Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUXORO VILOYATI TOPONIMLARINI O'RGANISHNING BA’ZI ILMIY-AMALIY JIHATLARI
Valiyeva Sh.I. G'ofurova K.Q.
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Buxoro viloyati toponimlarini kelib chiqish tarixi, qaysi guruhlarga kirishi mazmun mohiyati yoritib beriladi. . Nazariy jihatlari tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: Nur, Vardona, Baykand, Tavois, Gavkushon, Degrezi, Zargaron, Komangaron, Saqmatin, gidrooykonim, etnatoponim, farsang, rabot. Ta’limning barcha bo'g'inlarida Davlat ta’lim standartlari qabul qilindi, ular asosida darsliklarning va o'quv qo'llanmalarining yangi avlodi yaratildi va yaratilmoqda, yangi pedagogik texnalogiyalar, jaxonda erishilgan yutuqlardan foydalanishning eng qulay yo'llarini ochib beradigan axborot texnalogiyalari vujudga keldi. Yangi zamon kishisining ilm o'rganishi, ta’lim va tarbiya olishi uchun zarur bo’lgan barcha imkoniyatlar paydo bo’ldi. Jumladan, davlatimizning olib borayotgan dono siyosati tufayli geografik joy nomlariga bo’lgan munosabat ham tubdan o’zgardi , ularga milliy ma’naviyatimiz va madaniyatimizning tarkibiy qismi sifatida qaraladigan bo’ldi. 1996- yilning 31-mayida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasidagi ma’muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, tashkilotlar va boshqa toponimik obyektlarning nomlarini tartibga solish to’g’risida” qabul qilgan qarori, 1996-yil 30-avgustda O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o’zgartirish masalalarini hal etish tartibi to’g’risida”gi Qonuni boshqa hujjatlar ushbu masalani davlat siyosati darajasiga olib chiqdi. Keyingi yillarda geografiya fanining tarkibiy qismi bo’lgan toponimika soxasi taraqqiy etib qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Joy nomlarini o’rganish, ularni milliylikda saqlab qolish, yangi nomlarni ilmiy tahlil asosida uning tarixini o’rganish, baxolash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Geografiya joy nomlari -turli davrlarda, turli sabablarga ko’ra paydo bo’ladi. Ularning paydo bo’lishiga tabiiy geografik xamda iqtisodiy -ijtimoiy voqea hodisalar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Toponimlarni o’rganish tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Shunday ekan, qadimiy qo’lyozmalar, tarixiy memorial asarlar, vaqf hujjatlari o’z navbatida muhim toponimik manba hisoblanadi. Shunday tarixiy manbalardan biri Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida keltirilgan joy nomlariga to’xtalib o’tsak. Buxoroning Narshax qishlog’idan bo’lgan Abu Bakr Muxammad ibn Jafar an Narshaxiy 943-944- yillarda “Buxoro tarixi” asarini arab tilida yozadi. Keyinchalik ushbu asar Quvalik Abu Nasr Axmad ibn Muxammad ibn Nasr al-Qubaviy tomonidan fors tiliga tarjima qilingan. Narshaxiyning ushbu asarida Buxoro va unga yaqin hududlar, asosan Buxoro Qorako’l voxalarining tarixi, tabiati, geografiyasi, hududda istiqomat qiluvchi aholining turmush tarzi, madaniyati, aholi punktlarining joylashuvi, turli geografik obyekt nomlari va ularning lug’aviy manolari keltirilgan. Asarda Buxoro va unga yaqin xududlardagi ko’plab aholi manzilgohlari to’g’risidagi ma’lumotlar berilgan bo’lib, ulardan ayrimlarining toponomik izohini ham keltirilgan. Ulardan Nur – (Nurota) , Vardona- (Qo’rg’on Vardonze), Boykand- (Poykand), Tavois, Iskajkat, Sharg’, Zandana, Afshina, Barkad, Romtin-(Romitan),Varaxsha, Tarovcha, Taroz, Saqmatin, Farob kabi oykonimlarni quyidagicha toponimini izohlagan.“ Nur katta joy. Unda masjidi jome bor; U ko’pgina rabotlarga ega. Buxoro va boshqa joylarning odamlari xar yili ziyorat 220 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” uchun u yerga boradilar. Buxoro axolisi bu ishda ko’p mubolag’a qiladilar; Nur ziyoratiga borgan kishi xaj qilgan kishining fazilatiga ega bo’ladi. Bu Nurnj boshqa viloyatlarda Nuri Buxoro deb ataydilar. ” “ Vardona. Bu katta bir qishloq bo’lib , katta va mustahkam xisorga ega. U qadim vaqtlardan podshoxlarning turarjoylari bo’lgan, (lekin) xozirda unda podshox o’tiradigan qarorgox yo’q. U Turkistonning chegarasida joylashgan. U joyda har xaftada bir kun bozor bo’lib savdogarlar ko’p kelgan. ” Baykand . Buni shaxarlar jumlasidan deb xisoblaydilar. Baykand aholisi hammasi savdogar bo’lgan. Ular Xitoy bilan va dengiz (orqali boriladigan) mamlakatlar bilan savdo qilganlar va juda boy bo’lganlar.Tavois. Bu Buxoro viloyatlaridan bo’lib, (asl) nomi Arquddir. Unda boy va zebu ziynatni sevuvchi kishilar yashaganlar. Zebu ziynatga berilganligidan har bir kishi ziynat uchin uyida bitta yoki ikkita tovus saqlagan. Arablar (bu yerga kelishdan)ilgari tovusni ko’rmagan ekanlar, bu yerda ko’p tovuslarni ko’rib, u qishloqni “ Zot ut- tavois” - “Tovuslar egasi” deb ataganlar, uning asl nomi esa unitilgan; undan keyinroq “zot” so’zini tashlab Tavois deb qo’ya qolganlar. Tavois Samarqandga boriladigan katta yo’l ustida bo’lib, undan Buxorogacha yetti farsangdir. Asarda bundan tashqari Buxoro va uning atrofidagi suv obyektlari to’g’risidagi qimimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Masalan (Zarafshonga tabiiy geografik tarif) Zarafshon daryosiga ham shunday tarif bergan. “ Samarqand tomonida bir katta daryo borki, uni “
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Buxoro viloyati toponimlarini kelib chiqish tarixi, qaysi guruhlarga kirishi mazmun mohiyati yoritib beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Buxoro viloyati toponimlarini kelib chiqish tarixi, qaysi guruhlarga kirishi mazmun mohiyati yoritib beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Nur, Degrezi, Gavkushon, Komangaron, farsang, gidrooykonim, Zargaron, etnatoponim, rabot., Vardona, Baykand, Saqmatin, Tavois
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024