К содержанию
РецензированоUZ2026

NUROTA TOG‘LARI SHIMOLIY YONBAG‘RI RELYEFINING QIYALIK DARAJALARNI GAT TAHLILI

DARAJALARNI GAT TAHLILI · Xakimov Bekzod Bekpo‘latovich

Современная наука и исследования · 106-110 · 2026

Аннотация

Maqolada gegrafik o‘rin tushunchasining qisqacha izohi va tarixi, turlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Shuningdek, Sirdaryo vioyati misolida hududlarning chegaralanishida GIS texnologiyalaridan foydalanish afzalliklari, xususiyatlari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: GIS, ArcGIS, QGIS, relyef profili, relyef qiyaligi, geografik oʻrin, havza, suvayirg‘ich, koordinata, geografik uzunlik, geografik kenglik. Kirish: GIS texnologiyalari asosida ixtiyoriy biror bir hududning relyefning qiyaligini kartalashtish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha alohida ilmiy manba yoki yo‘riqnomalar juda kam. Mavjudlari ham xorijiy tillarda nashr etilgan bo‘lib, ular GIS texnologiyalarining ayrim dasturlari bo‘yicha berilgan va ular dasturda amaliy ishlarni bajarish bo‘yicha yo‘riqnomalardan iborat. O‘rganishlarimizga ko‘ra o‘zbek tilida biror hududning ayniqsa Nurota tog‘lari relyefini kosmik tasvir asosida “ArcGIS”, “QGIS”, “GLOBAL MAPPER”, “SURFER”, “ORIGINLAB”dasturlari yordamida relyefning qiyalik darajasini kartalashtirish ishlari amalga oshirilmagan. Kartalashtirilgan ayrim mustaqil tadqiqotlarda esa relyefning qiyalik darajasini kartalashtirish ishlarining ketma ketligi yoki metodik asosi berilmagan. Mavjud adabiyotlarning aksariyatida esa relyefning qiyalik darajasi haqida qisqacha yozma ma’lumotlar berilgan xolos. GIS texnologiyalrining alohida dasturiy ta’minotlari bo‘yicha relyefning qiyalik darajasini kartalashtirish ishlarini va metodologik asosini tadqiq etish juda muhim sanaladi. Geoaxborot tizimlari vositasida Shimoliy Nurota tizmasining relyefini qiyalik xususiyatlariga ko‘ra o‘rganish va tahlil qilish avvalo hududda tabiiy jarayonlarning dinamikasini o‘rganishga, muhofaza qilish ishlarini tashkil etishga, hududda turizm va rekreatsiya sohalarini rivojlantirishga tavsiyalar ishlab chiqishga imkon beradi. Asosiy qism. Global Mapper, ArcGIS va QuantiniumGIS (QGIS) kabi GIS dasturlari yordamida hududning rastrli ma’lumotlari qiyalik darajasiga ko‘ra qayta ishlanganda Shimoliy Nurota tizmasi shimoliy yonbag‘irining katta qismi 2°gacha qiyalik darajasiga ega hududlardan iboratligi ma’lum bo‘ldi (1-rasm). Shu sababdan tizma nafaqat O‘rta Osiyo balki O‘zbekiston hududidagi tekislik va tog‘liklar orasidagi chegara, geomorfologik rayonlashtirishda barer vazifasini o‘taydi. Shimoliy Nurota tog‘larining shimoliy yonbag‘ri relyefi janubiy yonbag‘ridan relyefning qiyalik darajasiga ko‘ra keskin farq qiladi. Masalan, hududning dengiz sathidan 500 m gacha bo‘lgan qismlarida tizmaning shimoliy yonbag‘iri qiyaligi maksimal 5°ga, 1000 metrgacha bo‘lgan balandliklarda esa 10° ga yetmaydi. Janubiy yonbag‘irda esa shu balandliklar bo‘yicha qiyalik 10° va 25°dan yuqori (1-rasm). Bu holat bizningcha tizmaning orogenezi, ekspozitsiyasining shakllanish bosqichlari va yo‘nalishiga bevosita bog‘liq. 201 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL 1-rasm. Shimoliy Nurota tog‘lari shimoliy yonbag‘rirelyefining qiyalik darajasi kartasi (tasvir ArcGIS 10.8 dasturi yordamida muallif tomonidan shakllantirildi) Shimoliy Nurota tizmasining rel’ef sharoitini rel’ef qiyaligi jihatidan o‘rganishda GIS dasturlaridan unumli foydalanish mumkin. Hozirgi kunda keng qo‘llanilayotgan GIS dasturlaridan eng asosiysi ArcGis dasturidir. Shimoliy Nurota tizmasi hududning relyefi va uning qiyalik darajasi bo‘yicha kartalashtirish ishlari ArcGis 10.8 dasturida quyidagicha ketma-ketlikda amalga oshiriladi:  Shimoliy Nurota tizmasining relyefini qiyalik darajasi va uning hududiy ko‘rsatkichlari kartasini ArcGis 10.8 dasturida shakllantirish uchun dastlab Shimoliy Nurota tizmasining havzaviy chegarasi asosida kesib olingan rastr (Landsat 8 -kosmik tasvir) fayli ArcGis 10.8 dasturining ArcMap ichki dasturiga yuklanadi.  Shundan so‘ng ArcMap panellar qatori (Arc Tool Box → Spatial Analyst Tools → Surface) dan panellari ketma ket tanlanib boriladi va “Surface” panelining “Slope” buyrug‘i berilganda belgilangan Shimoliy Nurota tizmasining rastr fayli relyef qiyaligi bo‘yicha ArcMap dasturida avtomatik tasniflanadi. Hosil bo‘lgan tasnifni tadqiqotning maqsadi va kerakli qiyalik darajalari bo‘yicha qayta tasniflash talab etiladi. Bunda avtomatik hosil bo‘lgan tasnif kartasi belgilanib, uni mexanik tasniflash buyrug‘i asosida qayta tasnif qilish bosqichi quyidagicha bajariladi.  Arc Tool Box → Layer Proparties → Symbology → Classified → Classification panellari ketma ket tanlanib briladi va tasniflash (Classifiation) panelining “Manual” metodi buyrug‘i asosida kerakli relyefning qiyalik darajalari kiritiladi va har bir qiyalik darajasi uchun alohida ranglar tanlanib, taxrirlanadi hamda bajarish “OK” tugmasi bosilib kerakli xarita hosil qilinadi. 202 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”  Keyingi bosqichda hosil qilingan xaritani belgilab olamiz va ArcToolBox → Spatial Analyst Tools → Reclass → Reclassify buyruqlari asosida qiyalik xarita qayta tasniflanadi.  Qayta tasflangan xarita xosil bo‘lgach u yana belgilab

Доказательный фрагмент

«Maqolada gegrafik o‘rin tushunchasining qisqacha izohi va tarixi, turlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada gegrafik o‘rin tushunchasining qisqacha izohi va tarixi, turlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
QGIS, koordinata, GIS, geografik oʻrin, havza, geografik uzunlik, geografik kenglik., relyef qiyaligi, suvayirg‘ich, ArcGIS, relyef profili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники