К содержанию
РецензированоRU2025

PIYOZ AGROBIOSENOZIDA UCHRAYDIGAN ZARARKUNANDALAR BIOEKOLOGIYASI VA ULARGA QARSHI MOSLASHTIRILGAN HIMOYA QILISH TIZIMI

SCIENCE SHINE · QILISH TIZIMI · Sh. Esanbayev · Qushaqov Azizbek Nurmamat o‘g‘li

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

This article discusses the major pests of onion crops (Allium cepa L.), their biological characteristics, distribution factors, and species composition Keywords: onion, pests, biology, integrated pest management, thrips, onion fly, agro-techniques. Kirish: Bаrchа sаbzаvоtlаr insоn hаyotidа o‘z o‘rnigа egа, аmmо piyoz o‘simligini tutgаn o‘rni bоshqаlаrgа nisbаtаn o‘zgаchаdir. Piyoz iste‘mоldа kаttа аhаmiyatgа egа bo‘lgаn sаbzаvоtlаrdаn biri ekаnligi ko‘pchilikkа mа‘lum. Bungа аsоsаn sаbаb, uni yangiligichа, qаytа ishlаb iste‘mоl qilinishi bilаn birgа kоnservа sаnоаti uchun хоm-аshyo bаzаsi bo‘lishligidir [9]. Bоsh piyoz – piyozli o‘simliklаr turilаri ichidа eng ko‘p tаrqаlgаni hisоblаnib, uning 1000 dаn оrtiq nаvlаri mаvjuddir, shulаrdаn 100 оrtig‘i MDH mаmаlаkаtlаridа tаrqаlgаn[20]. Piyoz yetishtirilаdigаn mаydоni, hоsildоrligi vа yalpi hоsilni ko‘pligi jihаtidаn yetishtirilаdigаn sаbzаvоtlаr 278 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 qаtоridа yetkаchi o‘rinlаrdаn birini egаllаydi. Piyoz (Allium cepa L.) O‘zbekistonda ekiladigan eng muhim sabzavot ekinlaridan biri bo‘lib, xalq iste’molida, konservalashda va eksport salohiyatida muhim o‘rin egallaydi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, yurtimizda har yili 50 ming gektardan ortiq maydonda piyoz yetishtiriladi va bu ekin agrar sektorda iqtisodiy ahamiyatga ega hisoblanadi (Rasulov A.Q., 2012). Piyozning barqaror va yuqori hosilini ta’minlashda uni zararkunandalardan himoya qilish muhim omillardan biridir. Ayniqsa, agroiqlim sharoitiga moslashgan turli entomofauna vakillari — piyoz pashshasi (Delia antiqua), trips (Thrips tabaci), piyoz oq chivinlari (Eumerus spp.), piyoz so‘ruvchilari va kanalar yilning turli bosqichlarida o‘simlikka zarar yetkazib, hosildorlikni 30–60% gacha kamaytirishi mumkin (To‘ychiyev A.T., Yusupov A.A., 2008).Ushbu zararkunandalarning biologik xususiyatlari, populyatsion o‘zgaruvchanligi va ko‘payish fenologiyasi agrotizimga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, ularning tarqalishida intensiv agrotexnika, almashlab ekishning yetarli darajada olib borilmasligi, haddan tashqari pestitsid qo‘llanilishi sababli tabiiy dushmanlarning kamayishi kabi omillar asosiy rol o‘ynaydi (Juraev A.T., Sharipov M.Q., 2015).Shu bois, piyoz ekinini zararkunandalardan samarali himoya qilishda integratsiyalashgan yondashuv — ya’ni IHT (integratsiyalashgan himoya tizimi) ni qo‘llash bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. IHT zamonaviy agrotexnika, ekologik xavfsiz himoya vositalari, biologik usullar, monitoring texnologiyalari va zararkunandalarning rivojlanish bosqichiga mos kimyoviy vositalar bilan uyg‘unlashgan holda olib borilishini nazarda tutadi (Rasulov A.Q., 2012; FAO, 2021).Mazkur maqolada piyoz ekinining asosiy zararkunandalari, ularning turlari, biologiyasi va agroiqlim sharoitida ularning faollik davrlari tahlil qilinadi. Shuningdek, bu zararkunandalarga qarshi moslashtirilgan himoya tizimini yaratish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar keltiriladi. Piyoz O‘zbekistonda asosiy sabzavot ekinlaridan biri bo‘lib, hosildorlikka jiddiy xavf soluvchi zararkunandalar mavjud. Bularni erta aniqlash va ularga qarshi to‘g‘ri tizimlashtirilgan kurash zarur. Materiallar va uslublar:Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti, shuningdek, Toshkent davlat agrar universitetining “Entomologiya va o‘simliklarni himoya qilish” kafedrasida tavsiya etilgan uslubiy qo‘llanmalarga asoslangan holda olib borildi.Asosiy manba sifatida quyidagi uslubiy qo‘llanmalarga tayandik: To‘ychiyev A.T., Yusupov A.A. (2008). O‘simliklar entomofaunasi va ularning monitoringi uslublari. – T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti. Rasulov A.Q. (2012). O‘simliklarni himoya qilishda amaliy usullar. – 279 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 Samarqand: SamDU nashriyoti, [3.148 b.]Juraev A.T., Sharipov M.Q. (2015). Sabzavot ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashning biologik asoslari. – T.: “Iqtisodchi” nashriyoti, 132 b.Ushbu uslubiy qo‘llanmalarga muvofiq, dala tadqiqotlari 2022–2024-yillarda Toshkent viloyatining Zangiota va Qibray tumanlarida joylashgan fermer xo‘jaliklari bazasida o‘tkazildi. Piyoz ekinlarida zararkunandalar soni, turlari va zararlanish bosqichlarini aniqlash uchun yopishqoq tuzoqlar, bevosita o‘simlikdan ko‘zdan kechirish, laboratoriya diseksiyasi va feromonli monitoring metodlari qo‘llanildi. Natijalar va ularning muhokamasi: 2024-yilda Toshkent viloyati hamda undan tashqaridagi ayrim fermer xo‘jaliklarida olib borilgan dala kuzatuvlari natijasida piyoz ekinlarida bir nechta entomofauna vakillari aniqlanib, ularning o‘sish bosqichlari, tarqalish holati va zarar yetkazish darajasi o‘rganildi. Quyida ularning turlari, biologik sinfi, oilasi, ilmiy (lotincha) nomi va zarar xususiyatlari bayon qilinadi. 280 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 1-rasm. Piyoz pashshasini uc

Доказательный фрагмент

«This article discusses the major pests of onion crops (Allium cepa L.), their biological characteristics, distribution factors, and species composition Keywords: onion, pests, biology, integrated pest management, thri…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the major pests of onion crops (Allium cepa L.), their biological characteristics, distribution factors, and species composition Keywords: onion, pests, biology, integrated pest management, thri… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
onion, pests, biology, integrated pest management, thrips, onion fly
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники