К содержанию
РецензированоRU1931

QISHLOQ XO‘JALIGINING BARQAROR RIVOJLANISHIDA EKOLOGIK ZO‘RIQISHNING AHAMIYATI

ZO‘RIQISHNING AHAMIYATI · Raxmatov Abduxoliq Farxodovich

Современная наука и исследования · 1931

Аннотация

Mazkur maqolada ekologik zo‘riqish va ekologik zo‘riqish koeffitsienti (К ) нис tushunchalari, ularning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada B. Kochurov tomonidan ishlab chiqilgan ekologik zo‘riqish koeffitsienti (К ) ning mohiyati va нис qishloq xo‘jaligi yerlarida qo‘llanilishi o‘rganilgan. Ushbu koeffitsient qishloq xo‘jaligi yerlarining ekologik barqarorligini ta’minlash, tuproq degradatsiyasini kamaytirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, maqolada Rossiya, Xitoy, Yevropa va boshqa mamlakatlarda ekologik zo‘riqish monitoringi bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari yoritilgan. Ekologik zo‘riqish darajasini tahlil qilish orqali yer resurslarini muvozanatli boshqarish, ekologik va iqtisodiy manfaatlarni uyg‘unlashtirish hamda qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanishni ta’minlash imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu maqola qishloq xo‘jaligi yerlarining ekologik monitoringini tashkil etish, resurslardan samarali foydalanish va barqaror rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy va amaliy asos sifatida xizmat qilishi mumkin. Kalit so‘zlar: Ekologik zo‘riqish, Ekologik zo‘riqish koeffitsienti, Qishloq xo‘jaligi ekologiyasi, Barqaror rivojlanish, Tuproq degradatsiyasi, Ekologik monitoring, Resurslardan oqilona foydalanish, Antropogen yuk. Ekologik zo‘riqish (yoki ekologik yuklama) – bu tabiiy muhitga inson faoliyati natijasida tushadigan bosim darajasini ifodalaydigan atama. Bu tushuncha taniqli rus tadqiqotchisi N.F. Reimers (1931-1993) — taniqli Sobiq ittifoq ekolog olimi, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasida yetakchi mutaxassislardan biri bo‘lgan[2; 48-b]. U ekologik fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan va ko‘plab ilmiy asarlar muallifi hisoblanadi. Ushbu atama asosan inson tomonidan amalga oshiriladigan turli iqtisodiy, sanoat, transport va qishloq xo‘jaligi faoliyatlari natijasida tabiatning ekologik barqarorligiga yetadigan zarar va uning o‘zini tiklash imkoniyatlari o‘rtasidagi muvozanatni baholash uchun ishlatiladi. Ekologik zo‘riqishning asosiy tarkibiy qismlari mavjud bo‘lib ular quydagilar: -Tabiat resurslaridan haddan tashqari foydalanish. -Suv, havo, o‘simlik va hayvonot dunyosidan ko‘p miqdorda foydalanish. -Yer resurslarining deyarli cheklovsiz o‘zlashtirilishi (ayniqsa, qishloq xo‘jaligida). -Antropogen ifloslanish. -Atmosferaga chiqayotgan zararli gazlar (CO₂, NOx va boshqalar). -Tuproqning pestitsidlar, o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi. -Suv resurslarining ifloslanishi (kanalizatsiya suvlari, sanoat chiqindilari). -Tabiatning o‘zini tiklash imkoniyatlarining kamayishi. -Resurslarning tiklanish tezligi ularni ishlatishdan ortda qolmoqda. -Ekosistemalarning buzilishi yoki yo‘q bo‘lib ketishi (masalan, o‘rmonlarning kesilishi, botqoqliklarning quritilishi). 157 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL -Aholi zichligi ortgan hududlar. -Transport vositalari va infratuzilma tomonidan atrof-muhitga zarar yetkazilishi. Ekologik zo‘riqish va ekologik zo‘riqish koeffitsienti o‘rtasida bir qancha bog‘liqliklar mavjud bo‘lib ularni quyida ko‘rib chiqamiz: Ekologik zo‘riqish – bu hudud yoki ekotizimga inson faoliyati natijasida tushadigan umumiy bosimni tavsiflovchi keng tushuncha. U hududning tabiiy muhitida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni ifodalaydi [1; 158-b.]. Bu o‘zgarishlar ekologik muvozanatga ta’sir qiluvchi omillar, masalan, resurslardan haddan tashqari foydalanish, ifloslanish, tuproq degradatsiyasi va iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq. Ekologik zo‘riqish koeffitsienti (К ) esa – bu zo‘riqishning miqdoriy ko‘rsatkichidir. U нис hududdagi ekologik yukni aniq sonli qiymat sifatida ifodalaydi va inson faoliyati natijasidagi bosimni ekologik barqarorlik bilan solishtirishga yordam beradi. B.Kochurov tomonidan ishlab chiqilgan nisbiy ekologik zoʼriqish koeffitsienti (К ) нис muayyan hudud yoki ekologik tizimning antropogen (inson faoliyati) taʼsiridan kelib chiqadigan zoʼriqish darajasini baholash uchun ishlatiladi. Bu koʼrsatkich yordamida hududning ekologik holati va inson faoliyati tufayli oʼzgarishlarga sezuvchanligi oʼlchanadi hamda taklif etgan quyidagi AЮ4 АЮ5 АЮ6 нис АЮ1 АЮ2 АЮ3 formula bilan hisoblab chiqiladi. (1) Bu yerda, К – hududning nisbiy ekologik-zoʼriqish koeffitsienti; нис АЮ4, АЮ5, АЮ6 – hududning antropogen yukning yuqori koʼrsatkichlari; АЮ1, АЮ2, АЮ3 – hududning antropogen yukning nisbatan past koʼrsatkichlari; Ushbu formula orqali aniqlangan К qiymatlari hududning antropogen taʼsir intensivligini нис (tabiiy resurs potentsialiga mos yoki mos kelmaslik darajasini) aniqlashda yordam beradi[1; 170- b.]. Bu orqali esa, hududning tabiiy landshaftlar va resurslarni qayta tiklanish imkoniyati saqlanganlik darajasini aniqlashimiz mumkin boʼladi. Umuman maskur izlanish natijasida hududning qanday toifadagi yerlar miqdorini koʼpaytirish zaruriyati va ular uchun talab etilgan maydon katt

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ekologik zo‘riqish va ekologik zo‘riqish koeffitsienti (К ) нис tushunchalari, ularning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ekologik zo‘riqish va ekologik zo‘riqish koeffitsienti (К ) нис tushunchalari, ularning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ekologik monitoring, Ekologik zo‘riqish, Tuproq degradatsiyasi, Antropogen yuk., Qishloq xo‘jaligi ekologiyasi, Resurslardan oqilona foydalanish, Ekologik zo‘riqish koeffitsienti, Barqaror rivojlanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники