К содержанию
РецензированоUZ2025

NUROTA TOG‘LARI LANDSHAFTLARI HOSIL BO‘LISHIDA GEOGRAFIK OMILLARNING ROLI

OMILLARNING ROLI · Sunatov Hasan Nomoz o‘g‘li

Современная наука и исследования · 575 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada landshaft shakllanishiga ta’sir qiluvchi tabiiy va antropogen omillar qisqacha bayon qilingan. Landshaft hosil qiluvchi asosiy komponentlar – relyef, tog‘ jinsi, iqlim, suv, tuproq resurslari, biotik omillar va inson xo‘jalik faoliyati qisqacha tahlil qilingan. Har bir omilning landshaft hosil bo‘lishidagi o‘rni va o‘zaro bog‘liqligi izohlangan. Kalit so‘zlar: Landshaft, tabiiy geografiya, relyef, iqlim, geologik omillar, biotik omillar, antropogen ta’sir, geomorfologiya, tog‘, shamol, eroziya. Landshaft – bu yer yuzasining tabiiy muhitini tashkil etuvchi elementlari o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldirib turuvchi tizimdir. Landshaftning shakllanishi turli omillar ta’sirida amalga oshadi. Nurota tog‘larida mavjud bo‘lgan tabiiy landshaftlar sirasiga quyidagi hududlarni kiritishimiz mumkin: Nurota tog‘larida mavjud bo‘lgan tabiiy yong‘oqzorlar, mevali daraxtlar o‘suvchi Janubiy Nurota tog‘larining shimoliy yonbag‘ri, Janubiy Nurota tog‘larining 1600 m gacha bo‘lgan jigarrang bo‘z tuproqlar tarqalgan efemer va efemeroidlar o‘suvchi hududlari. Nurota tog‘larida mavjud bo‘lgan tabiiy yong‘oqzorlar egallagan maydon 2599 gektarni tashkil etib, Janubiy Nurota tog‘larining shimoliy yonbag‘rida joylashgan. Tabiiy yong‘oqzorlar landshaftlari hosil bo‘lishida relyefning ta’siri asosiy pog‘onada turuvchi geografik omillardan biri bo‘lib, qiya yonbag‘ir bo‘ylab oquvchi suv oqim tabiiy namlik bilan ta’minlab turadi. Yong‘oqzorlar hosil bo‘lishi uchun qulay geografik o‘rin va iqlimdir. To‘g tizmasi nisbiy balandligi yetarlicha balandlikda bo‘lganligi tufayli havo massalari tutib qolib, yetarlicha yog‘in tushishiga sabab bo‘ladi. Iqlimning nisbatan iliqroq va Nurota tog‘laridan boshlanuvchi kichik soylar mavjudligi, yog‘in miqdori yetarlicha ekanligi ushbu hududda yong‘oqzorlar egallagan landshaft maydonlari hosil bo‘lish omilidir. Yong‘oq daraxti turli iqlim tipiga moslashuvchan bo‘lgani uchun uni respublikamizning deyarli barcha hududlarida ekiladi. U ayniqsa, namlik yuqori bo‘lgan hududlarda, shimoliy qiyaliklarda, tog‘ yon bag‘rilarida yaxshi o‘sadi va hosil beradi. Chunki yong‘oq daraxti yorug‘liksevar o‘simlik hisoblanib, o‘sishi uchun qulay bo‘lgan joylarda dumaloqsimon shox-shabbani shakllantiradi va bu uning yuqori hosil berishiga xizmat qiladi. Yong‘oqzorlar landshafti shakllanishida suv resurslari muhim ahamiyatlidir. Yer osti suvlari o‘simliklarda suv balansini saqlash, transpiratsiya jarayonining kechishida, yashillikni saqlashda muhim ahamiyatlidir [2]. Nurota tog‘larining yaylov landshaftidan xalq xo‘jaligida chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida foydalanilishi tog‘ tizmasining quyi qismlari uchun o‘rta darajadagi ta’sirga uchragan bo‘lsa, yuqori qismlari uchun kuchsiz o‘zgarish mavjud. Yuqoridagi omillar ta’sirida yaylov landshafti tashqi ko‘rinishining o‘zgarishi, o‘simlik qoplami, zichlik ko‘rsatkichining pasayishi, hayvonot olami turlarining quyidan yuqoriga tomon siljishi kabi salbiy oqibatlar landshaftlarning hosil bo‘lishidagi antropogen omildir. Yaylov landshafti hosil bo‘lishidagi tabiiy omillar iqlim, yog‘in, tuproq eng asosiysidir. Tog‘ yonbag‘rining nishablik 182 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda erozion jarayonlar faollashmoqda va buning natijasida landshaftlarning tashqi ko‘rinishida o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Erozion jarayonlar quyidagi hududlarda kuchayib borayotganligini kuzatishimiz mumkin: Janubiy Nurota tog‘laridan boshlanuvchi Ilonchisoy, Osmonsoy, Qo‘lbasoy, Garashasoy kabi kichik soylarning yuqori oqimdan quyi oqimgacha soylik qirg‘oqlari yildan-yilga kuchli yemirilishga uchramoqda. Buning natijasida Nurota tog‘ landshaftlari o‘zgarishi kuchaymoqda. Antropogen omillar natijasida Nurota tog‘ landshaftlari hosil bo‘lishida ijobiy va salbiy ta’sirlar yuzaga kelayotganligi kuzatilmoqda. Insonning bilvosita ta’siri landshaft shakllanishida salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda. Shimoliy va Janubiy Nurota tog‘lari oraliq qismida joylashgan Qizilqum, Uchquloch, To‘liboy kabi qishloq hududlarda yer osti suvlardan qishloq xo‘jaligi uchun ko‘p miqdorda foydalanilishi, artezian quduqlarning qazilishi yuqori mintaqa landshat sharoitining o‘zgarishiga olib kelmoqda. Buning oldini olish maqsadida kerakli suv resurslaridan foydalanishga moratoriy tartibini joriy etish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Antropogen ta’sir natijasida landshaftlar hosil bo‘lishida faqatgina salbiy ta’sirlar emas, ijobiy ta’sirlar ham mavjud. Bunga Nurota tog‘-yong‘oqzor davlat qo‘riqxonasining tashkil etilganligini keltirish mumkin. Buning natijasida 22,5 ming gektar maydondagi tabiiy landshaftlar o‘z holatida muhofaza qilib kelinmoqda. Bu omil ham albatta landshaft hosil bo‘lishida va shakllanishida ahamiyatlidir. Ushbu maqolada landshaftni tashkil etuvchi omillar, ularning mohiyati va ahamiyati to‘xtalib o‘tiladi. 1. Relyefning landshaft shakllanishidagi roli. Relyef – bu landshaft hosil bo‘lishining asosiy omillaridan biri. Tog

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada landshaft shakllanishiga ta’sir qiluvchi tabiiy va antropogen omillar qisqacha bayon qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada landshaft shakllanishiga ta’sir qiluvchi tabiiy va antropogen omillar qisqacha bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
biotik omillar, tabiiy geografiya, shamol, Landshaft, tog‘, geomorfologiya, geologik omillar, eroziya., relyef, iqlim, antropogen ta’sir
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники