Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TABIIY FANLARNI O‘QITISH JARAYONIDA EKOLOGIK TARBIYANI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YONDASHUVLARI
RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YONDASHUVLARI · Majitov Turgʻunali Anvar oʻgʻli
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida ekologik tarbiyani rivojlantirishning nazariy asoslari, pedagogik tamoyillari va samarali metodlari tahlil qilinadi. Xalqaro va milliy tajribalar asosida ekologik ong, madaniyat va mas’uliyatni shakllantirishning innovatsion yondashuvlari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun amaliy tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: ekologik tarbiya, tabiiy fanlar, ekologik savodxonlik, CLIL, STEAM, ekologik ong, xalqaro tajriba. XXI asrda ekologik muammolar insoniyatning barqaror rivojlanishiga jiddiy tahdid solmoqda. Bu kabi muammolar esa o‘quvchilarda ekologik tafakkur va madaniyatni shakllantirishni ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylantirdi. Bu borada Prezidentimiz tomonidan 2025- yilni “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishini ta’kitlash lozim. Prezidentimiz o‘z nutqlarida nafaqat O‘zbekiston, balki dunyodagi ko‘plab mamlakatlar iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini yaqqol his qilayotganini aytib kelajakda atrof-muhitni asrash, tabiiy resusrlardan oqilona foydalanish, “yashil” texnologiyalarni joriy etish, suvni tejash, ko‘kalamzor hududlarni keskin ko‘paytirish, eng muhimi, aholi salomatligini mustahkamlash kabi masalalar ustuvor ahamiyat kasb etishi zarurligini ta’kidladi. Albatta, bu kabi loyihalarning amalga oshishi uchun yosh avlodni tabiat bilan bog‘liq kerakli bilimlar bilan qurollantirish kerak. Dunyo miqyosida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tabiiy fanlarni chuqur o‘qitish orqali ekologik tarbiyani rivojlantirish o‘quvchilarda ekologik ong, mas’uliyat va barqaror turmush tarziga intilish shakllanishiga xizmat qiladi [11,298 b]. Shu sababli ekologik tarbiyani ta’lim tizimiga integratsiya qilish zamonaviy pedagogik yondashuvlarning ajralmas qismiga aylangan. Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda ekologik tarbiya tabiiy fanlar (biologiya, kimyo, fizika, geografiya) bilan chambarchas bog‘langan holda o‘qitilmoqda. Masalan, Finlandiya, Kanada, Germaniya va Yaponiya kabi davlatlarda ekologik ta’lim dasturlari maxsus ishlab chiqilgan bo‘lib, ularda interfaol metodlar, amaliy loyihalar va ekologik eksperimentlar asosiy o‘rin tutadi [9,336 b.]. O‘zbekiston Respublikasida ham ekologik ta’limning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasining ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish konsepsiyasi” (2022) asosida umumta’lim maktablarida ekologik madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlari joriy etilmoqda. Shu bilan birga, STEM, CLIL va loyiha asosida o‘qitish kabi zamonaviy pedagogik metodlarni ekologik tarbiyaga tatbiq qilish bo‘yicha qator tadqiqotlar olib borilmoqda [6,180 b]. Ekologik tarbiya nafaqat bilish, balki ongli faoliyat, hayotiy tajriba, ijtimoiy amaliyot, insonning tug‘ulib o‘sgan joyiga moslashishi va axloqiy qadriyatlarga tayangan holda shakllanadi. Tabiiy fanlar orqali o‘quvchilar atrof-muhitdagi tabiiy jarayonlar, biologik xilma-xillik, iqlim 265 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL o‘zgarishi, ekologik muvozanat kabi tushunchalarni chuqurroq anglaydi. Ta’lim muassasalarida ekologik ta’lim va tarbiyani samarali tashkil etish uchun pedagogik jarayonda quyidagi tamoyillarga amal qilish lozim. Birinchidan, ekologik tarbiya uzluksiz bo‘lishi, ya’ni boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinflarda bir-birini to‘ldiruvchi tarzda olib borilishi zarur; Ikkinchidan, ekologik muammolar o‘z mohiyatiga ko‘ra kompleks bo‘lib, ularni tushunishda biologiya, geografiya, fizika, kimyo, iqtisodiyot va hatto san’at fanlarining integratsiyasi talab qilinadi. Masalan, STEAM yondashuvi ekologik mavzularni ilm-fan va kreativ fikrlash orqali birlashtirish imkonini beradi; Uchinchidan, ekologik bilimlar faqat nazariy jihatdan emas, balki amaliy faoliyat orqali ham egallanishi kerak. Bu borada dala mashg‘ulotlari, ekologik kuzatuvlar, tabiatni muhofaza qilish tadbirlari va eksperimentlar muhim ahamiyatga ega. To‘rtinchidan, tabiatga estetik va axloqiy munosabatni shakllantirish orqali o‘quvchilarni tabiatni sevishga va uni qadrlashga undash mumkin. Bu o‘rinda san’at, adabiyot va madaniy meros elementlari bilan uyg‘un yondashuv muhim sanaladi. Beshinchidan, o‘quvchi ekologik faoliyatda bevosita ishtirok etgan taqdirdagina unda ongli ekologik qarash shakllanadi. Shuning uchun loyihalash, guruhli ish, muammoli vaziyatlar asosida o‘qitish orqali ularning faolligi oshiriladi. Oltinchidan, o‘quvchilarga nafaqat global ekologik muammolar balki o‘z hududidagi ekologik muammolar (havo sifati, chiqindilar, suv tanqisligi) ham tushuntirilishi kerak. Bu yondashuv ularning shaxsiy javobgarlik hissini kuchaytiradi. Tabiiy fanlar biologiya, geografiya, kimyo, fizika kabi fanlar – o‘quvchilarda ekologik ong va mas’uliyatni shakllantirishda muhim vosita sanaladi. Ushbu fanlar orqali tabiatda sodir bo‘ladigan hodisalar, ekotizimlar, resurslardan oqilona foydalanish va tabiat muhofazasi haqida bilim beriladi. Ekologik tarbiyani rivojlantirishda faol o‘qi
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida ekologik tarbiyani rivojlantirishning nazariy asoslari, pedagogik tamoyillari va samarali metodlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida ekologik tarbiyani rivojlantirishning nazariy asoslari, pedagogik tamoyillari va samarali metodlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ekologik ong, xalqaro tajriba., STEAM, ekologik savodxonlik, tabiiy fanlar, ekologik tarbiya, CLIL
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025