К содержанию
РецензированоRU2026

ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYI – INTELLEKTUAL SALOHIYAT MASKANI

Samandarov Jasurbek Javlonbekovich · Abu Rayhon Beruniy nomidagi

Исследователь · 2026

Аннотация

В данной статье рассмотрены история создания и этапы развития академического лицея при Ургенчском государственном университете имени Абу Райхона Беруни, его образовательный потенциал, достижения учащихся, роль воспитательной работы, применение современных образовательных технологий, международные связи и перспективы дальнейшего развития. Материал демонстрирует значимость лицея в формировании интеллектуально и духовно развитого поколения. Ключевые слова: Академический лицей, Ургенчский государственный университет, одарённые ученики, современное образование, педагогический потенциал, предметные олимпиады, цифровые технологии, воспитательная работа, сотрудничество, качество образования. Annotation: This article explores the history, development stages, educational potential, student achievements, upbringing activities, implementation of modern teaching technologies, international collaborations, and future goals of the Abu Rayhon Beruni Academic Lyceum under Urgench State University. The article highlights the lyceum’s role in fostering intellectually and morally developed youth in a modern educational environment. Keywords: Academic lyceum, Urgench State University, gifted students, modern education, pedagogical capacity, subject olympiads, digital technologies, educational upbringing, cooperation, education quality. https://scientific-jl.com 3 66-son_1-to’plam_Iyul-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash borasidagi siyosiy qarashlari, ta’lim sohasidagi islohotlarning chuqurlashuvi bilan uyg‘un holda respublikamizda akademik litseylar tarmog‘ining faoliyati muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti akademik litseyi bugungi kunda nafaqat Xorazm viloyatida, balki butun respublikada o‘zining yuqori ilmiy salohiyati, boy pedagogik an’analari va zamonaviy yondashuvlari bilan alohida o‘rin egalla- moqda. Ushbu maqolada ushbu ta’lim dargohining shakllanishi, hozirgi kundagi faoliyati va istiqboldagi vazifalari haqida so‘z yuritiladi. Akademik litsey 2000-yillarning boshlarida Urganch Davlat Universiteti qoshida tashkil etilgan bo‘lib, u dastlab iqtidorli o‘quvchilarni yuqori bosqichga tayyorlash, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, oliy ta’limga sifatli abituriyentlar tayyorlash maqsadini ko‘zlagan. Dastlabki bosqichda bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilarga ta’lim berilgan bo‘lsa, bugungi kunda aniq fanlar, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlar, tillar, biologiya va kimyo, shuningdek, axborot texnologiyalari bo‘yicha ta’lim berilmoqda. Litsey Abu Rayhon Beruniy nomi bilan yuritilishi bejiz emas – bu ulug‘ alloma nomi ostida ilm-ma’rifatga sadoqatli yoshlar tarbiyalanmoqda. Litsey o‘z faoliyatini zamonaviy binoda olib boradi. Unda barcha zarur sharoitlar yaratilgan: interaktiv doskalar, zamonaviy laboratoriyalar, kutubxonalar, kompyuter xonalari, sport zali, konferensiyalar zali va yotoqxona mavjud. Har bir fan bo‘yicha maxsus jihozlangan sinflar, laboratoriyalar o‘quvchilarga nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash imkonini beradi. Shuningdek, sinf xonalari multimedia vositalari, tezkor internet va raqamli resurslar bilan ta’minlangan. Litseyning eng katta boyligi – bu albatta, pedagoglar jamoasi. Litseyda ko‘plab oliy toifali, ko‘p yillik tajribaga ega ustozlar faoliyat yuritadi. Ular orasida fan nomzodlari, o’rta maxsus va professional ta’limi a’lochilari, viloyat va respublika darajasidagi metodistlar mavjud. Har bir o‘qituvchi o‘z faniga mehr bilan yondashadi, zamonaviy metodlarni o‘zlashtirib, dars jarayonini jonli va qiziqarli tarzda olib boradi. Geografiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Atabek Rahimov boshchiligidagi pedagogik jamoa akademik litsey talabalarini har tomonlama barkamol, yuksak intellektual qobiliyatli qilib, umumbashariy qadriyatlar va milliy vatanparlik ruhida kamol toptirmoqda. Ta’lim muassasasi pedagog xodimlarining ilmiy salohiyati tobora oshib borayotganligi https://scientific-jl.com 4 66-son_1-to’plam_Iyul-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali tahsinga sazovor. So’nggi oylarda tarix fani o’qituvchisi Tajiyeva Umida, matematika fani ustozi Qilichev Farhod, kimyo fani o’qituvchisi Masharipov Azamat kabi o’qituvchilarning ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasiga erishganlari bunga yaqqol misol bo’la oladi. O’qituvchilarning bunday salmoqli yutuqlari jamoa pedagogik kengashlarida sharaf bilan e’tirof etib boriladi. Litsey o‘quvchilari har yili viloyat, respublika va hatto xalqaro darajadagi fan olimpiadalari, tanlovlar, grantlar va loyihalarda munosib ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda o‘quvchilar biologiya, fizika, matematika, tarix, ingliz tili kabi fanlardan O‘zbekiston fan olimpiadasida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассмотрены история создания и этапы развития академического лицея при Ургенчском государственном университете имени Абу Райхона Беруни, его образовательный потенциал, достижения учащихся, роль воспита…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассмотрены история создания и этапы развития академического лицея при Ургенчском государственном университете имени Абу Райхона Беруни, его образовательный потенциал, достижения учащихся, роль воспита… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Academic lyceum, Urgench State University, gifted students, fan olimpiadalari, ta’lim sifati., raqamli texnologiyalar, zamonaviy ta’lim, iqtidorli o‘quvchilar, Urganch Davlat Universiteti, hamkorlik, pedagogik salohiyat, Kalit so‘zlar: Akademik litsey, tarbiyaviy ishlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники