К содержанию
РецензированоUZ2026

MODULLI O‘QITISH TEXNOLOGIYASINING GEOGRAFIYA DARSLARIDAGI AHAMIYATI

Urinova N.S.

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

“Modulli o‘qitish texnologiyasining geografiya darslaridagi ahamiyati” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, modulli o‘qitish texnologiyasining geografiya fani o‘qitilishidagi samaradorligini va uning o‘quv jarayoniga qo‘shgan ahamiyatini tahlil qiladi. modulli o‘qitish, har bir mavzu bo‘yicha alohida bo‘limlar yaratish orqali o‘quvchilarga tizimli va bosqichma-bosqich bilim olish imkonini yaratadi. Bunda modulli o‘qitish texnologiyasining global o‘quv samaradorligi bo‘yicha mavjud statistik ma’lumotlar keltiriladi va metodning ta’lim jarayonidagi ahamiyati ko‘rsatiladi. Kalit so‘zlar: Modulli o‘qitish texnologiyasi, geografiya darslari, pedagogik texnologiyalar, mustaqil fikrlash, amaliy bilimlar, interaktiv o‘qitish, tabiiy ofatlar, ekologik ta’sir, iqlim. XXI asrda ilm‑fan va iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi maktab va oliy taʼlimning didaktik modelini tubdan oʻzgartirmoqda. Taʼlim jarayoniga modulli yondashuvni joriy etish — yaʼni o‘quv materialini funksional‑mantiqiy bloklarga ajratib, har bir modulni mustaqil maqsad, mazmun, faoliyat va baholash tizimi doirasida loyihalash — o‘quvchini konstruktivistik tamoyillarga asoslangan faol bilim egasiga aylantirishi isbotlangan. Shu bilan birga, geografiya singari fazoviy‑vizual kontent ustuvor bo‘lgan fanlarda modulli o‘qitish samaradorligi ko‘p jihatdan raqamli vositalar — geoinformatsion tizimlar (GIS), masofaviy zondlash maʼlumotlari, 3D globuslar, mobil kartografik ilovalar va vizual hikoyalashtirish (StoryMaps) platformalarini integratsion darajasiga bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi “Raqamli taʼlim – 2030” konsepsiyasi raqamli resurslar va ochiq platformalardan foydalanishni pedagogik standartga aylantirishni nazarda tutadi. Biroq amaldagi geografiya darsliklari va o‘quv‑uslubiy materiallar, ayniqsa umumtaʼlim maktablarida, raqamli atlaslar hamda interaktiv modullar bilan yetarlicha boyitilmagan. Modulli yondashuv va raqamli texnologiyalar uygʻunligini ta’minlashda uchta ekzogen omil hal qiluvchi ekanligi aniqlanadi. Zamonaviy ta’lim tizimida kechayotgan yangilanishlar, ayniqsa kompetensiyaviy yondashuv asosidagi o‘quv jarayonini tashkil etish, pedagogik texnologiyalarni chuqurroq va samaraliroq tatbiq etishni taqozo qilmoqda. Bu borada modulli o‘qitish texnologiyasi ta’lim jarayonida yuqori samaradorlikka erishish uchun muhim innovatsion metod hisoblanadi [2,184]. Ushbu texnologiya orqali o‘quvchilar mustaqil fikrlashga, chuqur tahlil qilishga va bilimlarni tizimli egallashga jalb qilinadi. Modulli yondashuv o‘quv dasturini maqsadli modul bloklarga ajratish, har bir modul asosida bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan. Bu ayniqsa geografiya kabi murakkab va tizimli fanlar uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Geografiya fanining tahliliy, hududiy, statistik va ekologik yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, modulli o‘qitish orqali bu jihatlar o‘zaro integratsiyalashgan holda yoritilishi mumkin [3,5]. 271 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL Mazkur maqolada modulli o‘qitishning mohiyati, uning geografiya fanida qo‘llanilishiga oid ilmiy-nazariy yondashuvlar, O‘zbekiston va xalqaro tajribalar tahlil qilinadi. Shuningdek, amaliy mexanizmlar va istiqbollar muhokama etiladi. Modulli o‘qitish texnologiyasi haqida ilgari surilgan ilmiy qarashlar, metodik yondashuvlar, ayniqsa, didaktik asoslar turli mamlakatlarda keng o‘rganilgan. A.M. Novikov modulli ta’limni ta’limning maqsadli tashkil etilgan tizimi sifatida talqin qilib, har bir modulni o‘ziga xos, yakuniy natijaga qaratilgan o‘quv birligi deb hisoblaydi. V.P. Bespalko bu texnologiyani o‘quvchilarni izchil va tizimli rivojlantirishga qaratilgan pedagogik jarayon deb ta’riflaydi. Xorijiy olimlardan M. S. Knowles modulli o‘qitishni kattalar ta’limidagi andragogik yondashuv bilan bog‘lab, o‘quvchilarning shaxsiy tajribasini inobatga oluvchi tizim deb hisoblaydi. D. Merrill esa o‘qitishning asosiy prinsiplari orqali har bir modul o‘zida muammoni hal qilish, kontseptual bilimni egallash va amaliy faoliyatni sinab ko‘rishni o‘z ichiga olishini asoslab beradi. O‘zbekiston olimlari tomonidan modulli o‘qitish borasida olib borilgan izlanishlar mazmunan dolzarb va metodik jihatdan chuqurlashgan. X. To‘xtasinov bu texnologiyani o‘quv jarayonining didaktik negizi deb e’tirof etib, modul tuzishda mantiqiy ketma-ketlik, o‘zaro bog‘liqlik va baholash mezonlariga e’tibor qaratishni taklif qiladi. M. Sodiqov (2018) esa modulli o‘qitish orqali ta’lim samaradorligi oshishini, o‘quvchilar faoliyatining mustaqillik darajasi ortishini tajriba asosida isbotlagan. G‘. Jo‘rayev geografiya fanida modulli o‘qitishning afzalliklarini tahlil qilib, ayniqsa, hududiy tahlil, statistik ko‘nikmalarni shakllantirish va xarita bilan ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishda modullar muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Modulli o‘qitish texnologiyasining geografiya darslariga tatbiqi, avvalo, fanlararo yondashuvni mustahkamlash, o‘quvchilarni amaliy faoliyatga jalb etish, o‘z-o‘zini baholash va nazorat qilish

Доказательный фрагмент

«“Modulli o‘qitish texnologiyasining geografiya darslaridagi ahamiyati” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, modulli o‘qitish texnologiyasining geografiya fani o‘qitilishidagi samaradorligini va uning o‘quv jarayoniga qo‘sh…»

Образец извлечения

Демо-превью

“Modulli o‘qitish texnologiyasining geografiya darslaridagi ahamiyati” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, modulli o‘qitish texnologiyasining geografiya fani o‘qitilishidagi samaradorligini va uning o‘quv jarayoniga qo‘sh… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
interaktiv o‘qitish, tabiiy ofatlar, Modulli o‘qitish texnologiyasi, mustaqil fikrlash, ekologik ta’sir, amaliy bilimlar, pedagogik texnologiyalar, geografiya darslari, iqlim.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники