К содержанию
РецензированоUZ2025

GEOGRAFIYA DARSLARIDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA “OLTITA FIKRLASH QALPOQLARI” USULIDAN FOYDALANISH

Xamroyeva Feruza Asrorovna · Sunnatillayeva Zarina Sulaymon qizi (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti dotsent)

Современная наука и исследования · 491 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada kreativ fikrlashning ahamiyati, o‘quvchilarning muammoni har tomonlama tahlil qilish va kreativ fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan “Oltita fikrlash qalpoqlari” usuli va Geografiya darslarida ushbu usulni qo‘llash samaradorligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Maqolada usulning ta’lim jarayonida qanday amalga oshirilishi, o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi roli va metodik jihatlari tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: kreativ fikrlash, geografiya, ta’lim jarayoni, ijodiy fikrlash, Edward de Bono, “Oltita fikrlash qalpoqlari”, metodika, analitik fikrlash, yangi g‘oyalar, interfaol darslar. Ta’lim jarayonining asosiy maqsadlaridan biri nafaqat bilimlarni uzatish, balki o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni rivojlantirishdir. Geografiya o‘qitish jarayonida kreativ fikrlashni rivojlantirishning samarali usullari o‘quvchilarda yangi g‘oyalarni ishlab chiqish, muammolarni ijodiy tarzda hal qilish va dunyoqarashni kengaytirishga yordam beradi. Kreativ fikrlash - bu yangiliklarni yaratish, mavjud muammolarga yangi, o‘ziga xos yechimlar topish va g‘oyalarni o‘zgacha tarzda ishlash qobiliyatidir. Geografiya fani o‘qituvchilari o‘quvchilarni faqatgina fanga oid ma’lumotlarni berish bilan cheklanmay, ularda mantiqiy va kreativ fikrlashni rivojlantirishga ham e’tibor qaratishlari kerak. Bu esa o‘quvchilarda keng qamrovli, multidistsiplinar yondashuvni shakllantiradi. Kreativ fikrlash, shuningdek, o‘quvchilarga mavzularni turli nuqtai nazardan ko‘rib chiqish, o‘zaro aloqalarni tushunish va muammolarni hal qilishda yangicha fikrlash usullarini qo‘llash imkoniyatini beradi. Geografiya fanini o‘qitishda kreativ fikrlashni rivojlantirishning samarali usullari o‘quvchilarni faqatgina geografik bilimlarni o‘zlashtirishga emas, balki analitik va ijodiy fikrlashga ham undaydi. Muammolarni hal qilish, munozara, loyiha ishlari, interfaol o‘yinlar, vizualizatsiya usullari va tadqiqot metodlari o‘quvchilarga o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llash va yangi g‘oyalarni ishlab chiqishga undaydi. Kreativ fikrlash ta’siri butun jamiyatga sezilarli innovatsiya turlarining ortida turishi rost, lekin u ayni damda universal va tenglashtiruvchi xususiyatga ega fenomen hamdir, ya’ni har qanday shaxs, u yoki bu darajada, kreativ fikrlash qobiliyatiga ega [1]. Kreativ fikrlash muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan yondashishni anglatadi [3]. Oʻquvchida kreativ fikrlash koʻnikmasini shakllantirish ularga tobora murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini beradi [2]. Edward de Bono tomonidan ishlab chiqilgan “Oltita fikrlash qalpoqlari” usuli (Six Thinking Hats) fikrlash jarayonini samarali boshqarish va turli nuqtai nazarlardan qarashni osonlashtirish uchun yaratilgan innovatsion metodologiyadir. Ushbu usul, turli fikrlarni o‘rganish va 248 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” muammolarni hal qilishda ijobiy va samarali yondashuvni ta’minlaydi. “Oltita fikrlash qalpoqlari” usulining asosiy maqsadi muammoni har tomonlama tahlil qilish va kreativ fikrlashni rag‘batlantirishdir.[4]. Edward de Bono “Oltita fikrlash qalpoqlari” usulini 1985-yilda “Six Thinking Hats” kitobida taqdim etgan. Bu usul fikrlashni turli usullar orqali boshqarish va har bir fikrlash usulini alohida, aniq ravishda amalga oshirishga asoslanadi. Har bir qalpoq muayyan fikrlash uslubini ifodalaydi va ular bir vaqtning o‘zida ishlatiladi, bu esa fikrlash jarayonini kengaytiradi. Ushbu usulni dars jarayonida qo‘llash metodikasi quyidagicha: o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi va har bir guruhga bir nechta qalpoqlar taqdim etiladi. Har bir guruh o‘z qalpoqlarini kiyib, mavzuni o‘rganib, guruh sifatida fikrlarini yig‘ishlari kerak. Guruh a’zolari o‘z fikrini 10-15 daqiqa davomida tayyorlaydi va natijalarni boshqalarga taqdim etadi. Dars oxirida o‘quvchilardan barcha qalpoqlarda bildirilgan fikrlarni umumlashtirish so‘raladi. Darsning yakunida o‘quvchilardan fikr-mulohazalarini olish, qanday o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligi haqida suhbatlashish va o‘rganilgan metodlarni kundalik hayotga qanday tatbiq etishlarini muhokama qilish zarur. Geografiya darslarida “Oltita fikrlash qalpoqlari” usuli turli geografik mavzularni o‘rganishda o‘quvchilarga muammoni ko‘p jihatdan tahlil qilish va har tomonlama yondashish imkoniyatini beradi. Masalan, “Shaharlarning rivojlanishi va urbanizatsiya” mavzusini o‘rganishda ushbu usuldan samarali foydalanish mumkin. Quyidagi tarzda amalga oshirish mumkin: Oq qalpoq (ma’lumotlar va faktlar): Shaharlarning rivojlanishi va urbanizatsiya jarayoniga oid mavjud statistik ma’lumotlar va faktlar keltiriladi. O‘quvchilar shaharlar sonining o‘sishi, aholi zichligi, infratuzilmaning kengayishi kabi mavzularni muhokama qiladilar. Qizil qalpoq (his-tuyg‘ular va sezgilar): O‘quvchilardan shaharlarning rivojlanishi va urbanizatsiya jarayoniga qanday his-tuyg‘ular bilan qarashlarini so‘rash mumkin. M

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada kreativ fikrlashning ahamiyati, o‘quvchilarning muammoni har tomonlama tahlil qilish va kreativ fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan “Oltita fikrlash qalpoqlari” usuli va Geografiya darslarida ushbu…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada kreativ fikrlashning ahamiyati, o‘quvchilarning muammoni har tomonlama tahlil qilish va kreativ fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan “Oltita fikrlash qalpoqlari” usuli va Geografiya darslarida ushbu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kreativ fikrlash, geografiya, Edward de Bono, ijodiy fikrlash, analitik fikrlash, metodika, ta’lim jarayoni, “Oltita fikrlash qalpoqlari”, interfaol darslar., yangi g‘oyalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники