Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
BOLALARNI KITOB O‘QISHGA QIZIQTIRISH: OMILLAR, USULLAR VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Nazarov Islombek · Imomnazarova Mavluda · Rafiqova Madina
Исследователь · 145-152 · 2025
Аннотация
Anotatsiya Ushbu maqola bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish omillari va samarali usullarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida bolalarning yosh xususiyatlari, psixologik ehtiyojlari, oila muhiti va ta’lim muassasalarining kitobxonlik madaniyati shakllanishidagi roli chuqur tahlil qilindi. O‘qishga qiziqish bolaning shaxsiyati va atrof-muhit ta’siri bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ota-onalar va o‘qituvchilarning faol ishtiroki uning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan. Maqolada shuningdek, kitob o‘qishga qiziqtirishda interaktiv pedagogik metodlar — viktorinalar, tanlovlar, rolli o‘yinlar, dramatizatsiya va hikoya asosida suhbatlar kabi usullar samarali vositalar sifatida ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy raqamli texnologiyalar, xususan, elektron kitoblar, audiokitoblar va o‘quv ilovalari orqali kitobxonlikni rag‘batlantirish imkoniyatlari ham batafsil o‘rganildi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tashkil etiladigan onlayn kitobxonlik klublari yoshlarning kitobga qiziqishini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot natijalari bolalarni kitobxonlikka jalb qilishda an’anaviy va innovatsion yondashuvlarning uyg‘un qo‘llanishi zarurligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, oila, maktab va jamiyat o‘rtasida samarali hamkorlikni rivojlantirish, shaxsiy motivatsiyani oshirish va ta’lim jarayonida kitob o‘qish madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Maqola ta’lim sifati va bolalarning umumiy rivojlanishi uchun kitob o‘qishga qiziqtirishning muhimligi va zamonaviy metodlarning ahamiyatini ta’kidlaydi.
Доказательный фрагмент
«Anotatsiya Ushbu maqola bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish omillari va samarali usullarini o‘rganishga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюAnotatsiya Ushbu maqola bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish omillari va samarali usullarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: Bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyati, rag‘batlantirish metodlari, interaktiv o‘qish usullari, raqamli texnologiyalar, elektron kitoblar, audiokitoblar, ta’limda innovatsiyalar, kitobxonlik motivatsiyasi, oila va maktab hamkorligi.
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026