Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI VA MUHOFAZA QILISH CHORATADBIRLARI (JIZZAX VILOYATI MISOLIDA)
Xoldorova Gulbahor Mixliboyevna · Mirzaalimov Doniyor Dilshod o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
In this article, geographical aspects of soil fertility dynamics, factors affecting soil fertility of Jizzakh region were compared and analyzed on a scientific basis, proposals and recommendations for future development were developed, and soils of Dostlik and Forish districts were agrochemically analyzed. . This area is economically and ecologically significant, and measures have been developed to increase soil fertility and protect it in the future. Keywords: medicinal plants, sustainable use, biodiversity, nature conservation, pharmaceutical industry, traditional medicine, ecosystems. Annotatsiya. Ushbu maqolada tuproq unumdorlik dinamikasini geografik jihatlari, Jizzax viloyati tuproqlar unumdorligiga ta’sir etuvchi omillarni ilmiy asosda qiyosiy-tahlil qilinib, istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan, hamda Do’stlik va Forish tumanlari tuproqlari agrokimyoviy tahlil qilingan. Ushbu soha iqtisodiy va ekologik jihatdan ahamiyatli bo‘lib, kelajakda tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.. Kalit so'zlar: dorivor o‘simliklar, barqaror foydalanish, bioxilma-xillik, tabiatni muhofaza qilish, farmatsevtika sanoati, an’anaviy tibbiyot, ekotizimlar. Kirish. Tuproqning unumdorligini va ishlab chiqarish quvvatini oshirish ko‘p jihatdan unga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishga uni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar majmusiga bog‘liq. Dunyo aholisining tez sur’atlarda ortib borishi tabiiy resurslar, ayniqsa, yer-tuproq resurslaridan intensiv foydalanishi va buning oqibatida, tuproqlarning unumdorlik darajasinining pasayishi, sho‘rlanishi yerlarning degradatsiyasi, tuproqning meliorativ holatininining buzilishi, bioxilma-xillikning kamayishi kabi salbiy ekologik jarayonlarni yuzaga keltirmoqda. Bu muammolarga qarshi kurashishga xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMTning 2030-yilgacha barqaror rivojlanish bo‘yicha dasturida “Quruqlik ekosistemalarini muhofaza qilish va tiklash, ulardan 239 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL oqilona foydalanish, yerlarning degradatsiyasini to‘xtatish va biologik xilma-xillikning kamayishini oldini olish”4 vazifalari belgilangan. Mazkur vazifalar, ayniqsa, “ekologik mo‘rt” bo‘lgan arid iqlimli hududlarda landshaftlarning antropogen omil ta’sirida o‘zgarishini tahlil etish, baholash, prognoz qilish va kutiladigan salbiy tabiiy jarayonlarning oldini olish bo‘yicha tadqiqotlarni taqozo etadi. Respublikamizda hududlarning tabiiy resurs salohiyatidan oqilona foydalanish, bioxilma- xillikni saqlash, yerlarning melirotiv holatini yaxshilash, ularning sho‘rlanishi va cho‘llanishiga qarshi kurashish, landshaftlarning barqarorligini saqlash bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda va sezilarli ijobiy natijalarga erishilmoqda. “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi”da “atrof muhitni muhofaza qilishni ilmiy jihatdan ta’minlash”2 yuzasidan muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada, jumladan, Jizzax viloyati hududidagi tuproqlarni unumdorligini oshirish, ularning dinamik darajasini aniqlash va prognozlash, mazkur hududlarda atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik vaziyatni yaxshilashga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasining 55-moddasiga muvofiq tabiiy obyektlarni, jumladan yer, umumxalq boyligi hisoblanib ular davlat muhofasida turadi. Shu boisdan ham yerdan va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tuproqni muhofaza qilish, meliorativ holatini yaxshilash muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Jizzax viloyati turoqlarining turlari va ularning xususiyatlarini aniqlash, unumdorlikning o‘zgarishi sabablarini ko‘rib chiqish, tuproq sho‘rlanishini baholash, tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish masalalari hamda tuproq dinamikasini o‘rganish va uni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berishdan iborat.Yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi: - Jizzax viloyati tuproqlari meliorativ holati bo‘yicha kompleks tadqiqotlar olib borish va ularni hozirgi holati o‘rganish; - Jizzax viloyatida tarqalgan tuproqlar turlarini aniqlab tuproqlarning turli omillar ta’sirida o‘zgarishi dinamikasini qayd etish; - sho‘rlangan tuproqlarni hozirgi meliorativ holatini o‘rganish; - tuproqning unumdorlik elementlarini tahlil qilish va unumdorligini oshirish yo‘llarini ishlab chiqish. Materiallar va tadqiqot usullari.Ishda rasmiy ekologik, statistik hisobotlar, ilmiy tadqiqotlar va tuproq unumdorlig bo'yicha adabiy manbalar ma'lumotlaridan foydalaniladi. Asosiy tadqiqot usuli Jizzax viloyati tuproqlarining holati toʻgʻrisidagi mavjud maʼlumotlarni tahliliy koʻrib chiqish hamda bu maʼlumotlarni tuproq unumdorligini oshirish va tuproqlarni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro tajriba bilan taqqoslashdan iborat. Bu ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, kundan- kunga respublikamiz hududida tuproqlarining unumdorlik darajasi pasa
Доказательный фрагмент
«In this article, geographical aspects of soil fertility dynamics, factors affecting soil fertility of Jizzakh region were compared and analyzed on a scientific basis, proposals and recommendations for future developme…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, geographical aspects of soil fertility dynamics, factors affecting soil fertility of Jizzakh region were compared and analyzed on a scientific basis, proposals and recommendations for future developme… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- medicinal plants, sustainable use, biodiversity, nature conservation, биоразнообразие, традиционная медицина, фармацевтическая промышленность, лекарственные растения, устойчивое использование, экосистемы., охрана природы
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024