Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NAVOIY VILOYATIDA SHAHAR AHOLI PUNKTLARINING SHAKLLANISHI VA JOYLANISHI
Sherxolov Olimjon Iskandarovich · Eshmurodov Yahyobek Otabek oʻgʻli · Boliyeva Madina Zokir qizi
Современная наука и исследования · 590 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada Navoiy viloyatining shahar va shaharchalari shakllanishi va tashkil etilishi oʻrganilgan. Shahar aholi punktlarining hududiy tarkibi tadqiq etilgan. Shaharlar bajaradigan funksiyasiga koʻra guruhlarga ajratilgan. Shahar aholi punktlarining bir-biriga nisbatan joylashuvi hamda ular orasidagi oʻrtacha masofasi aniqlangan. Kalit soʻzlar: Shahar, shahar aholi punktlari, shaharlarning funksiyalari, oʻrtacha masofa, resurs shaharlar Kirish. Aholi punktini oʻrganish koʻp vaqt talab yetib, murakkab jarayon hisoblanadi. Shu boisdan tadqiq yetilayotgan hududdagi aholi punktlari katta yoki kichik, koʻp yo kam sonli hamda turli tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida shakllangan boʻlsa, u holda har tomonlama bir- biriga oʻxshash aholi punktlaridan tanlab olib tadqiq yetish orqali qolgan aholi punktlariga ham baho berish mumkindir. Aholi punktlarini geografik oʻrganishda shaharlar geografiyasi chuqur oʻrganilganligi bilan ajralib turadi. Shaharlarni tadqiq yetish har jihatdan muhim ahamiyatga yega boʻlib, har bir hududning oʻtmishi, buguni va kelajagi asosan shaharlari bilan belgilanadi. Asosiy qism. Arid hududlarda shaharlarning tashkil yetilishida foydali qazilmalarning topilishi va ishga tushirilishi birlamchi omil boʻlib, uning uzoq umr koʻrishi konlarning zahiraga qay darajada boyligiga ham bogʻliqdir. Navoiy viloyatdagi shahar aholi punktlarining-(SHAP) shakllanishida asosan foydali qazilmalarining topilishi va ishga tushirilishi, Zarafshon daryosining yaqinligi, qishloq xoʻjaligi markazida joylashganligi, transport bilan yaxshi ta’minlanganligi kabi omillar ta’sir koʻrsatgan. Hozirda viloyat boʻysunuvidagi shahar va shaharchalarga Navoiy, Zarafshon, Gʻozgʻon shaharlari bilan birga Tinchlik, Muruntov shaharchalari kiradi. Viloyatda jami 7 ta shahar mavjud. Bular: Navoiy, Zarafshon, Qiziltepa, Gʻozgʻon, Nurota va Yangirabot shaharlaridir. Navoiy, Zarafshon, Gʻozgʻon shaharlaridan tashqari qolgan shaharlar tuman markazlari hisoblanadi. Viloyatning Konimex, Navbahor, Karmana, Tomdi tumanlarida birorta ham shahar mavjud emas. Ushbu tumanlarda faqat shaharchalar tashkil yetilgan. Viloyatning shaharlari yangi shaharlar hisoblanadi, Navoiy shahri 1958-yili (dastlab shaharcha sifatida 1935-y.), Zarafshon shahri 1972- yili (dastlab shaharcha sifatida 1967-y.), qolgan shaharlar ulardan keyin tashkil topgan. Bugungi kunda viloyatda shaharchalar soni 46 ta boʻlib, ularning 30 tasi 2009-yilda “Qishloq taraqqiyoti va farovonlik yili” Davlat dasturi asosida qishloq aholi punktlariga shaharcha maqomi berilishi bilan tashkil etilgan (respublikada 966 ta). Shu yili tashkil yetilgan shaharchalar soniga koʻra viloyat respublika hududlari boʻyicha faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Sirdaryo viloyatidan oldinda turadi xolos. Shaharchalar soni Qiziltepa (8 ta), Xatirchi (5 ta), Navbahor (5 ta), Karmana (4 ta), Nurota (4 ta), Konimex (3 ta ), Tomdi (1 ta) tumanlarida tashkil yetilgan boʻlsa, Uchquduq tumanida yesa talabga javob beradigan nomzod aholi punkti boʻlmaganligi sababli shaharcha tashkil etilmagan. Hududar kesimida olinganda Navoiy shahrida: Tinchlik, Zarafshon 172 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” shahrida: Muruntov, Uchquduq tumanida: Shalxar (1989-y.), Tomdi tumanida: Tomdibuloq, Konimex tumanida: Konimex (1935-y.), Balaqaraq, Mamiqchi, Shoʻrtepa va Zafarobad (shaharcha 2019-yil boshigacha Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumaniga qaragan), Qiziltepa tumanida: Husbiddin, Qalayn-Azizon, Baland Gʻardiyon, Gʻoyibon, Oq soch, Vangʻozi, Oqmachit, Zarmitan, Gʻamxoʻr, Uzilishkent, Oʻrtaqoʻrgʻon, Xoʻjaqoʻrgʻon, Navbahor tumanida: Qalqonota, Saroy, Quyi Beshrabot, Keskanterak, Ijant. Karmana tumanida: Karmana (2004-y.), Malikrabot, Paxtaobod, Podkoron, Kamolot hamda Nurota tumanida: Qizilcha, Temurqovuq, Chuya, Yangibino, Xatirchi tumanida: Langar, Jaloir, Qoʻshchinor, Polvontepa, Qoʻrgʻon, Tasmachi, Bogʻishamol, Gʻalabek, Paxtakor, Turkman, Yangi qurilish shaharchalaridir. Shaharchalar sonining eng koʻpi Qiziltepa va Xatirchi tumanlarida boʻlib, mos ravishda 12, 11 tani tashkil etgan boʻlsa, Navoiy, Zarafshon shaharlari hamda Tomdi va Uchquduq tumanlarida uning soni atigi 1 tadandir (1-jadvalga qarang). 1-jadval Shahar aholi punktlari (SHAP) soni va ularning joylashuvi (2022-y.) Jami SHAPlar Ma’muriy-hududiy Aholi SHAPlar oʻrtasidagi oʻrtacha birliklar soni, kishi soni, -ta masofa, km Navoiy viloyatida jami 53 505449 45,8 Navoiy shahri 2 150611 5,5 Zarafshon shahri 2 85636 3,2 Gʻozgʻon shahri 1 8945 24,3 Tomdi tumani 1 4964 206,1 Uchquduq tumani 2 33667 152,7 Konimex tumani 5 16790 43,0 Qiziltepa tumani 13 49200 13,0 Navbahor tumani 5 16627 17,7 Nurota tumani 5 49143 34,5 Xatirchi tumani 12 46609 10,9 Karmana tumani 5 43257 13,8 Jadval Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi. Viloyatning shaharlari oʻrtasidagi oʻrtacha masofa qariyb 46 km.ni tashkil etgan holda mazkur koʻrsatkish maydoni katta boʻlgan choʻl tumanlarda bundanda uzoq hisoblana
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Navoiy viloyatining shahar va shaharchalari shakllanishi va tashkil etilishi oʻrganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Navoiy viloyatining shahar va shaharchalari shakllanishi va tashkil etilishi oʻrganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Shahar, shaharlarning funksiyalari, resurs shaharlar, oʻrtacha masofa, shahar aholi punktlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026