К содержанию
РецензированоUZ2025

TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA KOMPLAYENS NAZORATNI TASHKIL QILISHNING ASOSLARI VA ZARURIYATI (“AGROBANK” ATB MISOLIDA)

Xoliqov Nozir Nozim o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti.

Современная наука и исследования · 4 · 61– 72 · 2025

Аннотация

This scientific article provides an in-depth analysis of the theoretical and practical aspects of organizing a compliance control system in the activities of commercial banks. In particular, the experience of implementing this system, its main directions, legal framework and institutional mechanisms are considered on the example of Agrobank JSCB. Compliance control is considered an important tool for ensuring compliance with legislation, internal regulations, prevention of financial risks and fraud, as well as operation in accordance with international standards in banks. During the study, aspects such as how the compliance system is organized in Agrobank, the functioning of control mechanisms in branches, staff qualifications, and the implementation of KYC and AML/CFT policies were analyzed based on practical examples. Also, existing problems — for example, the need for qualified personnel, insufficient technological means, and imbalances among branches — were identified and scientifically based proposals and recommendations were developed to eliminate them. Keywords: compliance control, commercial banks, Agrobank JSCB, financial monitoring, compliance with legislation, internal control system, risk management, anti-money laundering (AML), know-your-customer policy (KYC), reliability of banking activities, control mechanisms, protection of the bank's reputation, legal framework. Kirish: So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida bank tizimini modernizatsiya qilish, xalqaro standartlarga moslashtirish va moliyaviy shaffoflikni ta’minlash borasida keng ko‘lamli 4 57 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar doirasida tijorat banklari faoliyatida komplayens nazorat tizimini joriy etish va takomillashtirish alohida dolzarb masalaga aylangan. Komplayens nazorat — bu bank ichida qonun hujjatlariga, ichki siyosat va protseduralarga to‘liq rioya etilishini ta’minlovchi boshqaruv funksiyasi bo‘lib, bankning ishonchliligi, barqarorligi va mijozlar ishonchini ta’minlashda muhim o‘rin egallaydi. Bank faoliyatida mavjud bo‘lgan xavflar, moliyaviy jinoyatlar va qonunbuzarliklar komplayens tizimining kuchli va samarali ishlashini talab etadi. Ayniqsa, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarish jarayonida komplayens tizimi asosiy vositaga aylanmoqda. Mazkur maqolada “Agrobank” ATB misolida komplayens nazorat tizimini tashkil qilish tajribasi, amaliy mexanizmlari, huquqiy asoslari hamda tizim samaradorligini ta’minlovchi omillar chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari nafaqat “Agrobank”, balki boshqa tijorat banklari uchun ham metodik tavsiya sifatida xizmat qiladi. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. Tijorat banklari faoliyatida komplayens nazoratni samarali tashkil etish zamirida chuqur nazariy yondashuvlar va xalqaro tajribalar yotadi. O‘zbekistonlik tadqiqotchilar ushbu yo‘nalishda muhim izlanishlar olib borgan. Xususan, Abdullayeva N. (2023) o‘zining “Tijorat banklarida komplayens nazoratini joriy etish mexanizmlari” nomli maqolasida milliy bank tizimidagi komplayens xizmatining huquqiy asoslari va amaliy mexanizmlarini chuqur tahlil qilgan. U pul yuvish va terrorchilikni moliyalashtirishga qarshi kurash (AML/CFT) siyosatining banklarda samarali ishlashi uchun qonunchilikning mustahkam bo‘lishini asoslab bergan. Muallif bank tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, komplayens xizmatini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha tavsiyalar bergan. Shunga yaqin yondashuvni Xusanov B. (2020) o‘z izlanishlarida ilgari suradi. “Bank ichki nazorati va komplayens tizimi: integratsiyalashgan yondashuv” nomli asarida muallif banklardagi ichki audit tizimi va komplayens nazoratini bir-birini to‘ldiruvchi nazorat vositalari sifatida ko‘rib chiqadi. U xodimlarning axloqiy kodeksga qat’iy amal qilishi, ichki protseduralarning shaffofligi va doimiy monitoring jarayonlari orqali banklar qonunchilikni buzmasdan faoliyat yuritishini ta’minlash mumkinligini ta’kidlaydi. Xusanovning yondashuvi nazariy asoslar bilan mustahkamlangan va amaliy jihatdan tavsiyalar bilan boyitilgan. Rossiyalik olimlarning tadqiqotlari ham komplayens tizimining rivojlanish bosqichlarini chuqur tahlil qiladi. Михайлова О.В. (2022) “Комплаенс-контроль в российских банках: проблемы и перспективы развития” nomli maqolasida Rossiya banklarida komplayens xizmatlarining institutsional tuzilmasini va ularning qonunchilikka moslashuvini tahlil qilgan. Muallif ayniqsa bank-mijoz munosabatlaridagi shaffoflik, huquqiy xavfsizlik va moliyaviy etikaga asoslangan yondashuvlarning zarurligini ko‘rsatadi. Shuningdek, komplayens faoliyatining regulyatorlar bilan o‘zaro hamkorligi asosiy f

Доказательный фрагмент

«This scientific article provides an in-depth analysis of the theoretical and practical aspects of organizing a compliance control system in the activities of commercial banks.»

Образец извлечения

Демо-превью

This scientific article provides an in-depth analysis of the theoretical and practical aspects of organizing a compliance control system in the activities of commercial banks. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
compliance control, commercial banks, Agrobank JSCB, financial, moliyaviy monitoring, ichki nazorat tizimi, mijozni bilish siyosati (KYC), “Agrobank” ATB, nazorat mexanizmlari, qonunchilikka rioya qilish, bank obro‘sini himoya qilish, bank faoliyatining ishonchliligi, pul yuvishga qarshi kurash (AML), huquqiy asoslar., tijorat banklari, komplayens nazorat, risklarni boshqarish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники