Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAHRISABZ TUMANINING EKOTURISTIK OBYEKTLARI VA ULARNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
RIVOJLANTIRISH MASALALARI · Shamuratova N.T. Chorshanbiyeva Mahliyo Nuraliyevna
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Shahrisabz tumanining ekoturistik salohiyati va hududda joylashgan tabiiy ob’yekrlar tahlil qilinadi. Hisor tog‘lari, Oqsuv va Qizilsuv daralari kabi noyob ekoturistik hududlarning imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Shahrisabz tumani, ekoturizm, Hisor tog‘lari, Oqsuv darasi, Qizilsuv darasi, ekoturistik ob’yektlar, tabiiy resurslar, ekologik infratuzilma, mahalliy hamjamiyat, ekoturizmni rivojlantirish. Jahon turizm tashkilotining (JTT) hisobotida turizmni barqaror rivojlantirishning 10 ta asosiy dasturi bayon etilgan bo‘lib, unda ekoturizmni rivojlantirishda iqlim o‘zgarishi, chiqindilarni boshqarish, yerlardan barqaror foydalanish, bioxilma-xillikni saqlash va alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlanadi. Shu sababli, ekoturizmni rivojlantirish jarayonida ekotizimlarning barqarorligini ta’minlash, bioxilma-xillikni saqlash va tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish ilmiy asosda tashkil etilishi, shuningdek, ekoturizmni barqaror rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish zarurligi dolzarb ahamiyat kasb etadi1. Jahon amaliyotida ekoturizmni rivojlantirishda tabiat yodgorliklari, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, ekotizimlarni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Bu esa, ekoturizmni rivojlantirishning nafaqat iqtisodiy, balki ekologik va ijtimoiy jihatlarini ham hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi. Ekoturizm orqali xorijiy sayyohlar O‘zbekistonning boy va betakror tabiati, ziyoratgohlari va qadamjolari haqida tasavvurga ega bo‘lishi bilan birga, milliy qadriyatlarimizni ham targ‘ib qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy imidjini shakllantirishga va madaniy diplomatiyani rivojlantirishga xizmat qiladi. Mamlakatimizning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Qashqadaryo viloyati o‘zining xushmanzara tabiati, tabiiy turistik salohiyati bilan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Binobarin, viloyat hududining geomorfologik jihatdan tekislik, tog‘ oldi va tog‘li hududlardan iborat ekanligi, mos ravishda tabiiy landshaftlarning vujudga kelganligi, ekoturistik salohiyati, va shu bilan birga xo‘jalik jihatdan eski hamda yangi o‘zlashtirilgan hududlar, o‘z navbatida sayyohlarni jalb etish va turizmni rivojlantirish uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda respublikamizda sayyohlikning ekoturizm, madaniy-ma’rifiy, ekstremal, arxeologik, rafting, sport, folklor-etnografik, tibbiy va rekreatsion turizm, agroturizm kabi turlari ham jadal rivojlanmoqda. Bu borada Qashqadaryo viloyati o‘zining tabiiy turistik salohiyati va ularning hududiy tarkibidan kelib chiqqan holda zamonaviy sayyohlikning bir necha turlarini rivojlantirish imkoniyatlariga ega. Hozirda viloyatda jahon miqyosida talab tobora ortib borayotgan 1 https://www.unwto.org/ru 164 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” ekologik, tibbiy va rekreatsion turizm kabi yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar mavjud. Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, turistlarni noyob tarixiy- madaniy va me’moriy meros ob’ektlari bilan keng tanishtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, manzilli turizm xizmatlarini ko‘rsatish uchun turizm infratuzilmasini rivojlantirish, viloyatni turli madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish markaziga aylantirish orqali hududga turistlar oqimini yanada ko‘paytirish hamda ularning hududda bo‘lish davomiyligini uzaytirish, shuningdek, turizm sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mahalliy aholi sonini ko‘paytirish maqsadida 08.03 2019 yil 198 sonli Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish chora- tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda Qashqadaryo viloyatida yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan bo‘lib, rejaga kiritilgan chora-tadbirlar mahalliy byudjet parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar va ijrochilar mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilishi belgilangan. Shaxrisabz tumanining tabiiy-geografik sharoiti turizmni rivojlantirish uchun juda kulaydir. Ayniqsa, Hisor tog‘larining eng qadimgi geologik davrlarda shakllangan tog‘ jinslarining ochilib qolgan ko‘rinishi, burmalangan holati, yer yuzasi tuzilishining qaytarilmas betakror go‘zalligi, past tepaliklari, botiqlari, tog‘ va baland tog‘ manzaralarining maftunkor qiyofasi har qanday tabiat ishqibozi bo‘lgan turistni maftun eta oladi. Hisor tizmasi va uning tarmoqlari (Boysun, Ko‘hitangtog‘) asosan granit, ohaktosh va slaneslardan tuzilgan. Bu qattiq jinslar ko‘p yerlarda ochilib, yer yuzasiga chiqib yotadi, tik yonbag‘ir va chuqur daralarni hosil qilgan. Hisor O‘zbekistondagi eng baland tog‘, unda O‘zbekistonning eng baland nuqtasi Hazrati Sulton cho‘qqisi joylashgan bo‘lib, uning mutlaq balandligi 4643 m. Hisor tizmasi g‘arb va janubi-g‘arbga tomon bir qancha tarmoqqa bo‘linib, tobora p
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Shahrisabz tumanining ekoturistik salohiyati va hududda joylashgan tabiiy ob’yekrlar tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Shahrisabz tumanining ekoturistik salohiyati va hududda joylashgan tabiiy ob’yekrlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mahalliy hamjamiyat, Shahrisabz tumani, Qizilsuv darasi, Hisor tog‘lari, ekoturistik ob’yektlar, Oqsuv darasi, ekologik infratuzilma, ekoturizm, tabiiy resurslar, ekoturizmni rivojlantirish.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025