Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING HUQUQIY ONGINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI
SCIENCE SHINE · Zaripova Mohinabonu O‘ktam qizi
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
The article analyzes advanced foreign experiences in developing legal awareness at the primary education level and outlines the directions for adapting these practices to the national education system. Using examples from different 333 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 countries, it highlights methods for fostering legal thinking in children, integrated educational approaches, modern tools, and provides practical conclusions. Keywords: legal awareness, legal education, primary education, foreign experience, civic education, Uzbekistan's education system, interactive methods, children's rights, rule of law. Bugungi globallashuv davrida shaxsning huquqiy ongini erta yoshdan shakllantirish masalasi ko‘plab davlatlar ta’lim siyosatida muhim o‘rin tutmoqda. Ayniqsa, boshlangan jarayonni maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim bosqichida boshlab, o‘quvchilarning huquqiy bilimlari, ijtimoiy mas’uliyati va qonunlarga hurmatini mustahkamlash yo‘nalishida ko‘plab ilg‘or xorijiy tajribalar shakllangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yosh avlod tarbiyasi va huquqiy ongini oshirish bo‘yicha ko‘plab marotaba fikr bildirganlar. Xususan, u kishi quyidagicha ta’kidlaydilar: “Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishni boshladik. Bu yo‘lda eng katta kuchimiz – bu bilimli, huquqiy ongli va vatanparvar yoshlar bo‘ladi.” “Huquqiy madaniyat avvalo oiladan, bog‘chadan, maktabdan boshlanishi kerak. Bolani yoshligidan qonun va tartibga hurmat ruhida tarbiyalamasak, u ertaga befarq bo‘lib qoladi.” Bu fikrlar shuni ko‘rsatadiki, huquqiy tarbiya maktab tizimining boshlang‘ich bosqichidan boshlab yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekistonda ham ustuvor vazifa etib belgilanmoqda. Quyida xorijiy davlatlarning boshlang‘ich ta’lim bosqichida huquqiy ongni shakllantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarini tahlil qilsak: Amerika Qo‘shma Shtatlari tajribasida: huquqiy tarbiya ta’lim tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda "Citizenship Education" (fuqarolik ta’limi) fani orqali o‘quvchilarga konstitutsiya, inson huquqlari, erkinlik, adolat, majburiyatlar haqida dastlabki tushunchalar beriladi. O‘quvchilar real hayotga yaqin misollar asosida sinfdagi qoidalarni o‘rganish, demokratik qarorlar qabul qilish, bahs-munozarada ishtirok etish orqali huquqiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi. Shuningdek, mahalliy sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tashkil etiladigan darsdan tashqari mashg‘ulotlar, "mini-sud jarayonlari" o‘quvchilar uchun samarali vosita hisoblanadi. Buyuk Britaniya tajribasida: Buyuk Britaniyada boshlang‘ich ta’limda huquqiy ong “Personal, Social, Health and Economic education” (PSHE) fanida o‘rgatiladi. Mazkur fan orqali o‘quvchilarga jamiyatda o‘zini tutish, qonunlarga bo‘ysunish, jamiyatdagi rollar, mas’uliyat, tenglik, zo‘ravonlikka qarshi turish kabi mavzular 334 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 yoritiladi. Shuningdek, “British Values” (Britaniya qadriyatlari) kontseptsiyasi asosida huquqiy ong bilan birga tolerantlik, demokratiya, qonun ustuvorligi singari qadriyatlar singdiriladi. Interaktiv metodlar, bahs-munozaralar, loyihalar asosida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash va fuqarolik pozitsiyasi shakllantiriladi. Finlyandiya tajribasida: o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu davlatda huquqiy tarbiya alohida fan sifatida emas, balki barcha fanlarga integratsiyalashgan tarzda beriladi. Masalan, atrof-muhitni asrash, tenglik, odamlararo munosabatlar, fikr erkinligi, bolalarning huquqlari kabi masalalar har bir dars mavzusida muhokama qilinadi. Finlyandiyada bolalarga mustaqil fikr yuritish, o‘z huquqlarini tan olish, shaxsiy mas’uliyatini anglash ko‘nikmalari tarbiyalanadi. O‘qituvchilar uchun esa har yili yangilangan huquqiy tarbiya bo‘yicha metodik qo‘llanmalar taqdim etiladi. Yaponiya tajribasida: maktablarda huquqiy ongni shakllantirish “morality education” (axloqiy ta’lim) fani doirasida amalga oshiriladi. O‘quvchilar odob-axloq, halollik, mas’uliyat, jamiyatga foydali bo‘lish, o‘z huquq va majburiyatlarini tushunish orqali huquqiy ongni shakllantiradilar. Har bir maktabda darsdan tashqari mashg‘ulotlar orqali “jamiyatda to‘g‘ri yashash” qoidalari o‘rgatiladi. Huquqiy bilimlar ko‘proq real hayotiy vaziyatlar asosida beriladi: avtobusda yurish qoidalari, bolalar bog‘chasidagi munosabatlar, do‘stlik va xatti-harakatning oqibatlari orqali o‘rgatiladi. Bunda milliy urf-odatlarga tayangan axloqiy qadriyatlar asosida huquqiy tarbiya yo‘lga qo‘yilgan. Germaniya tajribasida: maktabgacha ta’limdan boshlab bolalarga huquqiy tarbiya berishga e’tibor kuchli. Boshlang‘ich maktablarda “sozlamaviy tarbiya” (Erziehung zur Rechtsstaatlichkeit) orqali qonunlar, tartib-qoidalar, inson huquqlari, tenglik va erkinlik tushunchalari izchil o‘rgatiladi. O‘quvchilar sinf ichidagi vaziyatlar orqali qonuniylik va odillikni tushunishga o‘rgatiladi
Доказательный фрагмент
«The article analyzes advanced foreign experiences in developing legal awareness at the primary education level and outlines the directions for adapting these practices to the national education system.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes advanced foreign experiences in developing legal awareness at the primary education level and outlines the directions for adapting these practices to the national education system. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- legal awareness, legal education, primary education, foreign
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025