К содержанию
РецензированоRU2025

SHUKRULLO YUSUPOV HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATIGA BIR NAZAR

SCIENCE SHINE · Robiyaxon Sobitova Salohiddin qizi · Qo‘qon DU talaba

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

В статье рассказывается о жизни и творческой деятельности выдающегося писателя узбекской литературы Шукрулло Юсупова, его литературном наследии, о том, как многие интеллектуалы стали жертвами репрессий прошлого века. Kalit so‘zlar: Shukrullo Yusupov, qatag‘on, surgun, millatchilik, adabiy meros, ijodiy faoliyat, “Kafansiz ko‘milganlar”, avtobiografik roman, mustabid tuzum. Keywords: Shukrullo Yusupov, repression, exile, nationalism, literary heritage, creative activity, “buried without the Shroud”, autobiographical novel, despotic regime. Ключевые слова: Шукрулло Юсупов, репрессии, ссылка, национализм, литературное наследие, творческая деятельность, “похороненные без Плащаницы”, автобиографический роман, деспотический режим. O‘zbek adabiyotining taniqli vakillaridan biri, iste’dodli shoir, nosir, dramaturg, publisist va tarjimon sifatida o‘zbek adabiy-badiiy merosida o‘zining salmoqli ijodiy faoliyati bilan alohida o‘ringa ega bo‘lgan Shukrullo Yusupovning umr manzarasi ijodiy olamiga monand – sabr, ilhom va iztiroblar bilan to‘la bir umid yo‘li bo‘ldi. Adib qariyb bir asrlik hayoti mobaynida to‘qson to‘qqiz bahorni qarshi oldi. Shukrullo Yusupov 1921-yilning 2-sentyabrida Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida tug‘ilgan. Maktab ta’limidan so‘ng pedagogika bilim yurtida, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida, Davlat universititi qoshidagi aspiranturada tahsil olgan. Kasbiy faoliyati davomida turli gazeta va jurnallarda, 119 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 nashriyotlarda ishlab, o‘qituvchilik ham qildi, Yozuvchilar uyishmasida adabiy maslahatchi sifatida ish olib bordi. Adib shoir sifatida o‘nlab she’riy to‘plamlar(“Birinchi daftar”, “Qalb qo‘shiqlari”, “Hayot ilhomlari”, “Umrim boricha”, “Inson va yaxshilik”, “Inson — inson uchun”, “Bahor sovg‘asi” (1962), “Yulduzlar”(bolalarga bag‘ishlangan)(1964), “Zarralar”(ruboiylar to‘plami) (1973), “Suyanchiq” (1977), “Yashagim keladi” (1978), “Sening baxting”) va bir qancha dostonlar(“Chollar”(yangi yerlarni o‘zlashtirishga kirishgan zamondoshlari obrazini yaratgan), “Rossiya”, “Ikki qoya”, “26-tong otari”) muallifi bo‘lsa, nosirlikda o‘zining qissa(“Javohirlar sandig‘i”(1983)) va romanlari(“Kafansiz ko‘milganlar” (1989) xotira-romani, “Tirik ruhlar” (1999) (Ubaydulla Xo‘jayev to‘g‘risidagi roman-xronikasi)), dramaturg sifatida o‘zbek teatrlarda sahnalashtirilgan bir qancha dramalari(“Xatarli yo‘l”, “Tabassum o‘g‘rilari”(1977), “O‘g‘rini qaroqchi urdi” (1984)), shuningdek, publisistik maqolalari(“Qasosli dunyo” (falsafiy maqolalar to‘plami)) bilan e’tiborga tushgan. Asarlari rus, arab, turk, ozarbayjon, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz singari qator tillarga tarjima qilindi. Shukrullo ijodining asosiy yo‘nalishlaridan biri — insoniy qadriyatlarni ulug‘lashdir. Uning lirik she’rlari o‘zbek poeziyasida mehr, vafo, sadoqat, ezgulik kabi ruhiy-axloqiy tushunchalarning yorqin ifodasidir. Shoir sevgini faqat ikki qalb o‘rtasidagi tuyg‘u sifatida emas, balki hayotni anglash, uni to‘laqonli his qilish vositasi sifatida talqin etadi. U mehr va sadoqatni inson qalbining eng go‘zal fazilatlari sifatida ko‘rsatadi va bu qadriyatlar orqali jamiyatda ma’naviy uyg‘onish zarurligini ilgari suradi. Shukrullo she’riyati o‘quvchini hayotga befarq bo‘lmaslikka, atrofida kechayotgan voqea-hodisalarni teran anglashga chorlaydi. Shoir o‘z asarlarida dangasalik, loqaydlik, kalondimog‘lik, hasad, g‘araz kabi illatlarni keskin qoralaydi va ularga qarshi qat’iy ichki norozilik uyg‘otishga harakat qiladi. Bu illatlar jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘lishini, insonni ichki inqirozga olib borishini lirik tilda, kuchli hissiy ta’sir vositalari orqali ifodalaydi. Shukrullo lirik qahramoni ko‘pincha o‘z ichki olami, kechinmalari, orzu va armonlari bilan yashaydi. Ammo bu kechinmalar tor shaxsiy doirada emas, balki inson va tabiat, inson va jamiyat o‘rtasidagi murakkab, uzviy munosabatlar orqali talqin etiladi. Shoir bu orqali o‘quvchini faqat o‘zini emas, butun borliqni, odamlar bilan bo‘lgan munosabatini chuqur anglashga undaydi. Tabiat manzaralari, mavsumlar almashinuvi, hayotning oddiy detallarigacha bo‘lgan tasvirlar orqali lirik obrazning ichki olami yoritiladi. Bu holatlarda she’r tabiat bilan inson qalbining uyg‘unligiga xizmat qiluvchi badiiy ko‘prikka aylanadi. 120 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 Umuman olganda, Shukrullo she’riyatida insoniy ruhiyat, axloqiy tozalik va ma’naviy poklik g‘oyalari bosh g‘oya sifatida ilgari suriladi. Uning lirik qahramoni nafaqat o‘z hayoti, balki jamiyatdagi o‘rni, boshqalar bilan bo‘lgan munosabatlari haqida ham chuqur mulohaza yuritadi. Shoir o‘z she’rlari orqali ma’naviy yuksalish sari chorlovchi, ruhiy uyg‘onishga undovchi kuchli badiiy ohang yaratadi. Ijodkor Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti lauriati (1994). «Do‘stlik» (1994) va «El-yurt hurmati» (1999) ordenlari bilan mukof

Доказательный фрагмент

«В статье рассказывается о жизни и творческой деятельности выдающегося писателя узбекской литературы Шукрулло Юсупова, его литературном наследии, о том, как многие интеллектуалы стали жертвами репрессий прошлого века.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассказывается о жизни и творческой деятельности выдающегося писателя узбекской литературы Шукрулло Юсупова, его литературном наследии, о том, как многие интеллектуалы стали жертвами репрессий прошлого века. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Shukrullo Yusupov, repression, exile, nationalism, literary heritage
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники