К содержанию
РецензированоUZ2025

FUQAROLIK HUQUQIDA KAFOLAT: NAZARIY ASOSLARI, HUQUQIY TABIATI VA O'ZIGA XOS JIHATLARI

SCIENCE SHINE · Abdullayeva Azizaxon Abdujalil qizi · Ergashev Oybek Qaxramon o‘g‘li

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

This article examines the role and significance of cultural values in shaping the moral qualities of young people. It analyzes the interrelationship between culture, moral values, and the educational process. The study emphasizes that understanding and integrating national cultural heritage, customs, and traditions into modern life is a key factor in fostering moral development among youth. The article explores the influence of cultural values on moral education and outlines effective approaches to organizing this process based on ethical principles that encompass both national and universal values. It is argued that instilling such values as justice, honesty, compassion, and love into the consciousness of young people can significantly contribute to their moral and spiritual growth. Keywords: spirituality, culture, youth, moral qualities, values. Bugungi kunda insonning turmush tarzini ijtimoiy-madaniy faoliyat yutuqlarisiz tasavvur etish qiyin. Bu holat bejiz emas, zero, o‘zbek xalqi qadimdan ma’naviy madaniyatga alohida e’tibor bilan yondashib kelgan. Insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida yuksak madaniy-ma’naviy qadriyatlar shakllangan va ulkan tajriba 225 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 to‘plangan. Buyuk ajdodlarimiz o‘z davrida erishgan bebaho ma’naviy-ma’rifiy merosni kelajak avlodlarga omonat sifatida qoldirib ketganlar. Ushbu vorislik zamonaviy yoshlarning ongida tarixga hurmat, ajdodlarga ehtirom va milliy g‘urur tuyg‘ularining shakllanishiga xizmat qiladi. Professor Q.Nazarov qadriyat tushunchasini “voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini kо‘rsatish uchun qо‘llanadigan falsafiy-sotsiologik va aksiologik tushuncha” [1; 279-б] deya ta’kidlagan. Katta rus entsiklopediyasida “qadriyatlar” toifasi “hodisaning ijobiy yoki salbiy qiymati yoki atrofdagi haqiqat ob'ekti” [2] sifatida qaraladi. Bu inson faoliyati sohasida ishtirok haqiqatini aks ettirishi ifodalaydi. Baholash ushbu faoliyatning ahamiyati g‘oyada aks etadi xulq-atvor normalari, maqsadlari, ideal, umumiy qabul qilingan me’yorlarga o‘rnatishni anglatadi. Qadriyatlar mavzusining tarixiy ildizlari va insoniyatga hos qadrlash tamoyillari shakllanishi uzoq o‘tmishga ega. G‘arb olimlari bu borada, asosan, Yevropa madaniy merosi va g‘oyalariga tayanadilar, ko‘plab allomalarning nomlarini tilga oladilar [3; 197-200-б]. G‘arbda qadriyatlar bilan shug‘ullanadigan falsafiy soha -Aksiologiya (aksio -qadriyat, logos -ta`limot) fanining shakllangani ham ularning bunday qarashlari uchun muayyan asos bo‘ladi. Tadqiqotchi. Berdyaev.N.A ma'naviy qadriyatlar borasida to‘xtalib “ular ijtimoiy hayot va uning qadriyatlaridan yuqori darajada turib, undagi har bir madaniy jarayon o‘zgacha ahamiyat kasb etadi” [4; 192 c] deya ta’kidlagan Hozirgi kunda jamiyat hayotida ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy o‘zgarishlarga qaramay, tarixiy merosdan oqilona foydalanish, uni yanada boyitish va rivojlantirish zaruriy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tub islohotlar milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash, huquq- tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, davlat suverenitetini mustahkamlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash kabi ustuvor yo‘nalishlarda yuksak natijalar berdi. Bu islohotlar xalqimizning farovon hayot kechirishi, fuqarolar bunyodkorlik salohiyatining ro‘yobga chiqishi uchun muhim asos bo‘lib xizmat qildi. Tarix – bu faqat voqealar yig‘indisi emas, balki inson tafakkuri va ijtimoiy ong mahsulidir. O‘tmishdagi har bir voqea o‘z davridagi ijtimoiy, siyosiy, madaniy va ruhiy muhit ta’sirida yuz berganini anglash muhimdir. Asrlar osha taraqqiyot sahifalarini varaqlar ekanmiz, ularning mazmunini teran anglash, ulardagi mantiqiylik va zamonaviylik ruhini idrok etish har bir insondan ziyraklik va chuqur 226 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 tafakkurni talab qiladi. Tarixni o‘rganish bizni fikrlashga, xulosa chiqarishga, o‘tmishdan saboq olib, kelajakni ongli tarzda qurishga chorlaydi. Ajdodlarimiz tarixni faqat o‘tmishning dalil va hujjati sifatida emas, balki buyuk murabbiy, ma’naviy saboq manbai, milliy g‘urur va faxr timsoli sifatida qadrlaganlar. Mustaqillik davrida milliy tariximizning nufuzi oshib, u bugungi avlodning ma’naviy kamolotida muhim o‘rin egallamoqda. Milliy g‘oya insonparvarlik, inson sha’ni va qadr-qimmatini ulug‘lash, huquq va erkinliklarni ta’minlash tamoyillariga asoslanadi. Inson hayoti oliy qadriyat sifatida e’tirof etiladi. Ushbu tamoyillar O‘zbekistonning demokratik rivojlanish istiqbolini belgilab beradi va faqat vaqtinchalik emas, balki uzoq muddatli strategik yo‘nalish sifatida namoyon bo‘ladi. Milliy g‘oya ikki asosiy negizga tayanadi: birinchisi, o‘zbek xalqining tarixiy tajribasi, madaniy merosi, urf-odatlari va a

Доказательный фрагмент

«This article examines the role and significance of cultural values in shaping the moral qualities of young people.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the role and significance of cultural values in shaping the moral qualities of young people. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
spirituality, culture, youth, moral qualities, values
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники