Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FARG‘ONA VODIYSIDA MASJIDLARNING DASTLABKI SHAKLLANISHI
SCIENCE SHINE · Sherzod Qoraboyev
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
It is important for the reader to understand the early construction of mosques in the Fergana Valley and how mosques functioned not only as places of worship, but also as centers of science and spiritual education.. Key words: mosque, architecture, hadith, madrasa, tradition, customs, Muslims, architecture, science, ethics. Farg‘ona vodiysi islom dini kirib kelgan eng qadimiy hududlardan biri bo‘lib, masjidlar uning madaniy va diniy hayotining ajralmas qismiga aylangan. Farg‘ona vodiysida masjidlarning shakllanishi, ularning arxitekturasi, ijtimoiy va diniy roli tarixiy rivojlanish jarayoniga bog‘liq holda o‘rganilishi lozim. Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysida islomning kirib kelishi bilan masjidlarning shakllanishi, arxitekturasi va ijtimoiy ahamiyati tahlil qilinadi. O‘zbekiston xalqining boy tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi noyob va nodir madaniy merosini asrab-avaylashni kuchaytirish, sohani raqamlashtirish, innovatsion rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jahonning ilg‘or tajribalarini samarali qo‘llash va ularni jahon hamjamiyatiga tanishirish ishlarini izchil davom ettirishga huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi.40 40 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6199-son Farmoni . 382 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 Islom VII asrda Arab xalifaligi tomonidan Markaziy Osiyoga, jumladan Farg‘ona vodiysiga kirib keldi. Qur’on va hadislarni o‘rgatish, ibodat qilish va musulmonlar jamiyatining diniy hayotini tashkil etish maqsadida masjidlar qurila boshlandi. Farg‘ona vodiysida dastlabki masjidlar kichik, oddiy tuzilishga ega bo‘lib, odatda g‘isht yoki yog‘ochdan qurilgan edi. Bu masjidlar jamoaviy ibodatlar uchun joy bo‘lib, diniy va ijtimoiy hayotning markazlari sifatida ishlagan. Farg‘ona vodiysidagi dastlabki masjidlar arxitekturasida o‘sha davrning mahalliy qurilish uslublari va islomiy me’morchilikning birlashgan jihatlari ko‘zga tashlanadi. Dastlabki masjidlarning eng asosiy xususiyati ular oddiy va funktsional bo‘lib, ibodat uchun zarur bo‘lgan minimal shart-sharoitlarni ta’minlagan. Keyinchalik, masjidlar nafaqat ibodat joylari, balki ilm-fan va ma’naviy tarbiya markazlari sifatida ham faoliyat ko‘rsatgan. O‘zbekistonning turli hududlaridagi masjidlar o‘ziga xos arxitekturaviy elementlarga ega bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan yanada murakkablashtirilgan va bezatilgan. Jumladan M.Tursunov o’z asarida Farg‘ona vodiysidagi ayrim masjidlar haqida qisqacha ma’lumotlar bergan, ammo bu asarda asosiy urg‘u Buxoro va Samarqand yodgorliklariga qaratilgan41, A.Abdurahmonov maqolasida Qo‘qon, Marg‘ilon va Andijon masjidlarining me’mory rivoji va ularning diniy roli haqida to‘xtalib o’tgan42, Sh.To‘xtayev magistrlik dissertatsiyasida ayrim masjidlarning tarixi, restavratsiya ishlari va diniy faoliyatini yoritgan43. X asrda Farg‘ona vodiysida islom madaniyatining rivojlanishi bilan masjidlar yanada o‘zgarib, ilmiy va diniy markazlarga aylanadi. Bu davrda masjidlar atrofida madrasa va kutubxonalar qurilib, ilm-fan va ta’lim tarbiyasi uchun muhim joylarga aylandi. Ayniqsa, madrasalarda ilmiy va diniy ta’lim o‘qitilgan va musulmon olimlar tomonidan yangi ilmiy ishlanmalar yaratilgan. Farg‘ona vodiysida islom dini bilan birga ibodat joylari – masjidlar ham paydo bo‘la boshladi. Ilk masjidlar oddiy qurilish uslubida, ko‘pincha mahalliy arxitektura an’analari asosida barpo etilgan. Dastlabki masjidlar ko‘pincha yog‘ochdan yoki pishiq g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, kichik hajmli va jamoaviy ibodat uchun mo‘ljallangan edi. Masjidlar nafaqat ibodat joyi, balki ilm-fan va ma’naviy tarbiya markazi sifatida ham faoliyat yuritgan. Ayniqsa, IX-X asrlarda, Somoniylar davrida, masjidlar 41 Tursunov, M. (2017). O‘zbekistondagi tarixiy masjidlar. Toshkent: Ma’naviyat. 42 Abdurahmonov, A. (2015). “Farg‘ona vodiysida islomiy me’morchilik taraqqiyoti” // Sharq yulduzi, №4, 78–85- betlar. 43 To‘xtayev, Sh. (2020). Farg‘ona viloyatidagi diniy obidalar tarixi. Magistrlik dissertatsiyasi, Farg‘ona davlat universiteti. 383 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 atrofida madrasa va kutubxonalar qurilishi boshlangan. Farg‘ona vodiysida Ko‘hna Qo‘qon, Marg‘ilon va Namangan kabi shaharlar islomiy ilm-fan markazlariga aylangan. Arxitektura nuqtai nazaridan dastlabki masjidlar gumbazsiz, keng hovli va ayvonli tarzda qurilgan. Keyinchalik arab va fors me’morchilik uslublari bilan uyg‘unlashgan murakkab masjidlar barpo etila boshlandi. Qo‘qon Jome Masjidi — Farg‘ona vodiysining eng yirik va tarixiy jihatdan muhim ibodat joylaridan biridir. 1819–1822 yillarda Qo‘qon xoni Umarxon tomonidan qurilgan ushbu masjid kompleksiga masjid, madrasa, minora va minora kiradi. Qurilish ishlarini Ura-Tyube shahridan kelgan mashhur me'mor boshqargan. Masjidning g‘ishtdan qurilgan mi
Доказательный фрагмент
«It is important for the reader to understand the early construction of mosques in the Fergana Valley and how mosques functioned not only as places of worship, but also as centers of science and spiritual education..»
Образец извлечения
Демо-превьюIt is important for the reader to understand the early construction of mosques in the Fergana Valley and how mosques functioned not only as places of worship, but also as centers of science and spiritual education.. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mosque, architecture, hadith, madrasa, tradition, customs, Muslims
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026