К содержанию
РецензированоUZ2025

JIZZAX VILOYATIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING GEOGRAFIK JIHATLARI

Rasulova Nafisa Komil qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Turizm hozirgi shiddat bilan yuksalayotgan davrda eng o‘sib borayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Turizm rivoj topishiga geografik omil, geografik o‘rin,bundan tashqari hududning relyefi va unga yondosh bo‘lgan hududlarga ham bog‘liq. Ushbu maqola turizmni rivojlantirishda geografiyaning roli haqida batafsil maʼlumot beradi. Kalit so‘zlari: Turizm, geografik, turistik zonalar, geografik hudud, turizm maskani, dam olish maskani, sanatoryalar, temir yo‘l stansyalari, sport turizmi, tog‘ turizmi,sayyohlar. Kirish. Turizm bugungi kunda jahon iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo‘lib, mamlakatlar uchun muhim daromad manbai hisoblanadi. Ushbu sohaning muvaffaqiyatli rivojlanishida geografiya muhim rol o‘ynaydi. Chunki turizm bevosita tabiiy va ijtimoiy-geografik omillarga bog‘liq. Mamlakatlarning tabiiy landshafti, iqlimi, suv resurslari, tarixiy-madaniy merosi hamda transport infratuzilmasi sayyohlarni jalb qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Geografik omillar nafaqat sayyohlik maskanlarini shakllantirishda, balki turizm yo‘nalishlarini rejalashtirish, ekoturizm va agroturizm kabi yangi yo‘nalishlarni rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, turizm va geografiya o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning o‘zaro ta’siri turizm sanoatini samarali tashkil etish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Turizm bugungi kunda dunyo iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biriga aylangan bo‘lib, uning rivojlanishida geografiya fani katta ahamiyatga ega. Turizmning shakllanishi va rivojlanishi bevosita tabiiy-geografik sharoit, iqlim, relyef, suv manbalari, tarixiy-madaniy yodgorliklar hamda transport infratuzilmasiga bog‘liq. Turizmni ekoturistik marshrutlarni ishlab chiqishda sayyohlik obyektining relyefi, tog‘ jinslari, iqlimi, yer usti va yer osti suvlari, tuprog‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi haqidagi ma’lumotlarni mukammal o‘rganish maqsadga muvofiq. Qo‘shimcha ma’lumot sifatida joyning geokomplekslari, tabiatni muhofaza qilishga oid olib borilayotgan tadbirlar hamda alohida muhofaza qilinadigan hududlarning huquqiy maqomi to‘g‘risidagi axborotlar berilsa turistik marshrutlar haqiqiy ekologik yo‘naltirilgan bo‘ladi. Xususan, har qanday boshqa turistik sayohatlar qatori ekologik turlarda ham dam olish, jismoniy va ruhiy kuch-quvvatni tiklash maqsadi yotadi. Ko‘pgina tadqiqotchilar ekoturizm mohiyatini sifatli sayohat maqsadida bilishni, ekologik bilimga, ma’rifatga, tabiatga nisbatan mehr tuyg‘ularini uyg‘otishga yo‘naltirganlar. Ekoturizmni rivojlantirish uchun doimiy saqlab turiladigan va shakllana boradigan ekologik marshrutlar tarmog‘ini ishlab chiqish hamda yo‘naltirishga amal qilinishi lozim. Bunday marshrutlar uzoq vaqt davom etadigan va qiyinchilik darajasiga ega bo‘lgan, landshaftlarning o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etadigan, tipik atrof tabiiy muhit manzaralarini ko‘rsata oladigan, tarixiy-madaniy obyektlarini birlashtiradigan, yetarli darajada to‘la axborot bilan ta’minlangan bo‘ladi. Mamlakatimizda ekoturizm imkoniyatlari nihoyatda katta hamda turistik salohiyati bo‘yicha dunyo ekoturizm industriyasida yuqori o‘rinlarni egallasada, lekin amalda O‘zbekistonda bu salohiyat va imkoniyatlardan to‘la-to‘kis foydalanish uchun ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlar 154 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” hali yetarli darajada amalga oshirilgan emas. Chet el sayyohlarini O‘zbekistonga, umuman Markaziy Osiyo tabiatiga, noyob nabotot va hayvonot dunyosiga jalb etish maqsadida “EKOSAN” xalqaro tashkiloti qoshida 2006 yil Xalqaro Ekoturizm Markazi tashkil etildi va u hozirgi kunda o‘z faoliyatini olib bormoqda. Geografiyaning turizm rivojlanishidagi asosiy jihatlari: 1.Tabiiy-geografik omillar. Har bir hududning o‘ziga xos tabiiy sharoiti turistik imkoniyatlarni belgilaydi. Tog‘lar, dengiz qirg‘oqlari, o‘rmonlar, cho‘llar, iqlim sharoiti sayyohlarni jalb qilishda katta rol o‘ynaydi. Masalan, Alp tog‘lari chang‘i turizmi uchun, Maldiv orollari esa plyaj turizmi uchun mashhur. 2.Madaniy-geografik omillar. Hududning tarixi, madaniyati, milliy an’analari, me’moriy yodgorliklari turizmni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlardagi tarixiy obidalar O‘zbekiston turizmini jadal rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 3.Transport va infratuzilma geografiyasi. Sayyohlarning muayyan hududga tashrifi transport imkoniyatlariga bog‘liq. Aeroportlar, temir yo‘llar, avtomobil yo‘llari yaxshi rivojlangan joylar turizm markazlariga aylanishi osonroq bo‘ladi. Mamlakatimizda ham turizm rivojlanib kelmoqda. Turizm sohasi orqali mamlakatga chet el valyutasi kirishi va mamlakatda valyuta almashilishi sodir bo‘ladi. Mamlakatga chet el fuqorolarini jalb qilish uchun hozirda juda ko‘p turistik zonalar barpo etilmoqda shu bilan birga eskirgan obidalarni qayta tamirdan chiqarish ishlari olib borilmoqda. Zomin turistik zonasi. Zomin – O‘zbekistonning Jizzax viloyatida joylashgan, turistik salohiyati yuqori bo‘lgan hududlardan b

Доказательный фрагмент

«Turizm hozirgi shiddat bilan yuksalayotgan davrda eng o‘sib borayotgan sohalardan biri hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Turizm hozirgi shiddat bilan yuksalayotgan davrda eng o‘sib borayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
geografik, turizm maskani, turistik zonalar, temir yo‘l stansyalari, dam olish maskani, tog‘ turizmi, sport turizmi, sayyohlar., sanatoryalar, geografik hudud, Turizm
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники