Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON HUDUDIDA BALIQCHILIK XO‘JALIKLARINI JOYLASHTIRISHNING IQTISODIY-GEOGRAFIK MUAMMOLARI
JOYLASHTIRISHNING IQTISODIY-GEOGRAFIK MUAMMOLARI · Umurzoqov Shaxzodbek Dilmurod o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida baliqchilik xo‘jaliklarini joylashtirishning asosiy iqtisodiy-geografik muammolari yoritilgan va ularning yechimiga oid ayrim takliflar keltirilgan. Maqolada iqlim, suv resurslari, tuproq unumdorligi, transport infratuzilmasi va ekologik kabi muhim geografik omillarni o‘rganish asosida baliqchilik sanoatining rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan masalalar yoritilgan. Shuningdek, maqolada baliqchilik xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirish uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etish, malakali kadrlarni tayyorlash, yer resurslarini yaxshilash va davlat qo‘llab-quvvatlovi kabi amaliy yechimlar taklif etilgan. Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, baliqchilik xo‘jaliklari, iqtisodiy-geografik muammolar, suv resurslari, iqlim, tuproq unumdorligi, transport infratuzilmasi, logistika, ekologik muhofaza, innovatsion texnologiyalar, yer resurslari, sho‘rlanish. Kirish. O‘zbekiston hududida baliqchilik xo‘jaliklarini rivojlantirish katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Baliqchilik sanoati nafaqat aholini oqsilga boy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi, balki mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga ham hissa qo‘shadi. Shu bilan birga, baliqchilik xo‘jaliklarini joylashtirishda iqtisodiy-geografik omillar katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida baliqchilik xo‘jaliklarini joylashtirishning asosiy iqtisodiy- geografik muammolari tadqiq qilindi. Iqlim va suv resurslari. O‘zbekistonning iqlim sharoiti baliqchilik rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatadigan muhim omillardan biridir. Mamlakatning quruq kontinental iqlimi suv resurslari yetishmovchiligi bilan bog‘liq qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Ko‘pgina mintaqalarda suvsizlik yoki mavjud suv resurslarining yaroqsizligi baliqchilikni rivojlantirishda jiddiy to‘siq yaratadi [1; 23-b]. Ayniqsa, Amudaryo va Sirdaryo havzalari atrofidagi hududlarda suv resurslarining notekis taqsimlanishi baliqchilik xo‘jaliklarining barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tuproq unumdorligi va yer resurslari. Baliqchilik xo‘jaliklarini joylashtirish uchun zarur bo‘lgan tuproq va yer resurslari ham muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonning ayrim hududlarida tuproqning sho‘rlanishi va eroziya jarayonlari baliqchilik rivojlanishi uchun qo‘shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida baliqchilik uchun ajratilgan yerlarning sifati past bo‘lib, bu mintaqalarda baliqchilik sanoatini kengaytirish imkoniyatlarini cheklaydi [2; 32-b]. Transport va logistika muammolari. Baliqchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va bozorga yetkazib berish jarayonida transport va logistika muhim o‘rin tutadi. O‘zbekistonning ba’zi hududlarida yo‘l infratuzilmaning yetishmovchiligi yoki mavjudlarining sifatsizligi bozorlardan uzoq masofalarda yetishririlgan baliq mahsulotlarini o‘z vaqtida yetkazib berilishni murakkablashtiradi [4; 12-b]. Shu bilan birga, bunday mahsulotlarni tashish jarayonida maxsus 189 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL jihozlangan transport vositalarining yetishmasligi baliq mahsulotlarini sifatli yetkazib berishga salbiy ta’sirini o‘tkazadi. Kadrlar va texnologiya ta'minoti. Baliqchilik xo‘jaliklarini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun malakali kadrlar va zamonaviy texnologiyalarning mavjudligi zarur. Ko‘pgina baliqchilik xo‘jaliklari uchun malakali ishchi kuchi yetishmovchiligi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, innovatsion texnologiyalarni joriy etishdagi qiyinchiliklar baliqchilik xo‘jaliklarini samarali boshqarish imkoniyatlarini cheklaydi. Ekologik muammolar. Baliqchilik rivojlanishi uchun ekologik omillar ham muhim ahamiyatga ega. Suv havzalari ekologik holatining yomonlashishi, ko‘llarning qurishi va suv sifati past bo‘lgan mintaqalarda baliqchilik uchun qulay sharoitlarning yo‘qligi sohani rivojlantirish imkoniyatlarini cheklaydi. O‘zbekiston hududida Amudaryo va Sirdaryo daryolari havzalarida suvning kamayishi va ifloslanishi bu hududlarda baliqchilikni rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston hududida baliqchilik xo‘jaliklarini joylashtirishning iqtisodiy-geografik muammolari ko‘p qirrali va murakkabdir. Iqlim, suv resurslari, tuproq unumdorligi, transport va logistika, kadrlar ta’minoti hamda ekologik omillar baliqchilik rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda [3; 112- b]. Shu sababli, bu sohada barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va infratuzilmani yaxshilash kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim. Baliqchilik sanoatining rivojlanishi nafaqat mamlakat iqtisodiyoti, balki aholi farovonligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston hududida baliqchilik xo‘jaliklarini joylashtirishdagi iqtisodiy-geografik muammolarni hal qilish uchun bir nechta amaliy yechimlar taklif qilish mumkin: 1. Suv resurslarini boshqarish va optimallashtirish. Suv taqsimotini yaxshilash uchun zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish lozim. Bu suv resurslarining samarali is
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida baliqchilik xo‘jaliklarini joylashtirishning asosiy iqtisodiy-geografik muammolari yoritilgan va ularning yechimiga oid ayrim takliflar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekiston hududida baliqchilik xo‘jaliklarini joylashtirishning asosiy iqtisodiy-geografik muammolari yoritilgan va ularning yechimiga oid ayrim takliflar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- transport infratuzilmasi, iqtisodiy-geografik muammolar, baliqchilik xo‘jaliklari, tuproq unumdorligi, suv resurslari, ekologik muhofaza, O‘zbekiston, yer resurslari, iqlim, logistika, sho‘rlanish., innovatsion texnologiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025