Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JIZZAX VILOYATIDA YER OSTI SUVLARINING SHAKLLANISHI VA GEOEKOLOGIK MUAMMOLARI
GEOEKOLOGIK MUAMMOLARI · Xolmurzayev Jumanazar Ergashevich · Bozorova Dinara Qurbon qizi
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Yer osti suvlarining Jizzax viloyatida muayyan qonuniyatlar asosida shakllanishi bilan birgalikda ularning ekologik holati va dehqonchilikdagi oʻrni, ahamiyati yoritilib oʻtilgan. Kalit soʻzlar: Yer osti suvlari, grunt, artesian, mineral suvlar, soy va buloqlar, Yer osti konlari, Maʼlumki, iqlimning oʻzgarib borishi va uning atrof-muhitga taʼsiri XXI asrning eng asosiy muammolaridan biri boʻlib insoniyat oldida turgan jiddiy muammolardan biri hisoblanadi. Bunda antropogen holatning faol taʼsiri ostida yer osti suvlarning qatlami va biologik xilma-xillikni saqlab qolish muhim rol oʻynaydi Hozirgi vaqtda yer osti suvlarini oʻrganish, asrab-avaylash, amaliyotga tadbiq etish muhim vazifalardan hisoblanadi. Viloyatda yer osti suvlari yer usti suvlariga bevosita chambarchas bog‘liqdir. Yer osti suvlari daryolarning oqim rejimiga katta taʼsir koʻrsatadi. Yer poʻstining zich tog‘ jinslarining darz va yoriqlarida, g‘ovak jinslar orasidagi boʻshliqlarda mavjud boʻlgan suvlar yer osti suvlari deyiladi. Ular bug‘, suyuq va muz holatida boʻlishi mumkin. Bahor faslining mart-aprel oylarida daryolar toʻlib-toshib oqadi. Shu vaqtda daryo suvlarining bir qismi yerga sizib, yer osti suvlariga qoʻshilib, ularning sathini koʻtaradi. Kuz hamda qishda, daryo suvlarining asosiy manbai boʻlgan qor va muzliklarning erishi toʻxtagandan keyin, daryolarda suv juda xam kamayib ketadi. Bu vaqtda daryolar bahor va yoz vaqtida yoʻqotgan suvlarini atrofdagi qatlamlardan sekin-asta qaytarib oladi va shu sababdan koʻpchilik soy va daryolar qurib qolmaydi Jizzax viloyatida yer osti suvlari joyning geografik oʻrni, orografik tuzilishi, iqlimiy omillarning taʼsir doirasi va joylashish qonuniyatlariga qarab turlicha taqsimlangan. Bizga maʼlumki yer osti suvlari arid boʻlgan oʻlkalarda, shimilish yuqori boʻlgan, iqlimi quruq va issiq, tuproq qoplami qumloq va gil, oʻsimlik qoplami kam, namlik ancha kam boʻlgan joylarda yer osti suvlari ancha yaxshi yer ostiga soʻriladi va yig‘iladi. Natijada yer ostida katta miqdorda yer osti suv dengizi paydo boʻladi. Gidrologik mutaxassislarning olib borgan tadqiqotlariga qaraganda Issiq boʻlgan choʻl (Saxroi Kabir, Qoraqum, Qizilqum) kabi hududlarda yer ostida juda katta yer osti suvlari yig‘ilganini kuzatadilar. Binobarin bizni viloyatimiz xam shunday arid oʻlkalardan hisoblanadi. Viloyatimizning orografik tuzilishi geomorfologik qonuniyati janub baland tog‘lik, shimol past boʻlgan tekislikdan iborat bu esa yer usti va yer osti suvlarining shimol tomonga xarakatlanishiga olib keladi. Natijada viloyatning eng chekka shimoliy qismida qoldiq Aydar- Arnasoy koʻllar tizimi shakllanganligini koʻrish mumkin. Yer osti suvlarining eng past joyga shimol tomonga qarab oqishi natijasida botqoqliklar shakllangan. Undan tashqari Mirzachoʻl va Gagarin shaharlarida tarkibida inson salomatligi uchun juda yuqori boʻlgan magniy, yod, kaliy, kalsiy, radon kabi koʻplab foydali elementlar uchraganligi bois dam olish sihatgohlari va sanatoriyalar barpo etilgan. 210 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” Viloyat yer osti suvlarining joylashishi va tarqalish strukturasi tog‘likdan adir, tekislik va pasttekislikka tomon miqdor va sifat jixatdan oʻzgarib boradi. Yaʼni tog‘li hududlarda 3000-3500 metrda muz va qorlar, 2000-3000 metrgacha qorlar, 1000-2000 metrgacha qor va yomg‘ir suvlari, 1000 metrgacha mavsumiy yomg‘ir suvlaridan toʻyinganligi bois yer osti suvlari xam mana shu suv yig‘uvchi havza va toʻyinishiga qarab oʻzgarib kamayib boradi. Yer osti suvlarining joylashish strukturasi turli joylarda geografik omillarga qarab turlicha tarqalgan. Yer osti suvlari geologik qatlamlarning stratigrafik joylashuvi, geologik tarkibi, tuproq turi, oʻrmon bilan qoplanganlik, relefning nishabligi, yer usti gidrografik ob’ektlarning kam yoki siyrakligi, suv massasi va balansi kabi omillar taʼsirida yer osti suvlari miqdor va sifat jixatdan turli joylarda xar xil qiymatlarga ega. Yer osti suvlari tabiatda 3 xil turda uchraydi. Grunt, artezian va mineral suvlarga boʻlinadi. Viloyatda esa mazkur suvlarning uchchala turi xam uchraydi. Joyning geografik oʻrniga va boshqa faktorlarga qarab turlicha tarqalgan. Tog‘li hududlarda barcha yer osti suvlari chuchuk, tiniq, bir qancha elementlarga boy holatda uchraydi. Tog‘li hududlarda grunt suvlari buloq-chashma boʻlib oqib chiqadi. Artezian va mineral suvlar esa ancha chuqurda joylashgan. Bu ham bevosita yer osti geologik qatlamning tarkibiga bog‘liq xolatda joylashadi. Tekislikda esa gurunt suvlari ancha chuqurda, shoʻr va loyqa boʻladi. Bunga sabab toʻyinish manbasi mavjud emas, iqlimi issiq va quruq, ancha chuqurda joylashganligidir. Suv yig‘uvchi xavzadan qancha uzoqlashgan sari yer osti suvlari xam shuncha kamayib pastlab, minerallashuv darajasi shuncha ortib boraveradi. Tog‘li rayonlarda baʼzi joylarida suv 2-5 metrdan chiqsa, tekislik hududlarida 5-15 metrdan grunt suvlari chiqadi. Tog‘li hududlarda bosimli, tekislikda esa bosimsiz boʻladi. Artezian suvlari grunt suvidan ancha chu
Доказательный фрагмент
«Yer osti suvlarining Jizzax viloyatida muayyan qonuniyatlar asosida shakllanishi bilan birgalikda ularning ekologik holati va dehqonchilikdagi oʻrni, ahamiyati yoritilib oʻtilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюYer osti suvlarining Jizzax viloyatida muayyan qonuniyatlar asosida shakllanishi bilan birgalikda ularning ekologik holati va dehqonchilikdagi oʻrni, ahamiyati yoritilib oʻtilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- grunt, Yer osti konlari, Yer osti suvlari, soy va buloqlar, artesian, mineral suvlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026