К содержанию
РецензированоUZ2025

ATROF-MUHITNI ASRASHDA HUDUDIY GEOTIZMLARDAN OQILONA FOYDALANISHNING ZONAL YONDOSHUVI, XUSUSIYATLARI VA YECHIMLARI

Raimov Sherbekjon Ismatillayevich · Sh. M. Mirziyoyev

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada XXI asrning dastlbki choragida kunning eng dolzarb mavzusiga aylanib bo`lgan atrof-muhitni muhofaza qilish, hamda geotizmlardan oqilona foydalanishda innovatsion yondoshuvlarni ishlab chiqish va uni chuqur ilmiy asoslangan holda, ilmiy-amaliy loyihalarni kundalik hayotga tadbiq etish, shuningdek atrof-muhitni asrashning konstruktiv geografik masalalari yoritilgan. Geografik qobiqda, undagi geotizmlardagi keskin o`zgarishlarni keltirib chiqarayotgan jarayonlarning sayyormazda ro`y berayotgani, hududlar kesimida yuzaga kelayotgan atrof-muhitda kuzatilayotgan salbiy vaziyatlarni ijobiy yechimlari va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda ularning zonal xususiyatlari ochib berilgan. Kalit so`zlar: Geotizm, Atrof-muhitni asrash, Zonal yondashuv, Maxsus iqtisodiy zonalar, Erkin iqtisodiy zonalar, Konstruktiv geografiya, oqilona foydalanish. “Atrof-muhitni asrab avaylashda mas’uliyat barchamizning zimmamizda. Bu kun tartibimizdagi eng muhum masladir” Sh. M. Mirziyoyev Joriy 2025-yil 4-5 aprel kunlari Samarqand shaharida tashkil etilgan “Markaziy Osiyo- Yevropa ittifoqi” birinchi sammiti doirasida tashkil etilgan “Samarqand iqlim forumi” da mamlkatimiz prezidentining sammit ishtirokchilariga bag`ishlangan nutqida ta’kidlab o`tilganidek bugun ekologik masalalar global darajaga chiqdi. Ilmiy tadqiqotlar yaqin kelajakdagi xatarlardan ogohlantrmoqda. Biz har kuni turmush-tarzimizga chuqur kirib kelgan XXI-asrning texnologik yutuqlari mahsuli evaziga geografik muhitda, Yer sayyorasining turli burchaklarida ro`y berayotgan kishilik jamiyatining faol ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy xatti-harakatlarining atrof-muhitga yetkazayotgan ko`p hollarda salbiy oqibatlarini, shu jumladan so`nggi vaqtlarda Gilobal miqyosida sayyoramzidagi ekologik muvozanatning turli xil ko`rinishlarda izdan chiqayotganligini guvohi bo`lmoqdamiz. Bu jarayonlar esa o`z navbatida barchamizning kundalik hayot tarzimizga keskin tusdagi bilvosita va bevosita aks ta’sirini ko`rsatmoqdaki endilikda biz kishilik jamiyatining qarshisida vujudga kelayotgan ekologik muammolar bizga turli ko`rinishda tahdid sola boshladi. Ro`y berayotgan o`zgarishlarni kuzatish orqali atrof-muhitning barqarorligiga ko`proq antropogen (inson ) omili katta va ko`p hollarda salbiy ko`rinishlarda ta’sir qilayotganligi anniq nomoyon bo`lib qoldi. Uzoq vaqtlar davomida insoniyating tabiatdan chegarasiz va nooqilona yondoshuvlar asosida foydalanib kelayotganligi Geografik qobiq va undagi geotizmlarda yangidan-yangi ekologik muammolarni va keskin inqirozli vaziyatlarning zanjirini vujudga keltirib chiqarmoqda. Asrimizning birinchi choragiga kelib o`zini kun sayin ko`proq nomoyon qilayotgan va kishilik jamiyati svilizatsiyasi bilan birga rivojlanayotgan, bir vaqtning o`zida unga tahdid ham solayotgan kun tartibidagi dolzarb muammolar jamiyat qarshisida ishonchli, samarali oqilona va innovatsion ilmiy yondoshuvlar asosidagi eng optimal usullar, prinsiplar samarali yechimlarni ishlab chiqishdek 148 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” muhum maslani kun tartibiga qo`ymoqda. Xususan O‘zbekiston tashabbusi bilan ilgari surilayotgan “Markaziy Osiyo ekologik muammolar oldida: barqaror rivojlanish va farovonlik yo‘lida mintaqaviy birdamlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasini Samarqand iqlim forumida yakuniy hujjati – “Yashil” rivojlanishning Mintaqaviy konsepsiyasi taqdimoti rejalashtirilib, u iqlim oʻzgarishi sohasida Markaziy Osiyo davlatlarining yagona mintaqaviy qarashlarini shakllantirishga asos soldi. So`ngi yillarda bu borada mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlarda davlatimizning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarida Atrof-muhitni asrashga qaratilgan chuqur islohotlar hamda muammolarning yechimlariga qaratilgan samarali chora-tadbirlarning mazmun mohiyatida ko`rishimiz mumkin. Jumladan yangi 2025-yilga “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot” yili deya nom berilishining o`zi yurtimizda ham global ekologik inqirozlarga qarshi kurashish davlatimizning kun taribida turgan asosiy zaruriy hayotiy masala ekanligining yorqin namunasi hisoblanadi. Kishilik jamiyatining tabiatga nisbatan munosabat shakli – muyyan davrdagi kishilarning atrof tabiiy muhitga uzviy bog‘langan hayot tarzi. Agar jamiyatni tabiatga nisbatan munosabatlarini insoniyat tarixi nuqtayi nazaridan qaraganda uni quyidagi shakllarga ajratish mumkin: oddiy, oddiy- iqtisodiy, iqtisodiy, iqtisodiy-ekologik va ekologik.[1, 68b] Bu jarayonlar makonda va zamonda uzoq vaqtlardan beri Yer sayyorasining geografik qobig`ida turli xil sura’tlarda ro`y bermoqda. Natijada Geografik qobiq va undagi geotizmlardagi barqarorlik muvozanati buzlimoqda. Xususan, jadallashayotgan sanoatlashtirish va aholi sonining ortishi iqtisodiyotning resurslarga bo‘lgan ehtiyojini sezilarli darajada oshirmoqda, shuningdek, atrof muhitga salbiy antropogen ta’sirni kuchaytirmoqda va issiqxona gazlari ajratmalarining ortishiga olib kelmoqda.[2, 1b] Iqtisodiyotimizda energiya samaradorligining past darajasi, t

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada XXI asrning dastlbki choragida kunning eng dolzarb mavzusiga aylanib bo`lgan atrof-muhitni muhofaza qilish, hamda geotizmlardan oqilona foydalanishda innovatsion yondoshuvlarni ishlab chiqish va uni chu…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada XXI asrning dastlbki choragida kunning eng dolzarb mavzusiga aylanib bo`lgan atrof-muhitni muhofaza qilish, hamda geotizmlardan oqilona foydalanishda innovatsion yondoshuvlarni ishlab chiqish va uni chu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Erkin iqtisodiy zonalar, Geotizm, oqilona foydalanish., Zonal yondashuv, Konstruktiv geografiya, Atrof-muhitni asrash, Maxsus iqtisodiy zonalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники