К содержанию
РецензированоUZ2025

SURXONDARYO VILOYATI AHOLISINING TASHQI MIGRATSIYAGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

ETUVCHI OMILLAR · Xursanov Sadriddin Mo‘min o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati aholisi tashqi migratsiyasi shuningdek viloyat aholisining tashqi migratsiyasiga tasir etuvchi omillar tahlil etilgan. So‘ngi yillarda Surxondaryo viloyati aholisi ham tashqi migratsiyada xususan mehnat migratsiyasida faol bo‘lgan hududlar toifasiga kiradi va o‘z navbatida tashqi mehnat migratsiyasida viloyat aholisining geografiyasi kengayib bormqda. Mustaqillikning dastlabki yillarda O‘zbekistonning boshqa hududlari singari viloyat aholisi ham asosan Rossiya Fedratsiyasi va qisman Qozog‘istonga mehnat qilish uchun borishgan bo‘lsa bugungi kunda yangi yo‘nalishlar ochildi va bu davom etmoqda. Bunga esa qator omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi ushbu maqolada yuqoridagi omillarni batafsil tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: migratsiya, migrant, tashqi migratsiya, mehnat migrantlari, xalqaro migratsiya, emmigratsiya, immigratsiya, omillar. Surxondaryo viloyati hududida aholi juda qadimidan istiqomat qilib kelgan va madaniyati juda barvaqt taraqqiy etgan hududlardan bo‘lishiga qaramasdan, hududning demografiyasi yaxshi o‘rganilmagan. Viloyatning demografiyasini faqtagina dotsentlar I.Safarov (1970-y.) va M.Erdanov (1994-y.) viloyat aholisi va aholi manzilgohlariga oid tadqiqot ishlarini olib borgan bo‘lsa A.Sattorov tomonidan (2009) Surxondaryo viloyati qishloq aholi manzilgohlarining rivojlanishi joylashuvi xususiyatlariga doir ilmiy tadqiqotlar olib borilgan xolos[5.28. b]. Surxondaryo viloyati demografik salohiyati bo‘yicha mamlakatimizda yettinchi o‘rinda turadi. Surxondaryo viloyati aholisining o‘sish sur’ati so‘nggi yillarda, Qashqadaryo viloyati bilan birgalikda, mamlakatimizda eng yuqori. 1989-yilda, ya’ni so‘nggi marta o‘tkazilgan aholi ro‘yxati malumotlari bo‘yicha, u 1253,8 ming kishiga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2014-yilda bu raqamlar nisbati 1,7 martaga ko‘payib 2131,5 ming kishiga 2024-yilda esa 2928 ming kishiga yetgan. Garchi demografik rivojlanish sur’ati so‘nggi yillarda biroz pasaygan bo‘lsada, bu ko‘rsatkich bo‘yicha respublikamizda eng yuqori hisoblanadi. Viloyat aholisi bunday yuqori suratlarda o‘sishining sababi aholining katta qismi qishloqlarda yashashligi bo‘lsa boshqa tomondan viloyat aholisining milliy tarkibida mahalliy millat vakillari o‘zbek va tojiklar ko‘pchillikni tashkil etishligidir. Ma’lumki mahalliy millat vakillarida tug‘ulish jarayoni boshqa millat vakillariga nisbatan ancha yuqori hisoblanadi[5.72-74. b.]. Statistik malumotlarga ko‘ra 2023-yilda viloyatda har ming kishiga nisbatan tug‘ilish ko‘rsatkichi 27,4 kishini tashkil etgan va viloyat aholisi o‘rtacha 2,5 foizga ko‘paygan. Malumot o‘rnida aytib o‘tish joizki mamlakat bo‘yicha ushbu raqamlar o‘rtacha mos ravishda 26,4 va 2,2 kishiga teng hisoblanadi. Hududda bunday yuqori darajadagi tug‘ilish va tabiiy o‘sish mehnat resurslari sonining ortishiga ta’sir etadi[1-jadvalga qarang]. 1-jadval Surxondaryo viloyatida aholining bazi ko‘rsatkichlar bo‘yicha dinamikasi kishi hisobida 216 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” Yillar Mehnat Iqtisodiy faol Iqtisodiyotda Bandlik Ishsizlar resurslari soni aholi soni bandlar soni darajasi soni % hisobida 1 2010 1174100 832700 784400 62,5 48300 2 2015 1379200 984500 930800 64,3 53700 3 2020 1452200 1108300 985500 63,9 122800 4 2023 1486100 1091800 1011200 63,8 80600 Manba: O‘zbekiston statistika agentligi Izoh: Jadval muallif tomonidan tuzildi. Surxondaryo viloyati aholisi tabiiy harakatining natijasida viloyatda bugungi kunda aholining mexanik harakati ham ancha yuqori ko‘rsatkichlarga ega hisoblanadi. Ma’lumot o‘rnida 2023-yilda viloyatdan ko‘chib ketganlar 13556 kishini va viloyatga kelganlar soni esa 9997 kishini natijada migratsiya saldosi -3559 kishini tashkil etadi. Surxondaryo viloyati ham mamlakatimizning boshqa hududlari singari asosan ortqcha ishchi kuchi mavjudligi evaziga xorij mamlakatlarga boradigan mehnat migrantlarini yuboruvchi donor hududlar toifasiga kiradi. Surxondaryo viloyatida aholining mexanik harakatiga bir qancha omillar tasir etadi bularning ichida viloyatning joylashgan o‘rni va viloyat aholisining shakllanishi hamda hududda tarixda bo‘lib o‘tgan siyosiy jarayonlarni ham kiritish mumkin. Shundan kelib chiqib viloyatda aholi migratsiyasini shakllanishini 2 ta yirik davrga bo‘lish o‘rinli birinchisi mamlaktimizning mustaqillikka erishguncha bo‘lgan davr bo‘lsa ikkinchisi mustaqillikdan keyingi davrni o‘z ichiga oladi [2. 92. b.]. Mamlakatimiz mustaqillika erishguncha bo‘lgan davrda mamlakatimizning boshqa hududlari qatori Surxondaryo viloyatiga ham Sobiq ittifoqning boshqa yurtlaridan bu hududlar uchun begona bo‘lgan tili, dini boshqa bo‘lgan millatlar ko‘chib kelishgan. Sobiq ittifoqdan ko‘chirib keltirilgan rusiyzabon xalqlar viloyatning asosan shahar joylariga joylashtirilgan. Bugungi kunda ham viloyatda 20 mingdan oshiq ruslar yashaydi ularning asosiy qismi ham viloyat markazi va boshqa katta shaharlarga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimiz mustaqillika erishgan ilk davrda birinchi bo‘lib hududni o‘sha rusiyzaban xalql

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati aholisi tashqi migratsiyasi shuningdek viloyat aholisining tashqi migratsiyasiga tasir etuvchi omillar tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati aholisi tashqi migratsiyasi shuningdek viloyat aholisining tashqi migratsiyasiga tasir etuvchi omillar tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
migrant, mehnat migrantlari, tashqi migratsiya, immigratsiya, omillar., migratsiya, emmigratsiya, xalqaro migratsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники