Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHO‘RCHI TUMANI IQLIMI VA UNING XUSUSIYATLARI
Mustofoyev Tohir Erkinovich
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada iqlim va uni hosil qiluvchi omillar, Sho‘rchi tumani iqlimiga xos bo’lgan ayrim xususiyatlar va ko‘rsatkichlar haqida umumiy ma’lumot keltirilgan. Kalit so‘zlar: iqlim, global, lokal, siklon, antisiklon, albedo, mexanik, kontinental, quyosh radiatsiyasi, atmosfera sirkulatsiyasi, Bobotog‘, Surxondaryo, yog‘in-sochin. Geografik tadqiqotlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad jamiyatning tabiatga munosabatini uning qonunlariga mutanosiblashtirish va о‘zaro muvozanatni barqarorlashtirishdan iborat. Insonning tabiatga bо‘lgan ta’siri, ya’ni uni о‘zgartirishga bо‘lgan faoliyati yil sayin kuchayib bormoqda. Bu ta’sir barcha tabiiy komponentlarda, ayniqsa, iqlim о‘zgarishi sharoitida iqlim hodisalari va kо‘rsatkichlarining о‘zgarishida yaqqol namoyon bо‘lmoqda. Iqlim shakllanishida hududga xos bо‘lgan mahalliy sharoit xususiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, iqlim – harorat, namlik, bosim, bulutlilik, -shamollar kabi meteorologik elementlarning muayyan hududga tegishli kо‘p yillik maromidir. Iqlim – geografik kenglikka bog‘liq ravishda ob-havoning muayyan joyga xos bо‘lgan kо‘p yillik maromi, ya’ni biron joyga xos ob-havo sharoitlarining va mavsumiy geografik о‘zgarishlarining yig‘indisi; u quyosh radiatsiyasi, yer sirtini qoplagan modda yoki jismlarning xususiyatlari va ular bilan bog‘liq bо‘lgan atmosfera sirkulyatsiyasi ta’sirida shakllanadi. Yer sharining turli nuqtalarida iqlimning turlicha bо‘lishi iqlim hosil qiluvchi omillarning har xil bо‘lishiga, ya’ni bu jarayonlar sodir bо‘ladigan о‘sha geografik sharoitlarga bog‘liq. Geografik omillardan eng muhimlari joyning kengligi va balandligi, dengiz sohiliga yaqin-uzokligi, orografiya va о‘simlik qoplamining xususiyatlari, qor va muzning bor-yoʻqligi, atmosferaning ifloslanganlik darajasi hisoblanadi. Bu omillar kengliklar bо‘ylab turli iqlimlarning shakllanishiga sabab bо‘ladi.[3;1-b] Iqlim shakllanishi nazariyasining rivojlanish Yer sharining atmosfera, okean, quruqlik va muzliklardagi jarayonlarning о‘zaro ta’sirini miqdoriy hisobga olishni talab qildi. Atmosfera – okean – quruqlik – kriosfera tizmi meteorologik tashkil etuvchilarining uzoq (bir necha о‘n yildan kam bо‘lmagan) vaqt davomidagi holatlari yoki rejimi global iqlim deb tushuniladi. Global iqlimning muayyan tabiiy geografik sharoitlardagi xususiy kо‘rinishi lokal (yoki mahalliy) iqlim deyiladi. Lokal iqlim – bu muayyan joyga xos bо‘lgan ob-havoning quyosh radiatsiyasi, uning yer sirtini qoplagan modda va jismlarning xususiyatidan kelib chiqib о‘zgarishlari hamda ularga bog‘liq bо‘lgan atmosfera va okeanlar sirkulyatsiyasi bilan belgilanuvchi kо‘p yillik rejimidir. Bunday tushunishda iqlim joyning tabiiy geografik xususiyatlaridan biri hisoblandi. Quyosh energiyasining asosiy о‘zgarishlari yer sirtini qoplagan moddalar va jismlarga tegib turgan holda va ularning yaqinida sodir bо‘ladi. Bu yer sirtining optik (albedo), mexanik (relyef) va issiqlik (quruqlik, suv) xossalari bо‘yicha bir jinsli emasligi uning о‘zaro yonma-yon qismlarida 137 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL meteorologik rejimlar о‘rtasidagi farqlarga olib keladi. Biroq, bu farqlar yuqoriga katta balandliklarga tarqalmaydi. Shu sababli, yer sirtining о‘lchamlari odatda yuzlab kilometrlardan katta bо‘lmagan har xil turdagi hududlari ustida katta masshtabli jarayonlar (siklon, antitsiklon, atmosfera frontlari va boshqalar)ga bog‘liq bо‘lgan ob-havo bir xil xossaga ega bо‘ladi [2;5-6b]. Yuqorida keltirilganlardan kо‘rinadiki, Shо‘rchi tumani iqlimi ham о‘ziga xos bо‘lib, uning hosil bо‘lishida kо‘plab omillar о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Jumladan, tumanning geografik о‘rni, hududidan Surxondaryoning oqib о‘tishi, Janubiy Surxon suv omborining mavjudligi, yer sirtini qoplagan moddalarning har xilligi (sug‘oriladigan yerlar, lalmi yerlar, yaylovlar, tub jinslar ochilib qolgan suvayirg‘ichlar) quyosh radiatsiyasi, relyefi va atmosfera sirkulyatsiyasini aytishimiz mumkin. Geografik о‘rni jihatidan tuman hududi Surxondaryo tabiiy geografik okrugining, asosan, markaziy va sharqiy qismida joylashgan. Hudud iqlimining shaklanishida bu juda muhim о‘rin egallaydi(1-rasm). Sho‘rchi shahri uchun o‘rtacha oylik haroratlar grafigi (2012-2024-yillar kuzatuvlarga asoslangan) 1-rasm. Ma’lumot manbasi: World Weather Online WorldWeatherOnline.com+1WorldWeatherOnline.com+1 Tuman hududining asosiy qismida suptropik iqlimga xos bo‘lgan xususiyatlar yaqqol ko‘zga tashalanadi. Jumladan, qish fasli uzoq davom etmaydi va havo harorati asosan musbat holatda bo‘ladi. Yog’inlar miqdori nisbatan yuqori bo‘lib, bunga shu kenglikka xos bo‘lgan havo massalari hudud ustida tarkib topishi sabab bo‘ladi. Bahor fasli fevral oyidan boshlanadi.Yillk yog’inning asosiy qismi mana shu faslga to‘g‘ri keladi. Yoz fasli tuman hududida may oyidan boshlanib, eng uzoq davom etadigan fasldir. Harorat nihoyatda yuqori ekanligi hamda deyarli yog‘in yog‘masligi bilan tavsiflanadi. Kuz fasli ham bahor singari qisqa davom etib, havo harorati nisbata
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada iqlim va uni hosil qiluvchi omillar, Sho‘rchi tumani iqlimiga xos bo’lgan ayrim xususiyatlar va ko‘rsatkichlar haqida umumiy ma’lumot keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada iqlim va uni hosil qiluvchi omillar, Sho‘rchi tumani iqlimiga xos bo’lgan ayrim xususiyatlar va ko‘rsatkichlar haqida umumiy ma’lumot keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mexanik, Surxondaryo, global, Bobotog‘, albedo, kontinental, antisiklon, quyosh radiatsiyasi, atmosfera sirkulatsiyasi, yog‘in-sochin., iqlim, lokal, siklon
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025