К содержанию
РецензированоUZ2025

QORATEPA TOG‘LARINING TURISTIK IMKONIYATLARI VA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

O‘zoqov Jahongir

Современная наука и исследования · 590 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolda Samarqand viloyatining Urgut tumanida joylashgan Qoratepa tog‘larining turistik imkoniyatlari, hamda undan foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratilgan. Mazkut tadqiqot ishidan ko‘zlangan asosiy maqsad bu Qoratepa hududining tabiiy go‘zalliklari, turizm salohiyatini ko‘rsatib berishga qaratilgan. O‘rganilayotgan hudud o‘zining g‘aroyib manzaralari, turli tarixiy obyektlari va o‘ziga xos ekologik xususiyatlari bilan nafaqat mahalliy qolaversa xorijiy sayyohlarni e’tborini tortadi. Maqolada hududning turistik imkoniyatidan foydalangan holda mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qulay bo‘lgan turistik marshrutlar ishlab chiqishga e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: Qoratepa tog‘lari, ekoturizm, tarixiy obyektlar, tog‘ turizmi, turistik marshrutlar. Kirish: O‘zbekiston Respublikasi o‘zining turistik resurslari bo‘yicha Markaziy Osiyoda oldingi, dunyoda noyob turistik potensialga ega bo‘lgan 10-15 ta davlat orasida joy egallaydi. Uning hududida har xil tarixiy davrlarga mansub noyob arxitektura, tarixiy va tabiat yodgorliklari mavjud. Respublikaga turistlarni jalb qiluvchi asosiy omil bu uning maftunkor tabiatidir, uning xilma-xilligidir. Sababi mamlakat iqlimi, ob-havosi yil davomida dam olish va ekoturizmni rivojlantirish uchun qulayligi bilan ajralib turadi. Jumladan, geografik o‘rni qulay, tabiiy sharoiti va ekoturistik imkoniyatlari xilma-xil bo‘lgan, sanoat rivojlangan va aholi zich yashaydigan Samarqand viloyati Urgut tumanidagi ekoturlarga talab yuqori bo‘ladi. Tumanning ekoturistik salohiyati yuqori bo‘lib, uni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Urgut tumani o‘zining ekoturistik salohiyati bilan viloyatning boshqa tumanlaridan yaqqol ajralib turadi. Eng muhimi, hududda turizmning ayniqsa, ekoturizmning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish imkoniyati mavjudligidir. Shu nuqtai nazardan, tumandagi Qoratepa tog‘lari o‘zining tabiiy go‘zalligi va sog‘lomlashtiruvchi muhitiga ega bo‘lgan ajoyib turistlik obyektlar bilan alohida ajralib turadi. Bu tog‘larning yuqori qismida joylashgan tik yon bag‘rli qoyato‘li daralar, sayr qilish va dam olish uchun mo‘ljallangan go‘zal manzarali joylarga ega. Asosiy qism. Qoratepa tog‘lari - Zarafshon tog‘ tizmasining g‘arbiy qismi hisoblanadi. Sharqdan g‘arbga 50 kilometrdan ortiqroq, shimoldan janubga 35-40 kilometrga cho‘zilgan. Sharqiy qismidagi Chaqilikalon tizmasidan Taxtaqoracha dovoni orqali ajralib turadi. O‘rtacha balandligi 1000-1500 metr, eng baland joyi Qumg‘aza cho‘qqisi (2197 metr). Qoratepa tog‘larining yon bag‘irlari ko‘plab chuqur soy o‘zanlari, shimolda Ilonsoy, Og‘alik, Oqsoy, Sazag‘onsoy va boshqalar, Janubda Qashqadaryoning bir qancha o‘ng irmoqlari (Makrid, Oyoqchidaryo, Tarag‘ay va boshqalar) bilan kesilgan. Suvayirg‘ich qismining ba’zi joylarida maydoni kichik tekislangan yuzalar ham uchraydi. O‘rganilayotgan Qoratepa hududi o‘zining tabiiy go‘zalligi bilan alohida ahamaiyatga ega. Ushbu hududda joylashgan qishloqlar sayyohlar uchun haqiqiy tinchlik va tabiat bilan uyg‘unlikni taqdim etadi. Qoratepa tog‘ oraliq botig‘ida 4 ta qishloq joylashgan. 140 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” Omonqutan qishlog‘i o‘zining betakror tog‘ manzaralari, tabiiy resurslari bilan tanilgan. Ushbu hudud o‘zining tabiati va go‘zal landshaftlari bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Omonqutanning ajoyib tog‘lari va atrofidagi tabiat sayyohlarga dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Ushbu hududda sayohatlar davomida sayyohlar tabiiy go‘zalliklardan bahramand bo‘lishlari mumkin, shuningdek, mahalliy hayot tarzini o‘rganish, mahalliy xalqning an’anaviy yashash tarzi, milliy taomlarini tatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Mahalliy aholi bilan muloqot qilib, ularning urf-odatlari, qadriyatlari va turmush tarziga oid qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Tersak hududi esa o‘zining boy tarixiy va madaniy merosi bilan ajralib turadi. Bu yerda sayyohlar tabiatning go‘zalligini o‘rganish bilan birga, qadimiy obidalar va tarixiy joylarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tersakning tog‘li manzaralari va tabiiy xususiyatlari sayyohlarga dam olish va sayohat qilish uchun bir nechta yo‘nalishlar mavjud, bu sayyohlar uchun qiziqarli va ta’sirchan tajribalarni taqdim etadi. Sevasoyning betakror tabiatiga sayohat qilish, o‘rmonlar bo‘ylab yurish yoki daryo bo‘yida dam olish imkoniyatlari mavjud. Bu yerda sayyohlar nafaqat tabiiy go‘zalliklardan bahramand bo‘lishadi, balki ekologik turizmni rivojlantirish va tabiatni muhofaza qilish haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin. Shuningdek, Sevasoyda mavjud bo‘lgan turistik marshrutlar orqali sayyohlar o‘z vaqtlarini tabiiy go‘zalliklar orasida o‘tkazishlari, tabiatning toza va asramagan qismlarini ko‘rishlari mumkin. Bu hudud, ayniqsa, tabiiy muhiti va keng landshaftlari bilan ekologik turizmni rivojlantirish uchun juda yaxshi imkoniyatlarni yaratadi. Uzunsoy qishlog‘i tog‘lar orasida joylashgani sababli, ajoyib trekking va

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolda Samarqand viloyatining Urgut tumanida joylashgan Qoratepa tog‘larining turistik imkoniyatlari, hamda undan foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolda Samarqand viloyatining Urgut tumanida joylashgan Qoratepa tog‘larining turistik imkoniyatlari, hamda undan foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Qoratepa tog‘lari, turistik marshrutlar., tarixiy obyektlar, tog‘ turizmi, ekoturizm
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники