Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TALABALAR AMALIY KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA TOPONIMIK MA’LUMOTLARNI AHAMIYATI HAQIDA.
MA’LUMOTLARNI AHAMIYATI HAQIDA. · Xakimov K.M..
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
Maqolada talabalarning geografiya fanlaridan amaliy kompetentsiyalarini rivojlantirishda toponimik ma’lumotlar foydalanishning muhimligi aniq misollar yordamida tahlil qilingan. Geografiya darslarida ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida toponimik ma’lumotlardan fanning deyarli barcha mavzularida foydalanish mumkinligi va ko‘pincha geografik nomlar etimologiyasi haqidagi ma’lumotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otishi hamda joy nomlari bilan qiziqish darsga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishi va qiziqarli bo‘lishini ta’minlashi anketa so‘rovlar yordamida tahlil qilingan. Bundan tashqari, geografiya ta’limida joy nomlarini o‘rganish talabalarda kuzatish, taqqoslash, umumlashtirish kabi aqliy faoliyatni takomillashtirishi, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishi, og’zaki nutqini o‘stirishga samarali ta’sir ko‘rsatishi, hamda va tafakkur doirasining kengayishiga xizmat qilishi qisman o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: geografiya, geografik qonuniyat, kompetentsiya, toponimika, toponim, toponimiya, toponimik ma’lumot Mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida bo’lganidek, ta’lim tizimida, jumladan geografiya ta’limi sohasida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlardan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad ta’lim jarayoniga yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalardan foydalanib, ta’lim-tarbiya birligini ta’minlash, samaradorligini oshirish va pirovard natijada uni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qildirishdan iborat. Geografiya ta’limi samaradorligini oshirishda toponimik ma’lumotlar muhim o‘rin tutadi. E’tiborli tomoni shuki, toponimik ma’lumotlardan geografiya darslarining deyarli barchasida foydalansa bo‘ladi. Ko‘pincha joy nomlari haqidagi ma’lumotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otadi va tez-tez ularni kelib chiqishi haqida so‘raydilar. Binobarin, joy nomlari bilan qiziqish darsga bo‘lgan e’tiborni kuchaytiradi va uni qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi. Talabalar orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, to‘qson foizdan ko‘proq talabalar aholi punktlari nomining kelib chiqishi haqida ko‘proq bilishni istaydilar. Demak, toponimik ma’lumotlar o‘quvchilarni bilish qobiliyatini rivojlanishiga va tafakkur doirasining kengayishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari, joy nomlarini to‘g‘ri yozish savodxonlikning muhim tarkibiy qismi sanaladi, nomlarni to‘g’ri talaffuz qilish esa nutq madaniyatini shakllantiradi. Geografik nomlarning tarbiyaviy, ilmiy ahamiyati ham juda katta, nom kishilarda faxr, g‘urur tuyg‘usini shakllantiradi va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda yordam beradi. Mutaxassislarning yozishicha, toponimik ma’lumotlardan foydalanishni mahalliy geografik obyektlarning nomlarini o‘rganishdan boshlanmoq ma’qul. Chunki ma’lumotlarni joyiga borib to‘plash mumkin, eng muhimi ular ishonchli va aniq bo‘ladi. Shu bilan birga, geografik obyekt 245 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL nomi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish, uning qaysi til mahsuli ekanligi va etimologiyasi haqida ko‘proq ma’lumot to‘plash uchun toponimik adabiyotlar, lug‘atlar va qo‘shimcha ilmiy manbalarga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Geografik ma’lumotlarni hududiy bog‘lashda joy nomlari bog‘lovchi vosita vazifasini bajaradi. Xususan, geografik qonuniyatlarni tushintirishda yoki biror geografik hodisa va voqeani geografik obyektlarning nomi bilan bog‘lab izohlansa, ma’lumotlar yana ham ishonchli bo‘ladi. Talaba geografik kartalarni yaxshi bilishi yoki alohida hududlar tabiatini o‘zaro taqqoslash, kartaning asosiy unsuri bo‘lgan nomlarni ham yaxshi o‘zlashtirishi kerak. Xususan, xorijiy mamlakatlarga tegishli bo‘lgan geografik nomlarni eslab qolish, talaffuz qilish va to‘g‘ri yozish ancha murakkab masala. Geografiya ta’limida bunday nomlarni eslab qolishi uchun, ularning ma’nosini tushuntirib berish, nom bilan bog‘liq rivoyat va voqea-hodisalarni gapirib berish juda muhim hisoblanadi. Masalan, Kanada davlati haqida ma’lumot berayotganda, mamlakat nomining kelib chiqishi to‘g‘risida quyidagilarni gapirib bersa, o‘quvchilar darrov uni eslab qolishadi. Nomshunos olimlarning yozishicha, kanada so‘zining paydo bo‘lishi mahalliy xalq bo‘lgan indeyslar bilan bog‘liq. Frantsiya qiroli farmoni bilan, Jak Karte boshchiligidagi frantsuz ekspeditsiyasi Xitoyga boradigan shimoliy yo‘lni ochish maqsadida g‘arbga qarab suzadi. 1535 yili ekspeditsiya a’zolari oldindan tanish bo‘lgan Muqaddas Lavrentiya bo‘g‘oziga kiradi va shu nomli daryo orqali yuqoriga qarab harakat qilishadi. J.Karte daryo sohilidagi irokez indeyslari manzilini ko‘rib qoladi va ulardan mamlakatingiz qanday ataladi deb, so‘raydi. Jak Karte gaplarini tushunmagan irokezlar o‘zlari tilida kanata - «qishloq» deb javob berishadi. Sayohat davomida xuddi shu savol bir necha marta takrorlangan bo‘lsa ham, bitta kanata javobini olishgan. Shundan so‘ng, J.Karte ishonch bilan kanata so‘zini nom sifatida kartaga tushirgan. Keyincha, kanata so‘zining qo‘llash areali kengaygan va hozirda katta hududni qamrab olgan Kanada davlati
Доказательный фрагмент
«Maqolada talabalarning geografiya fanlaridan amaliy kompetentsiyalarini rivojlantirishda toponimik ma’lumotlar foydalanishning muhimligi aniq misollar yordamida tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada talabalarning geografiya fanlaridan amaliy kompetentsiyalarini rivojlantirishda toponimik ma’lumotlar foydalanishning muhimligi aniq misollar yordamida tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- toponimika, geografiya, toponim, toponimiya, toponimik ma’lumot, kompetentsiya, geografik qonuniyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025