Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ANTROPOGEN LANDSHAFTLAR MONITORINGI (O‘RTA ZAFARSHON HAVZASI MISOLIDA)
Nazira Xurramova
Современная наука и исследования · 1971
Аннотация
So‘ngi yillarda tabiatga antropogen ta’sir kuchayishi natijasida hududlarda turli geoekologik muammolar vujudga kelmoqda. Ushbu muammolarni oldini olish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlarni kamaytirish uchun barcha hududlarda monitoring tizimini olib borish zarur. Ushbu maqolada biz bu tizimini amalga oshirish zarurati va bosqichlari haqida qisqacha bayon etdik. Kalit so‘zlar: landshaft monitoringi, ekologik monitoring,bioekologik monitoring,geoekologik monitoring,beosfera monitoring. Atrof-muhit monitoringi g‘oyasi va “monitoring” atamasi 1971-yil BMT ning Stakgolmda bo‘lib o‘tgan atrof-muhit bo‘yicha xalqaro anjumanida vujudga kelgan. “Monitoring” so‘zi lotincha so‘zdan oningan bo‘lib “ogohlantirmoq”, “kuzatmoq”, “nazorat qilmoq” degan ma’nolarni bildiradi.1973-yil Kanadalik professor R.Menn birinchi bo‘lib monitoring konsepsiyasini bayon etdi. R.Menn o‘zining tayyorlagan dasturi bo‘yicha ma’lum maqsadda vaqt va makonda atrof-muhit elementlarining bir va bir qanchasi ustidan uzluksiz kuzatish tizimini “monitoring” deb atashni taklif qildi. I.P.Gerasimov,Yu.Izraellarning fikricha “monitoring atrof-muhit holatidagi antropogen o‘zgarishlarni kuzatish, baholash va bashoratlashning global tizimidir”. [5;6;7-7 b.] A.Xojmatovning fikricha “monitoring atrof-muhit holatini kuzatish, nazorat qilish, baholash, boshqarish va bashoratlash” tizimidir. Ekologik monitoringning maqsadi turli tabiiy va antropogen ekotizimlarning o‘zgarishini kuzatish, nazorat qilish, baholash va ular natijasida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishning nazariy asoslarini yaratishdir. [7;7 b.] Bizning fikrimizcha “monitoring biror bir hududda atrof-muhit holatini yaxshilash maqsadida olib boriladigan kuzatish, nazorat qilish, tahlil qilish va boshqarish, baholash tizimidir. I.P.Gerasimov monitoring tizimini 3 qismga bo‘lgan.Bioekologik monitoring (sanitar),geoekologik monitoring (geotizimli),biosferali (global) monitoring. Bioekologik monitoring (BEM) — atrof-muhitning holati va u bilan bog‘liq inson va jonli tabiatni kuzatish va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyatdir. BEMning birinchi bosqichi — atrof-muhitning ekologik holatini baholash va ifloslanish darajasini aniqlash. Bu bosqichning asosiy vazifasi, ifloslanishning inson salomatligiga ta’sirini aniqlash va monitoring qilishdir. Ekologik monitoringning ikkinchi bosqichi I. P. Geraimov bo‘yicha Geoekologik, geotizimli yoki tabiiy-xo‘jalik monitoringi bo‘lishi lozim. Geoekologik monitoring (GEM) mazmuni tabiat majmualarining o‘zgarishlari ustidan nazorat olib borish hamda ularni tabiiy-texnik tizimlarga qayta o‘zgarishini kuzatishdan iborat bo‘lishi lozim. Bu monitoring turlari alohida tushunchalar emas, faqat ular bir-biri bilan bog‘liq, bir-birini to‘ldiradi,va taqazo etadi. Maqsadi atrof-muhit holatini yaxshilashga qaratilgan. BEM GEM siz katta natijaga erisha olmaydi, ya’ni ma’lumotlarni tahlil qilish, bashorotli axborotlarni tayyorlashning iloji bo‘lmaydi. [7; 44-48-b]. 213 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL Biosferali monitoring (BEM) I.N. Gerasimov bo‘yicha atrof-muhit monitoringining uchinchi bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda biosfera alohida dududlar bo‘yicha emas, balki kuzatish, nazorat qilish va bashoratlash ishlari global holda amalga oshiriladi. [7;49-50-b] Biz tadqiqot ishimizda o‘simlik, hayvonot olami, inson va uning hayot kechadigan muhiti, suv,atmosfera havosi,tuproq va boshq. komponent va elementlarni holatini o‘rganamiz. Tadqiqotimiz davomida tirik organizmlar va atrof-muhit (ekotizm, landshaft) ni asrash va ularni bir butun yagona tizim sifatida qaraymiz.Bu quyidagicha amailga oshiriladi. Atmosfera havosi monitoringi bu – havoning ifloslanish darajasi va manbalarini muntazam kuzatish, aniqlangan ifloslantiruvchi moddalarni o‘lchash va ularning ekologik xavfini baholash orqali amalga oshiriladigan kompleks ilmiy-texnik tadbirlar tizimidir. Monitoringning asosiy maqsadi: aholi salomatligi va tabiiy ekotizimlarga xavf tug‘diruvchi havodagi zararli moddalar kontsentratsiyasini aniqlash; atrof-muhitga antropogen ta’sirni kamaytirish choralarini ishlab chiqish; sanoat, transport va boshqa manbalardan keladigan ifloslantiruvchi omillarni nazorat qilishdir. Tuproq monitoringining asosiy vazifalari: Tuproq qoplamining antropogen va tabiiy o‘zgarishlarini vaqt va makonda o‘rganish; Tuproq xossalari va ularning tabiiy unumdorligi o‘zgarishini aniqlash va baholash; Tuproqlarning pestitsidlar, og‘ir metallar va boshqa zararli moddalar bilan ifloslanishini nazorat qilish; Tuproq tarkibi, xossalari va qoplamasi tuzilmasidagi o‘zgarishlarni aniqlash va prognoz qilish. Ekologik monitoringni suv obyektlarida olib borish. Sathiy suvlarning sifatini kuzatish va nazorat qilish ishlari tashkil etishning birinchi bosqichi – nazorat nuqtalarining joylashishini tanlashdir.Suv sifatini nazorat qilish nuqtasi – bu suv yoki suv oqimining o‘zida, suv sifatiga oid ma'lumotlar olish uchun kompleks ishlar amalga oshiriladigan joy hisoblanadi.Naz
Доказательный фрагмент
«So‘ngi yillarda tabiatga antropogen ta’sir kuchayishi natijasida hududlarda turli geoekologik muammolar vujudga kelmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюSo‘ngi yillarda tabiatga antropogen ta’sir kuchayishi natijasida hududlarda turli geoekologik muammolar vujudga kelmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- beosfera monitoring., : landshaft monitoringi, geoekologik monitoring, ekologik monitoring, bioekologik monitoring
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014