К содержанию
РецензированоUZ2025

JIZZAX VILOYATINING HOZIRGI LANDSHAFTLARINI TASNIFLASH

Toshboev Zafarjon Maxramkulovich

Современная наука и исследования · 10 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Jizzax viloyati hududida tarkib topgan landshaftlarning hozirgi holati, ularning tadqiq etilishi va landshaft tiplariga ajratilishi, landshaft sinflari va tiplari, tabiiy geografik rayonlariga ajratilib, ularning har birida tog‘ va tekislik landshaft tiplari ajratilishi kabi masalalar yoritilgan. Kalit so‘zlar: voha landshaftlari, tekislikdagi antropogen landshaftlar, tog‘oldi landshaftlari, tog‘oldi tekisliklar landshafti, tog‘oldi adir landshaftlari, tog‘ oralig‘i landshaftlari. botiq landshaftlari, o‘rtacha balandlikdagi tog‘ landshaftlari. Kirish. Jizzax viloyati hududida tabiiy resurslardan maqsadga muvofiq foydalanish, voha landshaftlarining morfologik strukturasini tadqiq etish va tahlil qilish, agrolandshaftlarning morfologik birliklarini ajratish va chegaralash hozirgi zamon antropogen landshaftshunoslik fanining dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Olib boriladigan barcha landshaft tadqiqotlarining asosiy vazifasi joyning landshaft kartasini tuzish, landshaftlarning ichki tuzilishi, yoshi, dinamikasi va rivojlanishini tahlil qilgan holda batafsil ta’riflab berish bilan birga ularni ma’lum maqsadlarni ko‘zlagan holda sifat va miqdor jihatdan baholash, u yoki bu sharoitda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkinligini va buning oqibatida qanday ekologik vaziyatlar vujudga kelishini oldindan belgilab berish, ya’ni bashoratlashdan iboratdir. Bunday masalalar o‘z navbatida landshaft izlanishlarida geofizikaviy, geokimyoviy va boshqa an’anaviy bo‘lmagan usullardan foydalanish bilan bir vaqtda ekologik yondashishni ham talab qiladi (Zokirov, 1995). Asosiy qism. Landshaft to‘g‘risidagi ta’limot bilan bog‘liq qator muhim nazariy va uslubiy jihatlar L.S.Berg (1913, 1931, 1947), N.A.Solnsev (1949), A.A.Grigoryev (1957), A.G.Isachenko (1965, 1971), F.N.Milkov (1966, 1967), V.S.Preobrajenskiy (1966), S.V.Kalesnik (1970), V.B.Sochava (1972, 1978), I.P.Gerasimov, N.A.Gvozdestkiy (1973, 1979), V.A.Nikolayev (1973, 1979), D.L.Armand (1975), I.M.Zabelin (1978) va boshqalarning ishlarida atroflicha yoritilgan. O‘rta Osiyoning tog‘lari va tekisliklarining landshaft tuzilmalarini turli yondashuvlar asosida o‘rganishda L.S.Berg (1913, 1931, 1947), R.I.Abolin (1929), E.M.Murzayev (1957), N.L.Korjenevskiy (1960), N.A.Gvozdetskiy (1960, 1965), M.A.Glazovskaya (1964), I.S.Shchukin (1983), V.M.Chupaxin (1987) kabi olimlarning xizmatlarini qayd etib o‘tish lozim. Turkiston-Nurota tizmasi tog‘ landshaftlari N.D.Dolimov (1943), N.A.Gvozdetskiy (1965), Ch.V.Galkov, N.A.Kogay (1967, 1969), T.D.Jumaboyev (1968), L.A.Alibekov, S.A.Nishonov (1973, 1978), S.A.Nishonov (1984), R.Baratov (1996), N.R.Alimkulov (2008), L.A.Alibekov (2013) kabi olimlar tomonidan o‘rganilgan. T.D.Jumaboyev (1968) Sangzor daryosi havzasidagi tog‘li va tekislik landshaftlarining yaruslilik xususiyati va ularning tuzilishini qishloq xo‘jaligida foydalanish nuqtai-nazaridan tadqiq etishi e’tiborga sazovordir. L.A.Alibekov, S.A.Nishonovning (1978) Sirdaryo va Zarafshon daryolari oralig‘idagi hududlarni qishloq xo‘jaligi maqsadida tabiiy geografik rayonlashtirish asosida S.A.Nishonov (1984) hududda 62 ta landshaft turini ajratgan, shulardan 20 ta landshaft turi (15 tasi tog‘ landshaft hamda 5 tasi tog‘oralig‘i botiq landshaftlar sinflari) hududda tarkib topgan [4, 70 b]. 186 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” P.Baratov (1996) Turkiston-Nurota okrugini Turkiston va Nurota tabiiy geografik rayonlarga bo‘lib, ular tarkibida quyidagi landshaftlarni ajratgan: I. Turkiston tabiiy-geografik rayonida: 1. Sangzor vodiysining o‘rta qismini o‘z ichiga oluvchi qo‘ng‘irbosh va qorabosh o‘suvchi tirik (asosiy) bo‘z tuproqli lyossli past-baland qir- adirlardan iborat bo‘lgan tekisliklar landshafti. 2. Bodomcha va bug‘doyiq o‘suvchi to‘q bo‘z va jigarrang tuproqli Turkiston va Molguzar tog‘larining quyi yonbag‘ir landshafti. 3. Turkiston va Molguzar tog‘larining quyi 1400-2800 m (tog‘ mintaqasi) balandliklarini o‘z ichiga olgan, archazorlar mavjud bo‘lgan qoramtir tog‘ o‘rmon va jigarrang tuproqli tog‘lar landshafti. 4. Turkiston tizmasining eng baland (yaylov mintaqasi) qismlarida joylashgan alr o‘tloqlardan iborat bo‘lgan tog‘li landshaft. Bu landshaft hududida qoyali, muz-qorlar qoplagan joylar ham uchraydi. 5. Tabiiy geografik rayonning xalq xo‘jaligida o‘zlashtirilgan qismlaridagi madaniy landshaft. II. Nurota tabiiy-geografik rayonida: 1. Parchalangan, marzasimon teraliklar mavjud bo‘lgan, qo‘ziquloq o‘suvchi asosiy (tipik) va to‘q bo‘z tuproqli tog‘lar orasidagi botiqlar landshafti. Bunga Qo‘shrabot – Qo‘ytosh botig‘i kiradi. 2. Qo‘ng‘irbosh va qorabosh o‘suvchi chag‘ir toshli bo‘z tuproq tarqalgan botiqlar landshafti. Bunga Nurota hamda Qoratog‘ bilan Baxiltog‘ orasida joylashgan Orasoy botig‘i kiradi. 3. Qo‘ng‘irbosh va qorabosh o‘suvchi to‘q bo‘z tuproqli, lyossli to‘lqinsimon tekisliklar landshafti. Bunga G‘allaorol botig‘i kiradi. 4. Qo‘ziquloq, oqquvray va shuvoq o‘suvchi tipik va to‘q bo‘z tuproqli rast tog‘lar landshafti. Bun

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Jizzax viloyati hududida tarkib topgan landshaftlarning hozirgi holati, ularning tadqiq etilishi va landshaft tiplariga ajratilishi, landshaft sinflari va tiplari, tabiiy geografik rayonlariga ajratilib…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Jizzax viloyati hududida tarkib topgan landshaftlarning hozirgi holati, ularning tadqiq etilishi va landshaft tiplariga ajratilishi, landshaft sinflari va tiplari, tabiiy geografik rayonlariga ajratilib… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tekislikdagi antropogen landshaftlar, o‘rtacha balandlikdagi tog‘ landshaftlari., tog‘oldi adir landshaftlari, tog‘oldi landshaftlari, tog‘ oralig‘i landshaftlari. botiq landshaftlari, tog‘oldi tekisliklar landshafti, voha landshaftlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники