К содержанию
РецензированоUZ2004

ZARAFSHON HAVZASIDA CHO‘LLANISH JARAYONIGA TA’SIR KO‘RSATUVCHI TABIIY VA ANTROPOGEN OMILLAR

Sharipova Mehribon

Современная наука и исследования · 2004

Аннотация

Ushbu maqolada Zarafshon havzasida cho‘llanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy va antropogen omillar ta’siri tahlil qilinadi. Tuproq degradatsiyasi jarayoniga qishloq xo‘jaligida foydalanish nuqtai nazaridan takliflar ishlab chiqiladi. Kalit so‘zlar: cho‘llanish, degradatsiya, tuproq eroziyasi, sho‘rlanish, arid mintaqa va ekologik muvozanat. Kirish. Cho‘llanish jarayonlari asosan arid hududlar uchun xos bo‘lib, ular tabiiy muhitning biologik salohiyatining kamayishi va odamlar hayot sharoitlarining yomonlashuvi bilan birga keladi. Ularning rivojlanishi tabiiy va antropogen omillar bilan bog‘liq va hududning tabiiy sharoitlariga qarab, bu omillar biri-biridan ustun bo‘lishi mumkin. Quruq va issiq arid iqlim yerlarning tabiiy cho‘llanishiga sabab bo‘ladi. Arid zonalardagi antropogen tuproq degradatsiyasi tabiiy jarayonlarni yanada kuchaytiradi va bu ta’sir olib tashlanganida ham cho‘llanish to‘xtamaydi (Gunin Pankova, 2004; Gunin Miklyaeva, 2006). Cho‘llanish-bu tuproq unumdorligini pasayib, o‘simliklar qoplami yo‘qolib, tuproq eroziyasi kuchayishi bilan birga yerlarning cho‘lga aylanishi jarayonidir. Cho‘llanish jarayoni landshaftlarning o‘zgarishiga yoki yo‘qolishiga olib keluvchi tabiiy va antropogen omillar natijasida yuzaga kelayotgan jarayondir. Cho‘llanish nafaqat arid mintaqalarida balki arid emas mintaqalarda ham hozirgi kunda kuzatilayapti. Cho‘llanish natijasida o‘simlik degradatsiyalari ya’ni o‘simlik qoplamining yo‘q bo‘lib ketishi sho‘r botqoqliklarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Qishloq xo‘jaligining iqtisodiy salohiyati ham cho‘llanish natijasida pasayib boradi. Cho‘llanish aholining ham turmush tarziga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, degradatsiyaga uchragan hududlarda chang-to‘zon havoga chiqish natijasida aholi salomatligiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi kunga kelib, yurtimizning shimoli-g‘arb Orol bo‘yi, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlarida cho‘llanish jarayoni tez su’ratlar bilan jadal rivojlanmoqda. Yurtimizning 70% qismidan ortiq hududini cho‘l egallab bo‘ldi. Cho‘llanish jarayoni tuproq unumdorligining pasayishida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Tuproq degradatsiyasi — bu tuproq unumdorligining kamayishiga olib keladigan kompleks jarayon bo‘lib, ayniqsa bu holat arid va subarid mintaqalarga xosdir (Kassas 1999). Turli landshaftlarda iqlim o‘zgarishining ortib borishi cho‘llanish jarayonlarining boshlanishiga sabab bo‘lishini kuzatilishimiz mumkin. O‘rta Osiyo mintaqasi landshaftlari misolida T.Mendizabal (1998) tomonidan ko‘rsatilganidek, cho‘llanishning ta’sirini o‘rganishda landshaftning ichki tartibga soluvchi jarayonlari va tashqi atrof-muhit faktorlarining o‘zaro aloqasini baholash zarur. Landshaftlar ularga bog‘liq bo‘lgan jamiyatlarga – odamlar, uy hayvonlari, tabiiy fauna – hayot uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni ta’minlaydi. Ammo har bir landshaft o‘zining maksimal biomassasi mavjud bo‘lib, u barqaror ravishda ishlab chiqarishi mumkin. Agar bu chegaradan oshsa, biologik ishlab chiqarish buziladi va yerda tuproq degradatsiyasi belgilarini ko‘rish boshlanadi (Kassas, 1999). Cho‘llanish jarayonlarining kengligini o‘rganishda uzoq muddatli 167 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL kuzatishlar va landshaftlarning arid degradatsiyasining turli bosqichlarini xaritalash usullari qo‘llaniladi (Alibekov va boshqalar, 2000). Tabiiy omillar muayyan sharoitlarda cho‘llanish jarayonlarini rivojlantirish uchun asosiy sharoitlarni yaratadi. Birinchisi tabiiy omillardir ularni birma-bir tahlil qilamiz. -iqlim o‘zgarishi - haroratning ko‘tarilib borishi -yog‘ingarchilikning kamayishi, - suv resurslarining kamayishi, -shamol va suv eroziyasi Iqlim o‘zgarishi sharoitida daryolarning quyi oqimlarida (qadimgi deltalarda) sho‘rxok landshaftlarning shakllanishiga eng katta hissa qo‘shuvchi omil – bu yer osti suvlari bug‘lanishi va transpiratsiya jarayonlaridir. Ushbu jarayon Zarafshon daryosi havzasida ham kuzatiladi. Yer osti suvlari yuzaga yaqinlashgan sari, bug‘lanish va sho‘r to‘planish jarayoni jadallashadi. Ayniqsa, 2-3 metr chuqurlikda joylashgan yer osti suvlari arid iqlim sharoitida tuproqning eng yuqori sho‘rlanishiga sababchi bo‘ladi. Qurg‘oqchilikning ta’siri juda keng qamrovli bo‘lib, eng katta zararni qishloq xo‘jaligi sektori ko‘radi. Bog‘dorchilik va lalmikor yerlarda hosildorlik 90-100% ga qisqaradi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarning ulkan maydoni shamol eroziyasiga uchragan. Shamol eroziyasining asosiy rivojlanish markazlari Markaziy Farg‘ona, Dalverzin, Mirzacho‘l va Buxoro vohasi hisoblanadi. Shamolning qayta-qayta takrorlanishi natijasida tuproqning eng unumdor qatlami olib ketiladi va uchib ketgan joylarda uning tarkibidagi mexanik o‘zgarishlar osonlashadi. Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ekspertlarning fikricha, o‘rtacha havo haroratining oshishi bilan bir qatorda, global iqlim o‘zgarishi ekstremal hodisalar ehtimolining oshishiga olib keladi. Eroziya, o‘rmonlarning kesilishi va sho‘rlanishi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Zarafshon havzasida cho‘llanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy va antropogen omillar ta’siri tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Zarafshon havzasida cho‘llanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy va antropogen omillar ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
arid mintaqa va ekologik muvozanat., degradatsiya, sho‘rlanish, cho‘llanish, tuproq eroziyasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники