К содержанию
РецензированоUZ2026

GEOGRAFIYA DARSLARIDA ZAMONAVIY BAHOLASH VOSITASI SIFATIDA PLICKERS TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH

PLICKERS TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH · Juraxujayev Davronxoʻja Daverxoʻja ogʻli

Современная наука и исследования · 590 · 2026

Аннотация

Maqolada zamonaviy baholash vositasi sifatida Plickers texnologiyasining geografiya darslarida qo‘llanish imkoniyatlari yoritilgan. Ushbu texnologiyaning texnik soddaligi, real vaqt rejimida natijalarni olish imkoniyati, analitik funksiyalari va o‘quvchilarda qiziqishni oshiruvchi xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, texnologiyadan foydalanishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan metodik tavsiyalar keltirilib, o‘qituvchining texnologik savodxonligi va didaktik yondashuviga urg‘u berilgan. Plickers vositasidan foydalanish ta’lim jarayonini interaktiv, samarali va diagnostik jihatdan boy qiladi, bu esa dars sifati va o‘quvchilarning faolligini oshirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Plickers texnologiyasi, raqamli baholash, geografiya darsi, formatif baholash, interaktiv o‘qitish, QR-karta, ta’lim innovatsiyasi, real vaqt rejimi, o‘quvchi faolligi, pedagogik texnologiyalar. XXI asrda ta’lim tizimida yuz berayotgan tub islohotlar o‘qitishning an’anaviy shakllaridan zamonaviy, interaktiv va raqamli yondashuvlarga o‘tishni talab qilmoqda. Bu, eng avvalo, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yangicha asosda tashkil etishni, bilimlarni egallash jarayonini faollashtirishni hamda baholash tizimini takomillashtirishni zaruratga aylantirmoqda. Ayniqsa, o‘quvchilarning bilimini aniqlash va nazorat qilishda an’anaviy test va yozma ishlardan tashqari, zamonaviy raqamli baholash texnologiyalaridan foydalanish ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda xalqaro ta’lim tajribasida keng qo‘llanilayotgan raqamli baholash vositalaridan biri bu – Plickers texnologiyasi bo‘lib, u o‘quvchilarning bilim darajasini real vaqt rejimida aniqlash imkonini beradi. Mazkur texnologiya o‘zining oddiy, lekin interaktiv va samarali tuzilmasi bilan ajralib turadi. O‘quvchilarga raqamli qurilmalarsiz, faqat maxsus QR-kartalar yordamida baholashda ishtirok etish imkonini beradigan ushbu tizim, ayniqsa, raqamli infratuzilmasi cheklangan maktablarda katta afzalliklarga ega [3, 8]. Plickers texnologiyasi (inglizcha “paper clickers” - “qog‘oz klikerlar” so‘zidan olingan) – bu real vaqt rejimida tezkor va vizual formatda formatif baholashni amalga oshirish imkonini beruvchi raqamli vositadir [7]. Ushbu texnologiya 2013-yilda amerikalik ta’lim innovatori Nolan Amy tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u o‘qituvchilarga zamonaviy texnik vositalar bilan yetarli darajada ta’minlanmagan sharoitda ham interaktiv baholashni tashkil qilish imkonini yaratgan [4]. Plickers tizimi o‘zining soddaligi, qulayligi va universal qo‘llanilish xususiyati bilan boshqa baholash vositalaridan ajralib turadi. Plickers texnologiyasining ishlash tamoyili quyidagicha: o‘qituvchi o‘z mobil qurilmasiga (telefon yoki planshet) maxsus ilovani o‘rnatadi va o‘quvchilar uchun alohida QR-kodli kartochkalar tayyorlaydi. Har bir kartochkada A, B, C va D harflari turlicha yo‘nalishlarda joylashtirilgan bo‘lib, o‘quvchi o‘z javobini tanlash uchun kartochkani shu harf yuqoriga qaragan holda ko‘taradi. O‘qituvchi esa mobil kamera orqali bu javoblarni skanerlab, bir necha soniya 261 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL ichida barcha natijalarni real vaqt rejimida ko‘ra oladi [5]. Bu esa dars vaqtida o‘quvchilarning bilimini tezkor, xolis va statistik tahlil asosida baholash imkonini beradi. Plickers texnologiyasining asosiy afzalliklarini quyidagi jihatlar orqali tahlil qilish mumkin [1]:  Texnik jihatdan soddaligi - ushbu tizim o‘quvchilar tomonidan qo‘shimcha qurilmalarsiz - faqatgina qog‘ozdagi kartochkalar orqali foydalaniladi. Bu esa, ayniqsa, raqamli texnologiyalar cheklangan maktablar uchun juda qulay yechimdir.  Tezkorlik va aniqlik - natijalar real vaqt rejimida olinadi, ya’ni dars jarayonining o‘zida o‘qituvchi sinfning umumiy bilim darajasi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘ladi. Bu esa baholashning aniqligini ta’minlaydi.  Ko‘p sonli o‘quvchilarni bir vaqtda baholash imkoni - Plickers orqali bir necha soniya ichida butun sinfning javoblarini skanerlab olish mumkin. Bu ommaviy baholashni yengillashtiradi va o‘qituvchining vaqtini tejaydi.  Tahliliy imkoniyatlar - ilova yordamida har bir o‘quvchining individual javobi avtomatik tarzda saqlanadi va vizual grafik ko‘rinishida taqdim etiladi. Bu esa o‘qituvchiga baholash natijalarini chuqur tahlil qilish imkonini beradi.  O‘quvchilarda qiziqishni oshiradi - baholash jarayoni “o‘yin” shaklida o‘tadi va bu o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini faollashtiradi. Ayniqsa, musobaqadorlik unsurlarini kiritish orqali o‘quvchilarda o‘z bilimini ko‘rsatish istagi kuchayadi.  Pedagogik yondashuvga mosligi - Plickers texnologiyasi formatif (jarayonli) baholash tamoyiliga asoslangan bo‘lib, bu o‘quvchilarning bilimlarini muntazam nazorat qilish, ularga tezkor fikr-mulohaza (feedback) berish va kamchiliklarini aniqlab, tuzatishga xizmat qiladi. Shuningdek, Plickers texnologiyasi nafaqat baholashda, balki o‘quv jarayonining boshqa bosqichlarida – bilimlarni faollashtirish, yangi mav

Доказательный фрагмент

«Maqolada zamonaviy baholash vositasi sifatida Plickers texnologiyasining geografiya darslarida qo‘llanish imkoniyatlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada zamonaviy baholash vositasi sifatida Plickers texnologiyasining geografiya darslarida qo‘llanish imkoniyatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
interaktiv o‘qitish, ta’lim innovatsiyasi, geografiya darsi, formatif baholash, QR-karta, Plickers texnologiyasi, pedagogik texnologiyalar., raqamli baholash, real vaqt rejimi, o‘quvchi faolligi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники