Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TEXNOLOGIK TA’LIM JARAYONIDA LOYIHALASHNING O’RNI VA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH METODIKASI
Zokirova Nargiza Akbarjonovna
Исследователь · 2026
Аннотация
This article is about increasing the efficiency of the educational process by using new methods of teaching students of higher educational institutions, including the design method, and it shows the role and most advantageous aspects of this method. Key words: Design, technology, method, efficiency, educational process, innovative approach, design stage and methods. Аннотация: Данная статья посвящена повышению эффективности образовательного процесса за счет использования новых методов обучения студентов высших учебных заведений, в том числе метода проектирования, и показывает роль и наиболее полезные стороны этого метода. Ключевые слова: Проектирование, технология, метод, эффективность, образовательный процесс, инновационный подход, этап и методы проектирования. Bugungi kun zamonaviy ta’limini zamonaviy usul va metodlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bir qarashda oddiydek ko’ringan loyihalash texnologiyasi ham o’quv jarayonida samardorlikni yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Shu o’rinda bu texnologiyaning asl negizi, uni amalga oshirish shakllari, ko’zlanadigan natija va bu metod orqali ta’limga olib kiriladigan unsurlar haqida fikr yuritamiz. Loyihalash (lotincha, projectus – olg’a tashlangan fikr, g’oya, obraz ) metodi o’z nomi bilan kelgusidagi ishlarni amalga oshirishda rejalashtirish bo’lib, proyekt ma’lum bir hisob- kitoblarga, chizmalarga va boshqalarga asoslangan holda tavsiflash, bayon qilish shaklida mujassamlashgan g’oya, fikrning ifodasidir. Loyihalash texnologiyasi ta’limda o’qituvchi va talabani birdek ishlashga, talabada mustaqillikni yanada oshirishga xizmat qilar ekan, bu o’rinda undan kutiladigan natijalar ham yangilik sifatida qaralishga munosib ishlar bo’lishini nazarda tutadi. Loyihalash metodlari orqali o’qitishda quyidagi natijadorliklar hosil bo’ladi: https://scientific-jl.com 1 8 6 66-son_1-to’plam_Iyul-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali - O’qituvchining kuzatuvchi va yo’l boshlovchi sifatidagi ishtiroki, talabalarning esa asosiy loyiha mualliflari, loyihani bajaruvchilari bo’lib ishlashlari; - Har bir talabaning ma’lum dolzarb yoxud kichik muammoni aniqlab, uning uchun bajariladigan ishlar rejasi hamda yechimini topishiga alohida o’qituvchi tomonidan e’tibor berilishi; - Birgina katta muammoga ham turlicha usullar orqali yondashuvni ta’minlash zamirida mukammal loyiha ishlarini yarata olish tajribalari paydo bo’lishi; - Fikrlashi, qobiliyati, bilim darajasi bir-biriga yaqin talabalardan kichik guruhlarni tashkil etish va bu asosida lohiyalash jarayonidagina emas, balki boshqa jamoaviy ishlarda ham bir xil tipdagi talaba guruhi bilan ishlashni osonlashtirish. Hozirgi ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan, jahon pedagogikasining ilg’or metodlaridan samarali foydalanish dolzarb masalalardan bo’lib, loyihalash ta’limning ilg’or usullarini o’zida mujassamlashtirgan. Loyihalash o’quv mashg’uloti jarayonida mavjud tajribani o’zlashtirish va ta’limning barcha bosqichlarida qo’llashdek muhim vazifa turadi. Loyihalash - oldindagi faoliyat modelini tuzish, mavjud sharoitlarda o’rnatilgan vaqt mobaynida yo’l va vositalarni tanlash uchun, maqsadga erishish bosqichlarini ajratish, ular uchun alohida vazifalarni shakllantirish, o’quv axborotini yetkazish vositasi va yo’llarini aniqlash usulidir. Loyihalash texnologiyasi bilim va malakalarni amaliy qo’llash, tahlil va baholashni nazarda tutuvchi majmuali o'qitish usulini amalga oshiradi. Ta’lim oluvchilar yuqori darajada, boshqa o'qitish usullaridan foydalanishga qaraganda, rejalashtirishda, tashkillashtirishda, nazoratda, tahlil qilish va vazifani bajarish natijalarini baholashda ishtirok etadilar. O’quv loyihalar usuli ta’lim beruvchining ta’lim oluvchilarga muammoni, faraz, vazifalarni ifodalashda yordam beradi va tezkor boshqaradi. Loyihalarda o’qitish nafaqat natijalar, balki jarayonini o’zi ham qimmatli. Loyiha fanlararo, bir fan yoki fan tashqarisida bo’lishi mumkin. Loyihalash ikki usulda - shaxsiy va guruhiy asosda amalga oshiriladi. Har ikki yo’nalishning ijobiy va afzallik xususiyatlari bor. Loyihalash usuli – ta’lim beruvchining oldindagi faoliyat modelini tuzish, mavjud sharoitlarda o‘rnatilgan vaqt mobaynida usul va vositalarni tanlash uchun, maqsadga erishish bosqichlarini belgilash, maqsadni to‘g‘ri qo‘ya bilish, ular asosida alohida vazifalarni shakllantirish, o‘quv axborotini o‘quvchiga yеtkazish uslub, usul va vositasi aniqlash faoliyati hisoblanadi. Texnologik ta’limini loyihalar usuli asosida tashkil etish o‘quvchining bilim va malakalarni amaliy qo‘llash, tahlil va baholashni nazarda tutuvchi majmuali o‘qitishni amalga oshirishga imkon yaratadi. Loyihalash usuli boshqa o‘qitish usullarini qo‘llashga nisbatan olganda, ta’lim oluvchilar ya’ni talabalar yangi mavzuni o‘zlashtirish jarayonida uni yuqori darajada rejalashtirishda, tashkillashtirishda, mavjud natijalarni tahlil qilishda va dars bo‘yicha berilgan vazifani bajarish vaqtida o‘z-o‘zini baholashda ham faol ishtirok etadil
Доказательный фрагмент
«This article is about increasing the efficiency of the educational process by using new methods of teaching students of higher educational institutions, including the design method, and it shows the role and most adva…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is about increasing the efficiency of the educational process by using new methods of teaching students of higher educational institutions, including the design method, and it shows the role and most adva… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Design, technology, method, efficiency, educational process, innovatsion yondashuv, loyihalash bosqichi va uslublari., ta’lim jarayoni, texnologiya, samaradorlik, metod, Kalit so’zlar: Loyihalash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025