К содержанию
РецензированоUZ2026

INSULT KASALLIGI: SABABLARI, KLINIK BELGILARI, DIAGNOSTIKASI, DAVOLASH VA PROFILAKTIKASI.

Sodiqova Aziza Shokirjon qizi

Исследователь · 2026

Аннотация

Insult — bu miya qon aylanishining keskin buzilishi natijasida miya to‘qimalarining ishemiyasi yoki qon quyilishi bilan kechadigan og‘ir kasallik bo‘lib, bugungi kunda dunyo miqyosida nogironlik va o‘limning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada insult kasalligining etiologiyasi, patogenezi, klinik ko‘rinishlari, diagnostika yo‘llari, davolash usullari va profilaktik choralar keng yoritilgan. Maqolaning asosiy maqsadi — insult haqida keng va tizimli ma’lumot berish, kasallikni erta aniqlash, davolash va oldini olish orqali uning oqibatlarini kamaytirishga ko‘maklashishdir. Ushbu ish tibbiyot xodimlari, talabalari, hamda aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Kalit so‘zlar. Insult, ishemik insult, gemorragik insult, miya qon aylanishi, serebrovaskulyar kasallik, diagnostika, reabilitatsiya, profilaktika, tromboz, MRT, KT, falajlik, nutq buzilishi, neyrosonografiya, tibbiy yordam. Kirish. Insult kasalligining dolzarbligi: Hozirgi davrda insult kasalligi dunyo bo‘yicha sog‘liqni saqlash sohasida eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili taxminan 15 million odam nafari vafot etadi, yana 5 million nafari doimiy nogironlik holatida qoladi. Bu ko‘rsatkichlar insultni o‘lim va nogironlikning yetakchi sabablaridan biriga aylantirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi statistikasiga ko‘ra ham insult kasalligi yurak-qon tomir kasalliklari orasida yuqori o‘rinlardan birini egallaydi. Aholining qarib borayotgani, gipertoniya, qandli diabet, semizlik, stress, nosog‘lom turmush tarzi kabi xavf omillari insultning keng tarqalishiga olib kelmoqda. Shu sababli insultni erta aniqlash, samarali davolash, reabilitatsiya tadbirlarini tashkil etish va eng muhimi — uning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralarning dolzarbligi ortib bormoqda. Tibbiyot sohasi vakillari, jumladan, shifokorlar, hamshiralarning ushbu kasallik haqida chuqur bilimga ega bo‘lishi, aholiga sog‘lom https://scientific-jl.com 8 1 66-son_1-to’plam_Iyul-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali turmush tarzini targ‘ib qilish orqali kasallik xavfini kamaytirishlari bugungi kunda muhim vazifalardan hisoblanadi. Kasallikning umumiy tarqalishi. Insult kasalligi global miqyosda juda keng tarqalgan bo‘lib, har yili millionlab insonlar ushbu xastalik bilan og‘riydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha taxminan 15 million odam insultga chalinadi. Ulardan 5 million nafari insult oqibatida hayotdan ko‘z yumadi, yana 5 million nafari esa nogironlik holatida qolmoqda. Bu holat insultni yurak xurujidan keyin ikkinchi o‘rindagi o‘lim sababi sifatida belgilaydi. Ishemik insultlar umumiy insult holatlarining 80–85 foizini tashkil etadi, qolgan 15–20 foizini esa gemorragik insultlar tashkil qiladi. Ushbu kasallik asosan 50 yoshdan oshganlarda uchrasa-da, so‘nggi yillarda yoshlar orasida ham insult holatlari ko‘paymoqda. Bu holat turmush tarzining o‘zgarishi, stress, gipodinamiya, noto‘g‘ri ovqatlanish va surunkali kasalliklar — xususan, gipertoniya va diabetning keng tarqalganligi bilan bog‘liq. Ayni paytda insult nafaqat rivojlangan mamlakatlarda, balki o‘rta va past daromadli mamlakatlarda ham muhim tibbiy-ijtimoiy muammoga aylangan. Kasallikning keng tarqalishi sog‘liqni saqlash tizimiga yukni oshiribgina qolmay, balki ishchi kuchi yo‘qotilishiga, oilaviy daromad kamayishiga va iqtisodiy zarar ko‘rsatkichlarining oshishiga ham olib keladi. Shu bois insult kasalligining keng tarqalishini inobatga olib, uni erta aniqlash, xavf omillarini nazorat qilish va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish muhim ahamiyatga ega. Ishemik insult: Ishemik insult — bu miya to‘qimalariga qon oqimining keskin to‘xtashi yoki kamayishi natijasida yuzaga keladigan miya infarkti bo‘lib, insultning eng ko‘p uchraydigan turi hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, barcha insult holatlarining 80–85 foizi ishemik shaklga to‘g‘ri keladi. Bu turdagi insult asosan tomirning tromboz, emboliya yoki spazm natijasida torayishi yoki to‘silib qolishi bilan yuzaga keladi. Patogenez: Ishemik insultda miya qon aylanishining buzilishi natijasida miya hujayralariga kislorod va ozuqa moddalarining yetkazilishi to‘xtaydi. Bu holat hujayralarda energetik yetishmovchilikka, ularning faoliyatining izdan chiqishiga va oxir-oqibatda nekroz — ya'ni to‘qima o‘limiga olib keladi. Bu jarayon odatda qon tomirining to‘silib qolgan joyidan quyida joylashgan miya sohalarini qamrab oladi. Insultning asosiy simptomlari: Insult — bu miya qon aylanishining to‘satdan buzilishi bo‘lib, u neyronlarning tezda ishdan chiqishiga olib keladi. Klinik jihatdan bu holat bir nechta asosiy simptomlar bilan namoyon bo‘ladi. Ular orasida eng muhimlari falajlik, nutq buzilishi, va ongning o‘zgarishi hisoblanadi. Ushbu belgilar kasallikning joylashgan hududi va darajasiga qarab turlicha namoyon bo

Доказательный фрагмент

«Insult — bu miya qon aylanishining keskin buzilishi natijasida miya to‘qimalarining ishemiyasi yoki qon quyilishi bilan kechadigan og‘ir kasallik bo‘lib, bugungi kunda dunyo miqyosida nogironlik va o‘limning asosiy sa…»

Образец извлечения

Демо-превью

Insult — bu miya qon aylanishining keskin buzilishi natijasida miya to‘qimalarining ishemiyasi yoki qon quyilishi bilan kechadigan og‘ir kasallik bo‘lib, bugungi kunda dunyo miqyosida nogironlik va o‘limning asosiy sa… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tibbiy yordam. Kalit so‘zlar. Insult, KT, diagnostika, tromboz, tibbiy yordam., reabilitatsiya, profilaktika, miya qon aylanishi, MRT, serebrovaskulyar kasallik, falajlik, nutq buzilishi, neyrosonografiya, gemorragik insult, ishemik insult, Kalit so‘zlar. Insult
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники