Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“BUYUK IPAK YOʻLI” KARVON YOʻLININING PAYDO BOʻLISH TARIXI VA GEOGRAFIK RIVOJLANISHI
GEOGRAFIK RIVOJLANISHI · Usmanov Mashrab Rustamovich
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada “Buyuk Ipak yoʻli”ning tarixiy geografik xususiyatlari, Buyuk Ipak yoʻli dunyo sivilizatsiyasi rivojlanishidagi oʻrni, nemis olimi Ferdinand fon Rixtgofen tamonidan Buyuk Ipak yoʻli haqida bergan ma’lumotlari, yurtimizdagi qadimiy katta savdo yoʻlining oʻrni, “Buyuk Ipak yoʻli” mavqeiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Kalit soʻzlar: “Buyuk Ipak yoʻli”, Ferdinand fon Rixtgofen, dunyo sivilizatsiyasi, “Shoh yoʻli”, “Lazurit yoʻli”, “G‘arbiy meridianal yoʻl”, qadimiy katta savdo yoʻli. Kirish. Buyuk Ipak yoʻli - qadimda sharq bilan gʻarbni boʻgʻlab turgan savdo yoʻli, insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining oʻziga xos boʻlgan hodisasi. Dengiz, okean yoʻllari ochilmasdan oldin bu yoʻllar muhim ahamiyat kasb etgan. Insoniyat tarixida eng ulkan boʻlgan ushbu qitʼalararo savdo yoʻli Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogʻlab, oʻtmishda antik Rim davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha choʻzilgan edi. Albatta, sharq va gʻarb oʻrtasidagi savdo oʻtmish qaʼriga choʻkkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yoʻlning alohidagi qismlari edi. Savdo aloqalari hosil boʻlishiga Markaziy Osiyo togʻlarida yarim qimmatbaho toshlar - Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish koʻp jihatdan koʻmaklashgan. Masalan, Markaziy Osiyodan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan “lazurit yoʻli“ mavjud edi. U bilan bir paytda “nefrit yoʻli“ ham tarkib topgan, bu yoʻl Xotan va Yorkend tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bogʻlar edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga Soʻgʻdiyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yoʻnalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yoʻliga kirib mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan Gʻarbga va Janubga oʻtkazilgan karvon yoʻllarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yoʻllarni oʻzaro bogʻlab bergan buyuk yoʻlning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning oʻrtalarida, deb hisoblaydilar. Miloddan yuz yil avval Chin yurtidan yoʻlga otlangan ilk savdo karvoni dovonu daralar, bepoyon sahrolar osha yurtimizga ipak va bronza koʻzgular keltirgan. Shu tariqa dunyo sivilizatsiyasi rivojida muhim oʻrin tutgan Buyuk Ipak yoʻliga asos solingan. Mana, oradan asrlar oʻtib uzundan-uzun karvonlar oʻrnini zamonaviy avialaynerlar, avtomobil va tezyurar poezdlar egallagan boʻlsa-da, Sharq va G‘arbni bog‘lovchi ana shu qadimiy yoʻl hanuzgacha oʻz ahamiyatini yoʻqotgani emas. E’tiborlisi, mamlakatimizning bir qator tarixiy shaharlari uning qoq markazida joylashgan. Asosiy qism. Buyuk Ipak yoʻli miloddan avvalgi II asrdan qariyb eramizning XVI asrigacha faoliyat koʻrsatgan. Shubhasiz, Ipak yoʻli orqali nafaqat nodir tovarlar olib oʻtilgan, balki bilim, madaniyat, texnologiya almashinuvi, diplomatik aloqalar ham amalga oshirilgan. 192 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” “Buyuk ipak yoʻli” nomi oʻsha davrlarda G‘arb mamlakatlari uchun qimmatbaho boʻlgan mahsulot – ipak bilan bog‘liq. Ipak qurti pillasidan ipak tayyorlash texnologiyasi taxminan besh ming yil oldin zamonaviy Xitoy hududida kashf etilgan deb hisoblanadi. Asta-sekin ipakchilik sirlari oʻzlashtirilib borildi va eramizning III asridayoq koʻplab mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda ham Farg‘ona vodiysi hududida ipak ishlab chiqarila boshlandi. 1-rasm. “Buyuk Ipak yoʻli” karvon yoʻli xaritasi 2-rasm. “Buyuk Ipak yoʻli” karvon yoʻli Karvonchilar ipakdan tashqari boshqa noyob mahsulotlar bilan ham savdo qilishgan. Badaxshondan lazurit, Soʻg‘diyonadan serdolik, Xoʻtandan nefrit kabi qimmatbaho toshlar va hatto oʻsha davrlarda Sharqiy Oʻrtayer dengizida hali ishlab chiqarilmagan shisha idishlar bilan savdo qilingan. “Ipak yoʻli” atamasi nisbatan yaqinda paydo boʻlgan. 1877-yilda baron Ferdinand fon Rixtgofen birinchilardan boʻlib savdo yoʻli xaritasini batafsil oʻrganib, unga shunday nom berdi. Taxminan milodiy I asrda Buyuk Ipak yoʻli oʻz taraqqiyotining yuksak choʻqqisiga chiqdi. Savdo yoʻli sharqda Xitoyning Loyan shahridan boshlanib, Xitoyning koʻplab shaharlari va Oʻrta 193 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL Osiyodan oʻtib, Italiyada, Rimda tugagan. Yoʻl uchta yoʻnalish va koʻplab tarmoqlardan iborat boʻlgan. Asosiy yoʻnalishlar Shimoliy, Markaziy va Janubiy yoʻllar edi. Shimoliy yoʻl Tarim daryosi boʻylab Tyan-Shan togʻlari orqali, Fargʻona vodiysiga burilib, Oʻrta Osiyo daryolari oralig‘idan Volganing quyi oqimiga, yunon koloniyalariga oʻtgan. Yoʻl- yoʻlakay karvonlar shaharlarda yoki eng goʻzal vohalarda toʻxtab, oʻz mollarini sotardilar. Shu tariqa, yangi shaharlar paydo boʻldi, eskilari esa oʻsib, yanada kattalashdi. Oʻzbekiston hududida savdo va hunarmandchilik shaharlari: Andijon, Qoʻqon, Buxoro, Shah
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada “Buyuk Ipak yoʻli”ning tarixiy geografik xususiyatlari, Buyuk Ipak yoʻli dunyo sivilizatsiyasi rivojlanishidagi oʻrni, nemis olimi Ferdinand fon Rixtgofen tamonidan Buyuk Ipak yoʻli haqida bergan ma’lum…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada “Buyuk Ipak yoʻli”ning tarixiy geografik xususiyatlari, Buyuk Ipak yoʻli dunyo sivilizatsiyasi rivojlanishidagi oʻrni, nemis olimi Ferdinand fon Rixtgofen tamonidan Buyuk Ipak yoʻli haqida bergan ma’lum… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ferdinand fon Rixtgofen, “Lazurit yoʻli”, “Shoh yoʻli”, “Buyuk Ipak yoʻli”, dunyo sivilizatsiyasi, “G‘arbiy meridianal yoʻl”, qadimiy katta savdo yoʻli.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025