joylashuvi, Suv manbalari – daryolar, ko‘llar, okeanlar va ularning taqsimoti. Iqtisodiy geografiya Mavzular: sanoat markazlari va ularning joylashuvi, transport va aloqa tizimlari, qishloq xo‘jaligi hududlari, turizm geografiyasi, Talabalar sanoat va transport infratuzilmasini xaritada tahlil qilib, ularning iqtisodiy ahamiyatini ko‘rishadi. Aholi geografiyasi Mavzular: Aholining joylashuvi va zichligi, shaharlar geografiyasi, migratsiya va urbanizatsiya jarayonlari. Google Earth yordamida yirik shaharlarning o‘sishi, migratsiya yo‘nalishlari va aholi zichligini tahlil qilish mumkin. ArcGIS — bu Esri kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan geografik axborot tizimi (GAT) dasturidir. U yo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada raqamli ta’lim muhiti sharoitida bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining o‘quv va kasbiy faoliyatini loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir metodik yondashuvlar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada raqamli ta’lim muhiti sharoitida bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining o‘quv va kasbiy faoliyatini loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Geografiya ta’limi, raqamli muhit, (GAT), metodika., interaktiv metodlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники