К содержанию
РецензированоUZ2026

GEOGRAFIYA FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA “FLIPPED CLASSROOM” METODIDAN FOYDALANISH

CLASSROOM” METODIDAN FOYDALANISH · Abdimurotov Oybek Uralovich

Современная наука и исследования · 7 · 156-162 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etish va o‘quv jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning o‘zaro hamkorligini ta’minlashning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi sharoitida geografiya fanidan mustaqil ta’limni tashkil etishda zamonaviy pedagogik metodlarning roli muhokama qilinadi. "Flipped Classroom" metodi (Teskari sinf) bu jarayonda katta ahamiyatga ega, chunki u talabalar uchun darsdan oldin materiallarni mustaqil o‘rganish va dars davomida amaliy mashg‘ulotlar orqali olingan bilimlarni mustahkamlash imkoniyatini yaratadi. Geografiya fanida ushbu metodning qo‘llanilishi talabalarga murakkab geografik masalalarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Maqola, shuningdek, metodning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib, ta’lim jarayonini interaktiv va samarali qilishda uning ahamiyatini ta’kidlaydi. Kalit so‘zlar: Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kredit-modul tizimi, Flipped Classroom metodi, geografiya fani, mustaqil ta’lim, ta’lim jarayoni, interaktiv o‘qitish, innovatsion pedagogik yondashuvlar, talabalar faolligi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy qilish, o‘quv jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash, ta’lim oluvchilarning mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish ta’lim oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Ana shunday vazifalarni amalga oshirishda oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi sharoitida barcha fanlardan mustaqil ta’limini tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Kredit-modul tizimi ta’lim jarayonini yanada samarali va moslashuvchan qilishga xizmat qiladigan yangi pedagogik yondashuvdir. Bu tizim talabalarga o‘z o‘qishlarini mustaqil ravishda boshqarish imkoniyatini yaratadi, shu bilan birga ta'limning sifatini oshirishga yordam beradi. Shu boisdan bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining mustaqil ta’limini samarali tashkil etish uchun eng ilg‘or zamonaviy metod va vositalarni ta’lim jarayonlariga joriy etish hozirgi kundagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Kredit-modul tizimi sharoitida geografiya fanidan mustaqil ta’limini tashkil etishda “Flipped Classroom” metodi katta ahamiyatga ega. Flipped Classroom (Teskari sinf) metodi – bu an'anaviy o‘qitish usulining yangi va innovatsion shakli bo‘lib, unda o‘quv jarayoni o‘zgacha tashkil etiladi. Bu metod talabalarga darsdan oldin yangi materialni mustaqil ravishda o‘rganish va dars davomida olingan bilimlarni amaliyotda sinovdan o‘tkazish imkoniyatini yaratadi. Geografiya fanida ushbu metodni qo‘llash talabalarga o‘z bilimlarini yanada chuqurroq o‘zlashtirish va murakkab geografik masalalarni mustaqil ravishda hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali bo‘ladi. Flipped Classroom metodining asosiy prinsiplari Uyda mustaqil o‘rganish: Flipped Classroom metodida talabalar darsdan oldin yangi materialni mustaqil ravishda o‘rganadilar. Bu o‘rganish video darslar, elektron kitoblar, maqolalar, 251 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL onlayn kurslar va boshqa resurslar yordamida amalga oshiriladi. Geografiya fanida bu metod talabalarga iqlim o‘zgarishi, tabiiy resurslar, xaritalar va geografik hududlar haqida o‘qish imkonini beradi. Ushbu bilimlarni uyda o‘rganish orqali talaba o‘zining shaxsiy tempiga mos ravishda materialni o‘zlashtiradi. Darsda faollik va amaliy mashg‘ulotlar: Darsda esa olingan bilimlarni tahlil qilish, muhokama qilish, savollar berish va guruhlarda ishlashga ko‘proq vaqt ajratiladi. Bu talabalarga yangi o‘rganilgan bilimlarini amaliyotga tatbiq etish, murakkab geografik masalalarni muhokama qilish va yechimini topish imkonini beradi. Masalan, talabalar o‘zlari o‘rganib chiqqan mintaqaning iqlim holatini tahlil qilib, uni global o‘zgarishlar bilan bog‘lashlari mumkin. Yuqori darajadagi interaktivlik: Ushbu metod talabalarni faollikka undaydi, chunki darsda ular faqat o‘qituvchidan emas, balki bir-biridan ham o‘rganadilar. Geografiya darslarida bu metodika talabalarga guruhli ishlar, mashg‘ulotlar va muhokamalarni o‘tkazish imkoniyatini beradi. Talabalar o‘rtasida bilim almashish va fikr yuritish o‘rgangan materialni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Geografiya fani bo‘yicha Flipped Classroom metodini qo‘llashning bir nechta afzalliklari mavjud: - Talabalar darsdan oldin geografiya fani bo‘yicha konkret hududlar yoki mintaqalar haqida ma’lumot olishlari mumkin. Masalan, biror bir mintaqada iqlim o‘zgarishining oqibatlarini o‘rganish. Darsda esa bu ma’lumotlarni guruhlar bilan tahlil qilib, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlaridan ko‘rib chiqishadi. Bu metod talabalarga real hayotdagi masalalarni yechishda faol ishtirok etish imkonini beradi. - Talabalar video darslar va interaktiv materiallar orqali geografik xaritalar, diagrammalar va statistik ma’lumotlarni o‘rganadilar. Darsda esa bu xaritalarni tahlil qilish va talabalarga yangi mavzul

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etish va o‘quv jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning o‘zaro hamkorligini ta’minlashning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etish va o‘quv jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning o‘zaro hamkorligini ta’minlashning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
interaktiv o‘qitish, Flipped Classroom metodi, ta’lim jarayoni, mustaqil ta’lim, innovatsion pedagogik yondashuvlar, Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kredit-modul tizimi, talabalar faolligi., geografiya fani
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники